Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва


Moliya - bu davlatning o‘z vazifa, funksiyalarini bajarish va kengaytirilgan takror ishlab



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

Moliya - bu davlatning o‘z vazifa, funksiyalarini bajarish va kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish sharoitlarini ta’minlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul 
fondlarini shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan, davlat tomonidan tashkil qilinadigan pul 
munosabatlari yig‘indisidir.  
 
 
4.
 
Moliyaning funksiyalari 
 
Moliya  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  iqtisodiy  kategoriya  bo‘lib,  hozirda  ijtimoiy-siyosiy  tuzumi 
turlicha  bo‘lgan  davlatlar  tomonidan  birdek  foydalanilmoqda.  Bu  kategoriya  boshqa  iqtisodiy 


 
 
 
8
 
 
kategoriyalar  (pul,  foyda,  tannarx,  qiymat,  kredit  va  h.k.)  kabi  jamiyatdagi  ma’lum  munosabatlar, 
mehnat mezoni va iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, milliy daromadni taqsimlash 
kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi.  
Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar-pul munosabatlarining mavjudligi bilan 
bog‘liq. Moliya munosabatlarining rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari, 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy faoliyatining iqtisodiy jihatdan alohidaligi 
hamda tashqi iqtisodiy aloqalar bilan ham bog‘liqdir. Milliy daromadning taqsimlanishi pul 
shaklida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda boshqa 
qonunlarda mulkchilikning turli shakllarida bo‘lishining mustahkamlanishi, tovar-pul 
munosabatlarining yanada rivojlanishi hamda bozor mexanizmining takomillashuviga olib keladi. 
Lekin  pul moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o‘z ichiga olmaydi. Moliya 
munosabatlarining mavzusi, asosan, davlat hamda korxonalarning pul fondlarini shakllantirish va 
ulardan foydalanish masalalaridan tashkil topadi. Shuning uchun ham moliyaning rivojlanishi 
davlatning rivojlanishi va uning zaxiralarga bo‘lgan ehtiyoji bilan bevosita bog‘liqdir. 
Moliyaning mohiyati, uning iqtisodiy kategoriya sifati ijtimoiy munosabatlar orqali ko‘rinib, 
o‘ziga xos vazifani bajaradi. 
Davlat hamda korxona va tashkilotlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va 
ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘laridan davlat fondini tashkil qilish
taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar jarayonida ijtimoiy 
ehtiyojlarni qondirish ustidan nazorat va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi 
sodir bo‘ladi. 
Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi.  
Funksiya obyekt ichki mohiyatining konkret shaklini namoyon bo‘lish jarayonidir.  
Moliyaning funksiyalari yuzasidan iqtisodchi olimlarning o‘rtasida qator baxsli holatlar 
mavjud.  
Bir qator taniqli moliyachilar moliyaning 3 ta funksiyasi mavjudligini e’tirof etishadi.  
A.M.Birman moliyaning quyidagi funksiyalari mavjudligini e’tirof etadi: 
1.
 
Xo‘jalik yuritish jarayonini pul mablag‘lari bilan ta’minlash  
2.
 
Nazorat  
3.
 
Taqsimlash  
A.M.Aleksandrov va E.A.Voznesenskiy  tasdiqlaydiki,  moliya quyidagi  funksiyalarni 
bajaradi: 
1.
 
Pul fondlarini shakllantirish  
2.
 
Shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish  
3.
 
Nazorat  
I.T.Balabanovning  fikriga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning taqsimlash 
funksiyasi o‘zining mazmunini yo‘qotadi.  
Iqtisodchi V.M.Rodionovaning  fikriga ko‘ra,  moliya taqsimlash va nazorat funksiyalarni 
bajaradi.  
Hozirgi sharoitda O‘zbekistonlik  iqtisodchi olimlar moliyaning 
taqsimlash
  va 
nazorat
 
funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi.  
Iqtisodiy subyektlarning asosiy maqsadi foyda olish hisoblanadi.  
Foyda markazlashtirilmagan pul fondlarining asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi.  
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning ko‘p ukladli shakllarini paydo bo‘lishi va bozor 
iqtisodiyotining amal qilishi to‘liq iqtisodiy mustaqillikni ta’minlovchi demokratik tizimni 
shakllantirishni obyektiv zarur qilib qo‘yadi. Bunday sharoitda iqtisodiy subyektlar faoliyatining 
moliyaviy natijalari, ya’ni tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan qabul qilinadigan 
moliyaviy qarorlarga bog‘liqdir.  
Savol tug‘iladi. Turli darajadagi ko‘p sonli fondlarni shakllantirishning asosiy moliyaviy 
manbalari nima hisoblanadi?  
Albatta bunda makrodarajada 
Yalpi ichki mahsulot
. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash 
jarayoni turli xil moliyaviy dastaklar: 
me’yorlar, stavkalar, tariflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy 
dastaklar
 vositasida amalga oshiriladi.  


 
 
 
9
 
 
Mikrodarajada  esa,  uning manbai korxonalar 
pul daromadlari
  va 
jamg‘armalari 
hisoblanadi.  
Jamiyat taraqqiyotining turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida, turli moliyaviy tizimlar amal 
qiladi, ba’zi hollarda mavjud iqtisodiy munosabatlarni muvaffaqiyatli obyektiv namoyon  qiladi, 
boshqa hollarda esa, muvaffaqiyatsizroq, biroq moliya har doim 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish