Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

4.
 
Davlat moliyaviy nazorati organlari
 
 
Davlat moliyaviy nazorati barcha darajadagi qonunchilik va ijroiya organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Budjet jarayonining brcha basqichlarida Parlament moliyaviy nazorati tegishli qo‘mitalar va 
komissiyalar vakolatiga kiradi. Oliy Majlis tomonidan tashkil etilgan va unga bo‘ysunuvchi, doimiy 
faoliyat ko‘rsatuvchi davlat moliyaviy nazorat organi 
O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi 
hisoblanadi. Uning faoliyati mulkchilik shaklidan, idoraviy va ijtimoiy mansubligidan qat’iy nazar 
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga, davlat budjeti 
mablag‘lariga tayanadigan , davlat mulkini boshqaradigan yoki soliq, bojxona yoki boshqa 
imtiyozlarga ega bo‘lgan jamoat tashkilotlariga yo‘naltirilgan. O‘zR Hisob palatasi xodimlari 
tekshirishlar natijalari bo‘yicha xulosalarini tayyorlaydilar va ularni tekshirilgan tashkilotlar 
rahbarlariga qonun buzilishlarini  bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun yuboradilar. Agarda, 
davlat mablag‘lariga hiyonat aniqlansa, ish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi. Qonun 
buzarliklar aniqlanganda majburiy bajariladigan ko‘rsatmalar beriladi. Bir necha martalik qonun 
buzarliklar sodir etilganida, Oliy Majlis bilan kelishilgan holda, tashkilotning barcha turdagi hisob-
kitoblarini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Bunda Hisob palatasiga qonun buzarlarga 
nisbatan ma’muriy jazo choralarini qo‘llash huquqi berilmagan. 
Ijroya hokimiyati yo‘nalishi bo‘yicha davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi muhim 
organ 
O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi 
hisoblanadi. Uning zimmasiga budjetni 
shakllanishi va bajarilishi, davlat mablag‘larini sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish 
yuklatilgan. Moliyaviy nazoratni amlga oshirshdagi muhim rol uning huzuridagi o‘zining hududiy 
organlariga ega bo‘lgan 
Nazorat-taftish Bosh boshqarmasiga 
(NTBB) topshirilgan. Uning 
asosiy 
vazifasi 
– budjet mablag‘laridan, davlat mulkidan, davlat tomoindan taqdim etiladigan soliq va budjet 
imtiyozlaridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek budjet ssudalarini maqsadli 
sarflash va o‘z vaqtida qaytarish ustidan nazorat olib borish. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish Bosh boshqarmasining asosiy 
vazifalari quyidagilar: 

 
respublika va mahalliy budjetlarning qat’iy bajarilishi ustidan doimiy nazoratni 
ta’minlash;  

 
tijorat banklarini moliya organlari, budjet muassasalarining  birinchi navbatdagi sarf-
xarajatlarini  mablag‘  bilan ta’minlash hamda budjet muassasalari xodimlariga ish xaqi, ijtimoiy 
nafaqalar, stipendiyalarni to‘lash muddatlariga va to‘liqligiga rioya qilish, shuningdek budjet 
muassasalariga ko‘rsatib  o‘tilgan maqsadlar uchun naqd pul berish bo‘yicha faoliyati ustidan 
nazorat va monitoringni amalga oshirish;  

 
belgilangan shtat-smeta intizomiga va budjet mablag‘larini xo‘jalik ehtiyojlariga sarflash 
limitlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 


 
 
 
44
 
 

 
hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarning budjet jarayoniga 
asossiz aralashish hollarining oldini olish kabi bir qator vazifalar ham nazorat-taftish organlari 
zimmasiga yuklatilgan.  
Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh 
boshqarmasiga amaldagi qonunchilikka asosan,  budjet intizomini buzganlik uchun mansabdor 
shaxslarni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortish huquqi berilgan. 
Davlat moliyaviy nazorati sohasida amaldagi qonunchilikka rioya etilish qismiga tegishli 
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining va budjetdan tashqari fondlarining kassa ijrosini 
nazorat qilish Moliya vazirligining 
G‘aznachiligiga 
yuklatilgan. G‘aznachilik tizimi amaldagi 
qonunchilikka rioya etilish qismiga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining va 
budjetdan tashqari fondlarining kassa ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni olib boruvchi Bosh 
boshqarma hamda o‘zlarining hududlarida davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlarga tushumlar va 
ularni ishlatilishini nazorat qiluvchi hududiy organlardan tashkil topgan. G‘aznachilik Moliya 
vazirligiga qilingan ishlar bo‘yicha har kuni axborot berib boradi. 
Ikkita mustaqil davlat xizmatlarining funksiyalari va harakatlarida bir-birin takrorlashga yo‘l 
qo‘yilmasligi uchun Moliya vazirligi G‘aznachilik dastlabki moliyaviy nazoratni, NTBB so‘nggi 
moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilgan. 
Amaliyotda funksiyalarning bunday taqsimlanishi quyidagicha ko‘rinish olgan: budjet 
mablag‘laridan foydalanishning qonuniyligi va mablag‘larni banklardagi hisob raqamlardan o‘tishi 
ustidan nazoratni G‘aznachilik amalga oshiradi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan budjet 
mablag‘larini sarflanishining asoslanganligi va maqsadlili ustidan nazoratni esa NTBB amalga 
oshiradi. 
Soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazorat 
davlat soliq xizmati 
tomonidan 
amalga oshiriladi.  
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Bosh Nazorat-taftish boshqarmasi 
tashkil etilgan. 
Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni 
takomillashtirish to‘grisida" 2000-yil 13 martdagi 87-son qarori bilan tashkil etilgan tarkibiy 
bo‘linmasi hisoblanadi. 
Bosh boshqarma Qoraqalpogiston Respublikasi, Viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq 
boshqarmalarida o‘z faoliyatida bevosita unga bo‘ysunadigan nazorat-taftish bo‘linmalariga ega 
bo‘ladi. 
Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini soliqqa oid qonun 
hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan hujjatlar asosida tekshirish (taftish)larni hamda Huqumat 
qarorlari bilan nazorat,  soliq organlariga yuklangan masalalar bo‘yicha nazorat tartibidagi 
tekshirishlarni belgilangan tartibda tashkil etish va o‘tkazish; 

 
xo‘jalik yurituvchi subyektlardan undiriladigan soliqlar va yig‘imlarni hisoblab 
chiqarishda, undirishda qonuniylikka rioya qilinishi, to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va 
budjetga o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 

 
soliqqa doir huquq buzishlarni aniqlash, ularning oldini olish, ularga barham berish; 

 
soliq majburiyatlarini bajarishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yordam ko‘rsatish; 

 
Davlat soliq qo‘mitasining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarni kompleks tekshirishlarning istiqboli rejalarini  tayyorlash, tekshirishlar o‘tkaziladigan 
obyektlarni aniqlash va ularni amalga oshirish; 

 
hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlarni o‘tkazish jarayoni hamda tartibi 
ustidan nazorat o‘rnatish, shuningdek, ularni o‘tkazishda (barcha darajadagi  soliq organlariga) 
amaliy va metodik yordam ko‘rsatish; 

 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan tekshirishlar materiallari bo‘yicha qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinishi va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi 
ustidan nazorat o‘rnatish; 

 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi 
tekshirishlar yakunlari bo‘yicha budjet oldidagi majburiyatlarning bajarilishi (qo‘shimcha 


 
 
 
45
 
 
hisoblangan summalar, moliyaviy sanksiyalar, ma’muriy jarimalar va shu kabilarning undirilishi) 
ustidan nazorat o‘rnatish; 

 
hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar natijasida aniqlangan  soliq 
qonunchiligi buzilishlari va boshqa holatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish va tahlil 
qilish; 

 
fuqarolarning soliq qonunchiligi buzilishlari holatlari to‘g‘risidagi xatlari, shikoyatlari va 
arizalarini ko‘rib chiqish. 
Davlat bojxona xizmati 
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi talablariga muvofiq 
tovarlarni O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali harakatlanishi ustidan davlat nazorati sohasida 
vakolatlarga ega. 
Sanab o‘tilgan organlardan tashqari davlat moliyaviy nazoratini boshqa qator davlat 
organlari: O‘zR Markaziy banki, Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi va boshqalar ham amalga 
oshiradilar. 
 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish