20
1. Barqaror moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjeti taqchilligini iloji boricha
kamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiya va subvensiyalarni barcha turlarini bosqichma-bosqich
qisqartirib borish;
2. Budjet mablag‘larini daromad tushgandan keyingina taqsimlanadigan yo‘ldan og‘ishmay
borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina budjetdan mablag‘lar ajratish;
3. Xalq xo‘jaligi
tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan qaytarib
olmaslikni ko‘zda tutib ta’minlash amaliyotidan voz kechish, buning o‘rniga ana shu maqsadlarda
investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;
4. Soliq tizimini takomillashtirish budjet daromadlarini barqaror sur’atda to‘lab turishni
ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi qayta ishlaydigan va
xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonalarni rivojlanishini rag‘batlantiradigan
soliq siyosatini olib borish.
Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajariladi. Hozirgi
kunga kelib, iqtisodiy o‘sish davri boshlandi. Yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati
barqarorlashdi.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-fevral va 18-iyuldagi yig‘ilishlarida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan 2008-yilda mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-
tadbirlar natijasida iqtisodiyotni barqaror, muvozanatli va izchil rivojlantirishning belgilangan
prognozlariga erishildi hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosibligi ta’minlandi.
2008-yilda
Yalpi ichki mahsulot
(YaIM)ning real o‘sishi 9,0 foizni tashkil qildi. Sanoat,
qurilish va xizmatlar sohasida yuqori sur’atlarda o‘sish kuzatildi. Xususan, sanoatda ishlab
chiqarish hajmi 12,7 foizga, qishloq xo‘jaligida 4,5 foizga, transport va aloqada 16,7 foizga va
qurilish ishlarida 8,3 foizga oshdi.
O‘tgan yilda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 21,3 foizga o‘sib, uning YaIM tarkibidagi ulushi
45,3 foizni tashkil qildi. Xususan, savdo va umumiy ovqatlanish xizmati 26,8 foizga hamda
moliyaviy xizmatlar hajmi 32,2 foizga o‘sdi
1
.
Hozirgi bosqichda davlatning moliyaviy siyosati quyidagilarga qaratilgan:
1. Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirish hisobiga aholining
turmush tarzini yuqoriga ko‘tarish.
2. Tadbirkorlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, mehnat va xizmatga bo‘lgan
tashabbusini oshirish hamda ularni har tomonlama huquqiy kafolatlash.
3. Aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilish (pensionerlar, ko‘p bolali
oilalar, talabalar).
4. Daromadi cheklangan xizmatchilarni (sog‘liqni saqlash, maorif,
boshqaruv, mudofaa)
ijtimoiy himoya qilish.
5. Yangi moliyaviy strategiya, rang-barang mulk shakllari, bozor munosabatlarini
rivojlantirish, tovar va mahsulotlar bozorini, ish kuchi va kapital bozorlarini rivojlantirish.
6. Jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy hayotiga moliyaviy ta’sir ko‘rsatish, uni soliqqa tortish,
moliyalashtirish va moliyaviy bozor uslublari orqali amalga oshirish.
7. Moliya tizimida iqtisodiy tanglik ko‘rsatkichlarini imkon qadar bartaraf etish (davlat
budjeti kamomadi, emissiyaning joylarda ko‘payib borishi, inflyatsiya darajasining yuqoriligi,
ichki
va tashqi qarzlarni borligi, tugallanmagan qurilishlarning mavjudligi), chunki iqtisodiy tanglik
nisbatan davlat moliyasi bilan bir qatorda korxonalar moliyasida ham mavjud. Pul muomalasini
tartibga solish. Milliy valyutaning ichki va tashqi konvertatsiyasini ta’minlash hisobiga so‘mning
qadrini oshirish.
9. Iqtisodiyotni jahon andozalariga yetkazish maqsadida xorijiy investitsiyalarni kirib
kelishini ta’minlash.
10. Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish hisobiga korxonalar iqtisodiy salohiyatini
oshirish.
11. Sug‘urta tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning
huquqiy va
iqtisodiy asoslarini kengaytirish va kuchaytirish.
1
Manba: http://www.cbu.uz/uz/monet_policy/monet_direct2009.htm
21
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy
iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati takomillashib bordi. Bu
siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur yetkazuvchi
tovarlarni kirib kelishini oldini olish va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining
mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag‘batlantirish yo‘lidan og‘ishmay bormoqda.
Moliyaviy siyosatining hozirgi kundagi vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim:
1. Respublika davlat budjetidagi taqchillikni yo‘l qo‘yilgan
eng kam daraja doirasida
(YaIMning 2-3 %i atrofida) cheklashga yo‘naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni o‘tkazish.
2. Davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o‘zgarishlarni
o‘tkazish, ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish maqsadlarini ko‘zlab yo‘naltirishni
ta’minlash.
3. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda,
aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini
himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida
aholi turmush darajasini ko‘tarishga zarur shart-sharoitlar yaratish. Bu maqsadlarda ularga
soliqlardan imtiyozlar berish, imtiyozli
kreditlar berish, maqsadli fondlardan moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash.
4. Ijtimoiy himoyaning adresli bo‘lishiga, moliyaviy mablag‘larning ijtimoiy yordamga
haqiqatda muxtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlashga erishish.
5. Soliq siyosatini takomillashtirish:
- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo, tibbiy, moliyaviy va
mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini
oshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: