Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот


Davlatning oltin-valyuta zahiralarini boshqarishfunksiyasi



Download 1 Mb.
bet113/152
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#721120
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   152
Bog'liq
Маърузалар тўплами

Davlatning oltin-valyuta zahiralarini boshqarishfunksiyasi
Markaziy bank davlatning oltin, qimmatbaho metall va valyuta zahiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zahiralari xalqaro hisob-kitoblarda aktivlar zahirai, hisob-kitoblar bo‘yicha davlatning kafolatli cyg‘ypta fondi sifatida namoyon bo‘ladi. Odatda, mamlakat oltin zahiralarining asosiy qismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo‘ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zahiralar Moliya vazirligi ixtiyorida bo‘lib, Markaziy bank oltin bilan bog‘liq operatsiyalarni olib boradi.
Markaziy banklar mamlakat valyuta zahiralarini o‘zida yig‘adi va bu zahiralar xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, to‘lov balansi taqchilligini qoplash va mamlakat milliy valyutasi kursining barqarorligini ta’minlash uchun ishlatadi.
Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrog‘i davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo‘lib, muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko‘rsatkichlariningo‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar yig‘indisidan tashkil topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o‘rnatish asosida inflyatsiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosati ikki yo‘nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo‘nalish – kredit ekspansiyasi bo‘lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag‘batlantirish yo‘li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chiqarshi sur’atlari tushib ketgan holda, konьyunkturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yo‘nalish–kredit restriksiya siyosati bo‘lib, u iqtisodiy o‘sish davrida pul-kredit emissiyasining qisqarishiga asoslanadi. Markaziy bank «tor» va «keng» maьnoda pul-kredit siyosatini olib borishi mumkin. «Tor» siyosatda valyuta bozorida investitsiya, hisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursi maqbulliligiga erishish tushuniladi. «Keng» siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash olib borish tushuniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jihatlari valyuta kursi, valyuta zahiralari va to‘lov balansi kabi masalalarning echimiga qaratilgan bo‘ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
– minimal majburiy zahira me’yorlarini o‘rnatish;
– foiz (diskont) siyosati;
– tijorat banklarini qayta moliyalashtirish, ochiq bozor siyosati;
– targetirlash va boshqalar.
Muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidliligini muvofiqlashtirish va inflyatsiya sur’atlarini tushirish maqsadida Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy zahiralar me’yorini o‘rnatib berish siyosatini amalga oshiradi. Pul muomalasini muvofiqlashtirishning bu usuli birinchi bo‘lib 1913 yilda AQSHda qo‘llanilgan. Minimal zahiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur bo‘lgan qismidir. Majburiy zahira miqdori tijorat bankining chetdan jalb qilingan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Bu zahira bevosita banklarning kreditlash imkoniyatini chegaralasa-da, ularning minimal likvidliligini ta’minlash omili bo‘lishi mumkin.
Minimal zahira me’yori jamg‘arma turiga, uning hajmiga, bankning joylashish o‘rniga bog‘liq bo‘lgan holda turli mamlakatlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Mavjud manbalar shuni ko‘rsatadi, masalan, YAponiyada minimal zahiralar stavkasi 2,5%ni: AQSHda– 12%ni, Germaniyada– 12,1% ni, Portugaliyada– 17%ni, Uzbekistonda 15% milliy valyutada va xorijiy valyutda 8% ni tashkil qiladi.
Markaziy bank tomonidan zahira miqdori ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda o‘zgartirilishi mumkin.
Markaziy bankning hisob (diskont) siyosatining mohiyati shundaki, u tijorat banklardan veksellarni sotib oladi. Aytaylik, mol sotib oluvchi korxonaning etkazib berilgan mol (tovar, xizmat va h.q)larning haqini to‘lash uchun mablag‘i etarli bo‘lmasa, u tovar uchun to‘lovni ma’lum vaqto‘tgandan keyin amalga oshirishi to‘g‘risida veksel berishi mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul mablag‘lari zarur bo‘lgan vaqtda u vekselni ti­jorat bankiga sotishi mumkin. Tijorat banki vekselni sotib olganda unda ko‘rsatilgan summadan kam summaga (ma’lum foiz ushlab qolgan holda) sotib oladi. Zarur bo‘lganda, tijorat banki vekselni Markaziy bankda hisobga qo‘yishi mumkin. Bu holda Markaziy bank ham o‘z foydasiga ma’lum foiz – hisob stavkasi ushlab qolishi mumkin. Markaziy bankning hisob stavkasi turli davlatlarda har xil – 5% dan 15% gacha bo‘lishi mumkin. Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy bankning hisob stavkasiga tayanadilar. Markaziy bankning hisob stavkasi tijorat banklari o‘rnatadigan hisob stavkaning eng past chegarasi hisoblanadi. Odatda,tijorat banklarining hisob stavkasi Markaziy bankning hisob stavkasidan yuqori (0,5 dan – 2% ga­cha) bo‘ladi.
