Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish funksiyasini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
– bank faoliyatini olib borishga litsenziyalar berish;
– banklar hisobotlarini tekshirish;
– joylarda tekshirishlar o‘tkazish;
–bank operatsiyalarini bajarishda me’yorlarga rioya qilishni iazorat qilish.
Bank faoliyatini olib borishga litsenziya (ruxsat) berish orqali Markaziy bank tashkil qilinayotgan kredit institutining bank faoliyatini olib borish imkoniyatlarini aniqlaydi. Kredit tashkilotiga litsenziya berishda quyidagi ma’lumotlarga e’tibor beriladi:
– bankning asosiy aksionerlari;
– boshlang‘ich kapitalning manbalari;
– bank rahbar xodimlarining malakasi va qobiliyatining mos kelishi;
– ko‘rsatiladigan xizmat turlari va bank strategiyasi;
– nizom kapitalining miqdori;
– bank aktivlarining to‘g‘ri baholanganligi;
– yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni qoplash maqsadida zahira fondini tashkil qilish siyosati va boshqalar.
Jahon amaliyotida 80-yillardan boshlab ko‘pgina banklar inqirozga uchraganligi munosabati bilan Markaziy banklar tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish maqsadida banklar va ularning sho‘‘balari to‘g‘risida hisobotlar topshirishni belgilab berdi.
Markaziy bank tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalarni tekshirish, ichki audit holatiga baho berish huquqiga ega. Bunda, avvalambor, tijorat banklarining aktivlari: kreditlar va qimmatli qog‘ozlar holati, banklarning likvidligi va barqarorligi tekshiriladi. Tekshirish o‘tkazishdan asosiy maqsad:
– bankning moliyaviy holatiga obyektiv baho berish;
–bankni boshqarish sifatiga va uning rahbari faoliyatiga baho berish;
–bankning moliyaviy ahvolini va uning bajaradigan operatsiyalarining samaradorligini taьminlash bo‘yicha choralar ishlab chiqish;
–bank faoliyatining mavjud qonunlar va me’yoriy hujjatlariga muvofiq olib borilishini ta’minlash va boshqalardan iborat.
Markaziy bank, shuningdek, tijorat banklarining olib boradigan operatsiyalariningme’yor bo‘yicha bajarilishini nazorat qilib boradi. Bu holda Markaziy bank tijorat banklarining quyidagi ko‘rsatkichlarini tekshiradi:
– bank kapitalining aktivlariga nisbati;
– bir mijozga to‘g‘ri keluvchi kreditning limiti;
– likvidlilik koeffitsienti me’yorlarigarioya qilish;
– foiz stavkalarining o‘zgarishi natijasida daromadning o‘zgarishi va boshqalar.
Markaziy bank davlat banki sifatida faoliyat olib boradi va hukumatning moliyaviy maslahatchisi hisoblanadi. Bu funksiyani bajara turib Markaziy bank davlat tashkilotlariga hisob xizmatlarini ko‘rsatadi va davlat byudjetining kassaviy ijrosini amalga oshiradi. U davlatning xazina to‘lovlarni amalga oshiradi va davlatga kreditlar beradi. Davlat xazinasidagi bo‘sh pul mablag‘lari Markaziy bankda depozit shaklida saqlanadi. Markaziy bank davlatning qisqa va uzoq muddatli qarzlari bo‘yicha kassa xizmatini ko‘rsatadi.
Markaziy bank to‘lov, hisob-kitob munosabatlarini tashkilqilish funksiyasini bajara turib, moliya tizimining barqarorligini ta’minlash, to‘lov tizimining samarali bo‘lishinitaьminlash, pul-kredit siyosatini o‘tkazish kabi masalalarni hal qilishnio‘z oldiga qo‘yadi. Moliyaviy tizimning samaradorligi, avvalambor,to‘lov tizimining qay darajada tashkil qilinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisoidyotda to‘lov mexanizmining yaxshi yo‘lga qo‘yilishi, banklararo hisob-kitoblarning to‘g‘ri olib borilishi iqtisodiyotdato‘lanmagan qarzlarning kamayishiga olib kelishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov tizimida naqdpulsiz hisob-kitoblar shakllarini rivojlantirish, elektron to‘lovlar tizimini joriy qilish va rivojlantirish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Markaziy bank valyuta kursini boshqarish funksiyasini bajaradi. Markaziy bankning bu funksiyasi bozor iqtisodiyoti tizimini tartibga solishda acociy o‘rinlardan birini egallaydi. Markaziy bankning asosiy valyuta siyosatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Valyuta intervensiyasi.
2. Deviz siyosati.
3. Svop operatsiyalari.
4. Devalьvatsiya.
5. Revalьvatsiya.
6. Valyuta cheklovlar siyosati va boshqalar.
Valyuta intervensiyasi deb Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir qilish maqsadida chet el valyutasini sotish va sotib olish bo‘yicha o‘tkazadigan operatsiyalari bilan valyuta bozori faoliyatiga aralashuviga aytiladi. Milliy valyuta kursini oshirish maqsadida Markaziy bank chet el valyutasini sotadi va aksincha, milliy valyuta kursini tushirmoqchi bo‘lganida, u chet el valyutasini sotib oladi. Markaziy bank tomonidan birinchi valyuta intervensiyasi XIX asrdan qo‘llanila boshlangan. XX asrning 30- yillaridan boshlab bu operatsiyalar rivojlangan mamlakatlarda milliy valyuta kursini tushirish va shu asosda eksportni rag‘batlantirish maqsadida qo‘llanila boshlangan. Bretton-Vuds valyuta tizimi doirasida valyuta intervensiyasi o‘zgarmas valyuta kursi va paritetini ta’minlash vositasi sifatida qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘zgaruvchan valyuta kursi mavjud bo‘lgan mamlakatlarda milliy valyuta kursidagi katta o‘zgarishlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Markaziy bank valyuta kursining barqarorligini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda xalqaro to‘lov vositalari (oltip-valyuta zahiralari, SDR, XVFning zahira pozitsiyasi) zahiralariga yoki chet el zayomlariga ega bo‘lishi kerak. Valyuta zahiralari bu davlatning Markaziy bankdagi valyuta zahiralari hisoblanadi.
Shu bilan birga, import qiluvchilar olib kelgan tovarlari uchun arzonroq chet el valyutasini olish imkoniyati tug‘iladi va import uchun qulay muhit yuzaga keladi.
Valyuta cheklovlari deganda, odatda, chet el valyutasi oltin va boshqa valyuta qiymatliklari bilan bo‘ladigan operatsiyalarni davlat miqyosida qonun asosida cheklash tushuniladi. Bu chorani amalga oshirishdan maqsad to‘lov balansining aktivligiga va milliy pul birligi kursini qo‘llab-quvvatlash va uning barqarorligiga erishishdan iborat. Milliy valyuta barqarorligini taьminlash maqsadida Markaziy bank mamlakatga chet el kapitali kelib tushishini ta’minlovchi choralar ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekiston Rsspublikasida Markaziy bankning asosiy maqsadi pul-kredit tizimi va milliy valyuta barqarorligini ta’minlash asosida iqtisodiy o‘sishga erishishdan iborat.
Pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank pul-kredit siyosatini rivojlantirishning bir yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi. Bu yo‘nalishlar Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangandan keyin harakat dasturi sifatida qabul qilinadi. Markaziy bankning vazifalari xilma-xil bo‘lib, bu qonunda aks ettirilgan.
O‘zbekiston Resnublikasi Markaziy banki huquqiy shaxs sifatida, davlat mulkiga asoslangan bo‘lib, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa sifatida o‘z xarajatlarini daromadlari hisobidan qoplashi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z miqyosi va faoliyat darajasiga ko‘ra respublikamizdagi eng yirik bank hisoblanadi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu qonunning 3-moddasida ko‘rsatilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx-navo va milliy valyuta kursining barqaror bo‘lish tushunchasini o‘z ichiga oladi. Albatta, pul massasi, valyuta kursi, narx-navoga ta’sir qiluvchi boshqa omillar ham mavjud. Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qator muhim vazifalarpi hal etadi. Ularning asosiylari quyidagilardir:
– monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish;
– O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash;
– banklar faoliyatini tartibga solish va banklar faoliyati ustidan nazorat qilish;
– O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zahirasini saqlash va ularni boshqarish;
– Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish.
Markaziy bankka ayrim bank korxona va tashkilotlarning kapitalida qatnashishi, ularga moliyaviy yordam ko‘rsatishi, tijorat turidagi faoliyatlarni olib borishi man qilinadi. Markaziy bankni boshqarishning yuqori tashkiloti boshqaruv bo‘lib, u monetar siyosatni hamda o‘z zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni amalga oshirishda boshqa davlat tashkilotlarining bevosita va bilvosita aralashuvidan holi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi.
1.Iqtisodiyotni pul-kredit dastaklari yordamida boshqarish.
2. Hisob-kitob va pul o‘tkazish operatsiyalarini bajarishni yo‘lga qo‘yish.
3.Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish.
4.Boshqa kredit muassasalarining kassa zahiralarini saqlash.
5.Rasmiy oltin-valyuta zahiralarini saqlash.
6. Hukumat uchun hisob-kitob va kredit operatsiyalarini bajarish.
7.Tijorat banklariga kredit berish.
8. Pul emissiyasi.
Markaziybank o‘z sarf xarajatlarini daromadlari hisobidan qoplovchi iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa moddiy boyliklardan iborat bo‘lib, ularning qiymati Markaziy bank balansida aks ettiriladi.
Respublika Markaziy bankining nizom kapitali 2 mlrd. so‘m deb belgilangan. SHuningdek, Markaziy bank soliqlar va bojlardan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasiga muvofiq ozoddir. Markaziy bank kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi monetar siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan 30 kun oldin Oliy Majlisga bu haqda axborot beradi. Markaziy bank pul-kredit, moliya, valyuta va narx munosabatlarining ahvoliga asoslanib, muomaladagi pul muassasining bitta yoki bir qancha ko‘rsatkichlari o‘zgarishining aniq maqsadli mo‘ljallarini belgilashi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosati iqtisodiyot vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni, pul miqdorini yillik o‘stirish sur’atlarining maqsadli ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valyuta siyosatini amalga oshirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga olib muhim makroiqtisodiy jarayonlar: pulning qadrsizlanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy hajmi hamda mehnat resurslarining bandligi, to‘lov balansini barqarorlashtrishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zaro hisob-kitoblarning O‘zbekiston tijorat banki tomonidan belgilangan va hamma bank hamda mijozlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalar asosida olib borilishini nazorat qiladi. Chunki belgilangan qoidalarning bir taxlitda qo‘llanilishi butun respublika hududida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlaydi.
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 50-moddasiga muvofiq, banklarni nazorat qilishdan asosiy maqsad bank tizimining barqarorligini ta’minlash, omonatchi va kreditorlar manfaatlarini himoya qilishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank muassasalarining rivojini xar tomonlama hisobga olib va kuzatib boradi, kapitalning aynan bir xilligi, likvidlikka doir talablarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy me’yorlarni (52-modda), shuningdek, kreditlash hajmi, limitlarini belgilaydi. Kapitalning etarliligi, aktivlarining sifati, foydaligi va likvidliligiga qarab tijorat banklarining moliyaviy ahvoli baholanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir. Shu bilan birga, Markaziy bank yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazishga litsenziyalar beradi va milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash shartini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro hisob-kitoblarda zahiradagi aktiv va kafolatli sug‘urta fondi vazifasini bajarish bilan birga dunyo moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan mamlakatimizning oltin-valyuta zahiralari qiymatini ham yaratadi. Boshqa moliya muassasalari, korxonalar va xususiy shaxslar ham xorijiy valyutaga ega bo‘lish va valyuta operatsiyalari o‘tkazish huquqi borligiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta zahiralarini saqlovchi asosiy depozitariy bo‘lib qolishi lozim.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va xazina vakili sifatida ish tutadi.
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»giqonunning 44-moddasiga muvofiq Markaziy bank hukumat bankiri sifatida hukumat muassasalari va tashkilotlarining hisob varaqlarini yuritadi, ana shu hisob varaqlarda mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga oshiradi; davlat qimmatbaho qog‘ozlari bilan operatsiyalar o‘tkazib turadi; davlatga bevosita qisqa muddatli va uzoq muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini xarid qilish tarzida kredit beradi; hukumat idoralarining topshirig‘iga binoan oltin bilan yoki xorijiy valyutada operatsiyalar bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning xazina vakili sifatida hukumat hisobvaraqlarini yuritadi, Hukumatning moliya operatsiyalariga ko‘maklashadi byudjet daromad va xarajatlari masalalari yuzasidan maslahatlar beradi, davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtiradi, ular bo‘yichahisobvaraqlar yuritadi va davlatning boshqa qarz majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi.
Banklar banki sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob-kitob-to‘lov operatsiyalarini o‘tkazish, banklararo to‘lovlarning hisob-kitob-kliring xizmatini uyushtirish tartibini belgilaydi, tijorat banklariga kreditlar, tegishlicha ko‘rsatmalar beradi.
Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi o‘z hisob varaqalaridan o‘zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar. Bundan tashqari, ularning o‘z mablag‘lari kamlik qilsa, Markaziy bankdan kredit olishlari, naqd pul bo‘yicha ham Markaziy bankka murojaat qilishlari mumkin.
Shuningdek,o‘z hisob va kredit operatsiyalari bo‘yicha stavkalarni mustaqil ravishda belgilaydi. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasida banknotalar va tanga ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.
Markaziy bank va u vakolat bergan talabga ko‘ra bir nominal qiymatdagi banknota va tangalarni boshqasiga hech qanday to‘lovsiz yoki vositachilik haqisiz almashtirib beradi. Naqd pul mablag‘larini muomalaga chiqarish va qaytarib olishni faqat Markaziy bank amalga oshiradi.
Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy zahira miqdorini belgilab beradi. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich milliy valyutada 15 %va xorijiy valyutada 8 % ni tashkil qiladi. U pul muomalasini barqarorlashtirish va banklar likvidligini ta’minlashda ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |