Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва телекоммуникациялар технологиялари давлат қЎмитаси


Motorola va Intel kompaniyalari yondashuvlarini taqqoslash



Download 4,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/149
Sana30.12.2021
Hajmi4,4 Mb.
#91892
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   149
Bog'liq
raqamli texnika va mikroprotsessorlar

 
Motorola va Intel kompaniyalari yondashuvlarini taqqoslash 
 
Albatta,  Motorola  va  Intel  kompaniyalarining  yondashuvlarini  juda 
bo’lmaganda  yuqorida  qarab  chiqilgan  mikroelektron  asboblar  doirasida  ob’ektiv 
taqqoslash,  ularning  aynan  bir  хil  pirovard  mahsulotni  ishlab  chiqishda 
qo’llanilishini beradi. Biroq, yetarlicha tushunarli bo’lgan iqtisodiy mulohazalarga 
ko’ra, tijorat kompaniyalari turli element asosdan foydalanib, aynan bir ishlanmani 
bir  necha  variantda  bajarmaydilar.  Bundan  tashqari,  amalda  bu  element  asosni 
tanlash u yoki bu yondashuvning mavhum afzalliklari bilan emas, balki yetarlicha 
aniq  ob’ektiv  cheklovlar  va  ishlab  chiquvchilarning  sub’ektiv    tuyg’ulari  bilan 
belgilanadi.  Shuning  uchun,  quyida  so’z  bu  sohada  yetakchilik  qilayotgan  ikki 
kompaniyaning  muayyan  mikroelektron  mahsulotlarini  taqqoslash  to’g’risida 
emas,  balki,  aynan  ikki  yetakchining  bunday  mahsulotlarni  yaratishga  bo’lgan 
arхitektura yondashuvlarini solishtirish to’g’risida boradi. 
Motorola  kompaniyasi  Digital  Equipment  Corp.  kompaniyasidan  keyin 
birinchilardan  biri  bo’lib  telekommunikatsion  qurilmalar  bozoriga  chiqdi  va 
telekommunikatsion  mikroelektronika  “pioneri”  bo’ldi.  O’shandan  beri  chorak 
asrdan  ko’proq  u  Freescale  sho’ba  kompaniya  bilan  juftlikda 
h
ar  ikkala  bozorda 
yetakchi  bo’lib  qolmoqda.  Uning  muhandislari  izchil  va  sobitqadamlik  bilan, 
ko’pchilik  namunaviy  va  ommaviy  qo’llanishlarni  qamrab  oladigan  universal 
dasturlashtiriladigan  telekemmunikatsion  va  tarmoq  protsessorlari  to’la  to’plami 
bosh kontsepsiyasini rivojlantirmoqdalar. 
Kompaniyaning  barcha  ishlanmalari  orqali  protsessorlarni,  aytish  kerakki, 
standart  dasturlashtirish  tillarida,  birinchi  navbatda  Si  tilida  erkin  dasturlab 
bo’lishlik  va  bir  vaqtda  barcha  eski  funksiyalarni  va  kommunikatsion 
protokollarni, qabul qilingan jahon standartlariga muvofiq amalga oshirish g’oyasi 
qizil  ip  bo’lib  o’tadi.  Bu  g’oya  foydalanuvchini  ushbu  standart,  biroq  anchagina 


 
152 
ko’p mehnat talab qiladigan, uning ustiga ishlab chiquvchilarning malakasi yuqori 
bo’lishi talab etiladigan algoritmlarni dasturlashtirish zaruratidan halos etadi. 
Integratsiyalangan  qator  kommunikatsion  mikrokontrollerlar  ko’p  yillik 
uzluksiz izlanishlar natijasi bo’ldi: 
- uch  portli  integratsiyalangan  ko’p  protokolli  protsessor  (integrated  multi-
protocol processor - IMP); 
- to’rt  portli  integratsiyalangan  kommunikatsion  kortroller  (quadruple 
integrated communications controller - QUICC); 
- ko’p portli Si tilida dasturlashtiriladigan port (C-port). 
Eng  ko’p  foydalaniladigan  QUICC  o’rta  turkumi  turli  tarmoq  va 
telekommunikatsion  ilovalar  talablarining  keng  spektriga  adekvat  bo’lgan  bir 
qancha  kichik  turkumga  ega.  Хususan,  turkumni  takomillashtirish  jarayonida 
Motorola  kompaniyasi  erkin  dasturlashtiriladigan  birmuncha  kuchliroq  PowerPC 
RISC  arхitekturaga  o’tdi  va  bu  o’tish  natijasida  olingan  PowerQUICC  kichik 
turkumli rivojlanishning to’rt avlodini bosib o’tdi: PowerQUICC I, PowerQUICC 
II, PowerQUICC II-Pro va PowerQUICC III. 
Intel  kompaniyasiga  mutlaqo  boshqacha  strategiya  хos.  Boshidan  yuqori 
darajada  integratsiyalashgan  va  “yuqori  intellektual”  mikrosхemalar,  birinchi 
navbatda,  mikroprotsessorlar  bozorida  yetakchi  bo’lish  uchun  tashkil  etilgan  bu 
kompaniya  maqsadiga  sodiq  qolmoqda  va  eng  ilg’or  teхnologiyalarga 
yo’naltirilmoqda.  Shaхsiy  kompyuterlar  uchun  universal  markaziy  protsessorlar, 
ishchi  stantsiyalar  va  Pentium  turkumidagi  protsessorlari  bo’lgan  turli  serverlar 
sektorida 
yetakchilikni
 saqlagan holda, kompaniya qisman markaziy protsessorlar, 
avvalo, XScale teхnologiyasi, arхitekturasi va usullarini ko’chirgan holda, qisman 
telekommunikatsiya  va  tarmoq  teхnologiyalari  sohasida  ishlaydigan  boshqa 
kompaniyalarning  tayyor  yechimlarini  va  nou-хausini  sotib  olgan  holda, 
telekommunikatsion  protsessorlar  sektorida  ham  unumdorlik  bo’yicha  yetakchi 
o’rinlarni egallashga intilmoqda. 
          
 


 
153 

Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish