Access.
Kirish buluti
Control.
Boshqaruv buluti
Forward.
Transport buluti
- taqsimlangan va
markazlashtirilgan texnologiyalar
ishini tashkil etish
- kirish tizimi ishini
- sessiyani boshqarish
- mobillikni (harakatchanlikni)
boshqarish
- xizmat ko'rsatish sifatini
- fizik ma'lumotlarni uzatish
- tarmoqning ishonchliligi va
tezligini ta'minlash
- yuklamani muvozanatlash
153
tashkillashtirish
- совместимость 5G bilan
3G
va
4G larni moslashtirish
boshqarish
5G-ni ishga tushirishdagi to'siqlardan biri bu chastota spektrining
yetishmasligi hisoblanadi. Tarmoqning qamrovi va mavjudligi muammosi
abonentlarga qaratilgan yo’nalishda hal qilinishi tahmin qilinmoqda, ya'ni
tarmoqning radioqamrovi avvalgi standartlardan farqli o'laroq, abonentlarning
ehtiyojlariga moslashadi.
MOBIL ALOQA OPERATORLARINING 5G TARMOG‘IGA O‘TISH
JARAYONINI TAHLIL QILISH
H.N.Valiyev (magistr, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU)
M.O. Abdujalilova (magistr, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU)
Bizga ma’lum 3G va 4G tarmoqlarining o‘rnini yaqin kelajakda 5G tarmog‘i
egallaydi. Bu tarmoq nafaqat yuqori tezlikda ma’lumot uzata oladi, balki eng
minimal kechikishga ega. Bugungi kunda internet tarmog‘ida ishlay oladigan
qurilmalarning soni keskin oshib bormoqda. Va bu bilan tarmoqning o‘tkazuv-
chanlik qobiliyatiga ham talab ortib bormoqda. Yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyati-
ni hozirgi paytda 4G tarmog‘i uddalay olmayapdi. 5G tarmog‘i uchun o‘rnatilgan
bazaviy stansiya antennasi 1 metr masofada 4G tarmog‘i antennasiga nisbatan
1000 taga ko‘p abonentga xizmat ko‘rsata oladi. Telekommunikatsiya uskunalarini
ishlab chiqaruvchi va mobil aloqa operatorlari ushbu yangi texnologiyani joriy
etishga, unga yangi arxitektura ishlab chiqishga qattiq kirishishgan.
Avtonom bo‘lmagan 5G (NSA, non-standalone)
– 4G infrastrukturasidan
foydalangan holda 5-avlod tarmog‘ini rivojlantirish metodi. Bir vaqtning o‘zida 2
ta chastota diapazonidan foydalanadi:
birinchi diapazon: mavjud 4G/LTE diapazondan foydalanadi;
ikkinchi diapazon esa millimetrli to‘lqinlardan foydalanadi.
Birinchi diapazon bu 6 GHz gacha bo‘lgan chastota diapazoni bo‘lsa,
ikkinchi diapazonga esa 24 GHz dan yuqori bo‘lgan chastota diapazonlari kiradi.
24 GHz dan yuqori chastota diapazonlari yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega.
Lekin bu diapazonda 5G tarmog‘i bilan hududni qoplash uchun kam quvvatli
bazaviy stansiyalardan juda ko‘p o‘rnatishni talab etadi.
1-rasm. Avtonom bo‘lmagan 5G (NSA, non-standalone)
154
Avtonom bo‘lmagan tarmoqda dinamik chastotani taqsimlash tushunchasi
mavjud bo‘lib, bunda 4G va 5G ham bitta chastotadan foydalanadi.
Foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lum bir algoritmlar asosida texnologiya
taqsimlanadi. Dinamik taqsimlash texnologiyasi 5G endi kirib kelayotgan
mamlakatda ishlatish maqsadga muvofiq. Chunki ushbu mamlakatda hali 5G
texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar soni kam bo‘ladi. Mobil aloqa
operatorlari 5G texnologiyasi uchun alohida chastotani band qilmaydi.
Avtonom bo‘lgan 5G (SA, standalone)
– bu texnologiya to‘liq bulut
tarmog‘iga asoslanadi. 5G texnologiyasi uchun alohida bazaviy stansiya qo‘yiladi.
Bu bazaviy stansiyalar bir vaqtning o‘zida millimetrli, kichik va o‘rta to‘lqinlardan
foydalanadi. Bu o‘z navbatida o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytiradi.
2-rasm. Avtonom bo‘lgan 5G (SA, standalone)
Nokia kompaniyasining xabarlarida yozishicha, kompaniya mutahassislari
4G/LTE bazavaya stansiyalarini 5G ga hech qanday to‘siqlarsiz dasturini yangilash
orqali o‘tkazish usulini kashf qilishgan. Bu esa telekommunikatsiya
kompaniyalarining loyihalashtirish uchun 10 milliard yevrogacha tejash
imkoniyatiga ega ekanligini aytib o‘tishgan. “4G texnologiyasi 6 GHz chastotadan
past bo‘lgan chastota diapazonlarida ishlaydi. 5G texnologiyasi uchun alohida
bazaviy stansiya qurish talab etilmaydi” deya gapini yakunlagan Nokia
kompaniyasining mobil aloqani rivojlantirish direktori Tommi Uitto.
5G tarmog‘ini ishga tushirgan Chexiya davlatining Vodafone kompaniyasi 3G
tarmog‘ini yopishini ma’lum qildi. Lekin 2G tarmog‘idan voz kechmaydi. Ushbu
mobil aloqa kompaniyasining statistikasi bo‘yicha 11,5% abonent 3G tarmog‘idan
foydalanishar, 2G tarmog‘idan esa 25% abonent foydalanib kelmoqda. 3G uchun
foydalanilgan chastota diapazonini 4G tamog‘iga, 4G ning chastota diapazonini 5G
tarmog‘iga berishni rejalashtirishmoqda.
5-avlod tarmog‘iga birdaniga hech qaysi mobil aloqa operatorlari o‘tisha
olmaydi. Bunga bir nechta sabablarni keltirib o‘tish mumkin: birinchi sabab:
yagona standart mavjud emas. Hozirda ishlab turgan 5G texnologiyalarining
barchasi test tizimida va 4G/LTE tarmog‘iga bog‘liq holda ishlamoqda; ikkinchi
sabab: chastota yetishmasligi. Past chastotalarning barchasi egallanib bo‘lingan;
uchinchi sababi: 5G tarmog‘ida ishlovchi bazaviy stansiya va oxirlovchi
qurilmalarning narxi qimmatligida.
Foydalanuvchi qurilmalarini 4G texnologiyasidan 5G NSA ga yoki 5G NSA
dan 5G SA ga o‘tkazishi uchun qurilmasini modernizatsiya qilib bo‘lmaydi. Uning
uchun alohida ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlovchi modemi mavjud bo‘lgan
qurilma sotib olishi shart. 5G SA da ishlovchi qurilma 5G NSA tarmog‘iga ulana
oladi, lekin barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalana olmaydi.
155
Do'stlaringiz bilan baham: |