Tijorat banklarining qayta moliyalashtirish siyosati bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatbaho qog‘ozlarni garovga olgan holda kreditlar berish va kredit auksionlarni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi quyidagi usullarda olib borilishi mumkin:
– tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‘li bilan kreditlash;
– tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatbahoqog‘ozlarni garovga olish yo‘li bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi. Ularning foiz stavkalari lombardli foiz stavkalar deb yuritiladi. Jahon amaliyotida lombard bo‘yicha (foiz stavkasi doimo hisob stavkasidan 1-2% yuqori bo‘ladi;
– to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit berish usuli. Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan hollarda ular Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va Markaziy bank kreditidan foydalanishi mumkin. Qayta moliyalashtirishning asosiy maqsadi pul muomalasi va kredit munosabatlarining holatiga ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Qayta moliyalashtirish siyosatini olib bora turib Markaziy bank oxirgi kreditor sifatida maydonga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank o‘rnatgan qoidalarga asosan, quyidagi aktivlarni garovga olgan holda 3 oygacha bo‘lgan muddatda kreditlar berishi mumkin:
– oltin, chet el valyutasi, xalqaro zahiralar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari va boshqa boyliklar;
– davlatning qarz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolatlangan boshqa qarz vositalari.
Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan va Markaziy bank ular bilan ushbu qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari asosida kreditlar berishi mumkin.
Ochiq bozor siyosati deganda, markaziy bankning ochik bozorda kimmatbahoqog‘ozlarni o‘z hisobidan sotib olishi va sotishi tushuniladi. Markaziy bankning ochiq bozor siyosati asosan xazina majburiyatlarini, sanoat kompaniyalari va banklarning obligatsiyalarini, Markaziy bankda hisobga olingan tijorat veksellarini sotish va sotib olish orqali amalga oshiriladi. Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali bank tizimining va alohida olingan tijorat banklarning o‘z zahiralari miqdori oshirilishi (agap qimmatbaho qog‘ozlar sotib olinsa) yoki kamaytirilishi (agar qimmatbaho qog‘ozlar sotilsa) mumkin. Ochiq bozor siyosati orqali Markaziy bank kredit bahosiningo‘zgarishiga erishishi mumkin. Bu esa,o‘z navbatida, pulga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga olib keladi. Odatda, Markaziy bank bu siyosat orqali ortiqcha pullarni muomaladan oladi va pul muomalasini muvofiqlashtirish bo‘yicha aktiv pul-kredit siyosati olib boradi.
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 25-moddasiga asosan Markaziy bank o‘zi chiqargan qimmatli qog‘ozlarni,shuningdek, qarz majburiyatlarini ochiq bozorda sotish va sotib olishi mumkin. Markaziy bank byudjetni moliyalashtirish uchun ochiq bozorda operatsiyalar olib borish, qimmatbaho qog‘ozlarni birinchi joylashtirishda ularni sotib olishga haqli emas.
Markaziy bankning ochiq bozorda olib boradigan operatsiya-lari quyidagi xususiyatlar bo‘yicha farqlanadi:
–bitim sharti bo‘yicha: naqd pulga yoki qayta sotish majburiyati bilan ma’lum muddatga sotib olish (REPO operatsiyasi) bilan bog‘liq operatsiyalar;
– bitim obyektlari bo‘yicha: davlat yoki aksioner jamiyatlari qimmatbaho qog‘ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalar,
– bitim muddati bo‘yicha: qimmatli qog‘ozlari bilan qisqa muddatli (3 oygacha) va uzoq muddatli (1 yil va undan ortiq) operatsiyalar,
– operatsiyalar o‘tkazish doirasiga qarab: bank tizimi doirasida yoki nobank tizim doirasida qimmatli qog‘ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalar,
–foiz stavkalarinio‘rnatish bo‘yicha: Markaziy bank yoki bozor tomonidan aniqlanadigan stavkalar.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish