79
Demak, bir tomondan budjetning paydo bo‘lishi davlatlarning paydo bo‘lishi bilan bevosita
bog‘liq bo‘lib, ikkinchidan, aynan bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy
sohalaridagi davlat islohotlarini amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatidagi budjetning sifat
belgilariga aniqlik kiritiladi.
Iqtisodchi L.A Drobozinaning budjetni ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati to‘g‘risidagi fikrlari
quyidagichadir: “O‘zining moddiy mazmuniga ko‘ra davlat budjeti – o‘zida davlatning
markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish va undan foydalanishning alohida
shaklidir, o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra milliy daromadni taqsimlashning asosiy
qurolidir”
1
.
Muallif budjetning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bergan ta’rifi aynan bozor
iqtisodiyoti sharoitida milliy daromadning taqsimlanishida ijtimoiy xarakterdagi noishlab chiqarish
sohalar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlangan qatlamini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim instrumentlaridan
biri sifatidagi budjetning mazmuniga urg‘u beradi.
Budjet
- murakkab iqtisodiy kategoriya hisoblanadi, chunki uning moddiy asosini
kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tashkil qiladi.
Budjet munosabatlari davlat bilan xo‘jalik subyektlari hamda aholi o‘rtasidagi qiymat
taqsimlanish jarayonida paydo bo‘luvchi moliyaviy munosabatlardir. Bunday moliyaviy
munosabatlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, birinchidan, yuqorida ta’kidlaganimizdek,
ijtimoiy ishlab chiqarishning taqsimlash bosqichida vujudga keladi, ikkinchidan, markazlashtirilgan
moliyaviy resurslarni shakllantirish va undan davlat manfaatlari yuzasidan foydalanishga
yo‘naltiriladi. Davlat manfaatlari esa - bu ijtimoiy manfaatlar hisoblanadi. Budjet davlatning asosiy
markazlashtirilgan moliyaviy resurslar fondi sifatida o‘ziga xos ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Demak, budjet iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
tizimida markaziy bo‘g‘inda ishtirok etishi bilan aholining ma’lum qatlami manfaatlarini o‘zida
namoyon qiladi. Bu tushunchada budjet munosabatlari o‘zida iqtisodiy rivojlanishning aniq
falsafasi va ideologiyasini aks ettiradi.
Budjet munosabatlari obyektiv xarakter kasb etadi, chunki budjet davlat va unga tegishli
funksiyalarni amalga oshirishda muhim moddiy-moliyaviy baza shakllantirilishi uchun obyektiv
zaruriyatdir. Shu bilan birgalikda budjet munosabatlari bazis elementi hisoblanadi. Takror ishlab
chiqarish jarayonida budjet munosabatlari ularga muvofiq keluvchi moddiy shaklni oladi.
Budjet munosabatlari
- jamiyat iqtisodiy tizimining elementidir. Iqtisodiy kategoriya sifatida
budjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Budjetning moliyaga
xos sifat belgilari birinchidan, ijtimoiy mahsulot qiymatining taqsimlanish jarayonida, aniqrog‘i,
qayta taqsimlanishi jarayonida vujudga kelib, pul munosabatlarining o‘ziga xos shakli hisoblanadi.
Ikkinchidan, budjet markazlashtirilgan moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va undan
foydalanishga yo‘naltirilgan fond hisoblanadi.
Budjet munosabatlarining o‘ziga xos
xususiyatlari
quyidagilardan iboratdir:
-budjet davlat qo‘lida milliy daromadni bir qismini jamlash va ijtimoiy ehtiyojlar va alohida
davlat-xududiy tuzilmalar uchun undan foydalanish bilan bog‘liq qayta taqsimlash
munosabatlarining aloxida iqtisodiy shakli hisoblanadi;
-budjet yordamida milliy daromadning bir qismi va ayrim holatlarda milliy boylik xalq
xo‘jaligining tarmorqlari, mamlakat xududlari, ijtimoiy faoliyat sohalari o‘rtasida qayta
taqsimlanadi;
-qiymatni budjet orqali qayta taqsimlash nisbati moliyaning boshqa bug‘inlariga nisbatan
yirik miqdorni tashkil qiladi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va jamiyat
rivojlanishining har qaysi tarixiy bosqichlarida uni rivojlanishi oldida turgan vazifalari orqali
aniqlanadi;
-budjetning taqsimlash sohasi davlat moliyasida markaziy o‘rinni egallab, uning boshqa
bo‘g‘inlariga nisbatan muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: