122
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ob’yektni dron orqali
kuzatish, har qanday xavf odamlarning hayotiga hamda moddiy boyliklariga zarar
yetkazmaslik uchun darhol javob berishni talab qiladi. Ko‘rinadigan
va termal
kameralar bilan jihozlangan dronlardan foydalanish yomon ko‘rinadigan holatlarda
ham, ya’ni tuman, har xil gaz yoki tutun mavjud bo‘lganda ham, yordamga muhtoj
yoki ahvoli og‘ir bo‘lgan odamlarni joylashgan manzilini aniqlashga yordam
beradi. Ma’lumotlar simsiz uzatish texnologiyalari orqali operatorga real vaqtda
keladi, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaror qabul qilishga imkon beradi. Jabrlanganlarni
qidirish va qutqarishda ham dronlar qutqaruv guruhlari va texnikalar yetib
borolmaydigan joylarda ham odamlarni topishga yordam beradi. Monitoring
samaradorligini oshirish uchun dronda inson salomatligi
xavf ostida qolmasdan,
radioaktiv, kimyoviy va biologik ifloslanish darajasini o‘lchash uchun termometr,
datchiklar yoki dozimetrlar o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Dronlar yordamida
monitoring olib borish, operatorlar favqulodda holat aniqlanganda yoki favqulodda
vaziyatni oldini olish maqsadida Mobil aloqa operatorlari baza staniyalari orqali
favqulodda vaziyatni oldini olish yoki yordam ko‘rsatish uchun qutqaruvchilarga
xabar berish tuzilmaviy sxemasi keltirilgan (1-rasm).
1-rasm. Dronlar yordamida monitoringini tashkil etish, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda
mobil aloqa orqali qutqaruvchilarga xabar berish tuzilmaviy sxemasi
Tabiiy va texnogen holatlar deyarli barcha turli hududlarda zilzilalar,
toshqinlar, ko‘chkilar,
loy oqimlari, toshqinlar, yong‘in, qurg'oqchilik va haddan
tashqari yuqori yoki past haroratlarda mavjud. Shu sababli, ushbu hudud uchun
mobil aloqa texnologiyalardan foydalangan holda favqulodda vaziyatlarni oldini
olish va favqulodda vaziyatni bartaraf etishda foydalanish ancha samara beradi.
Favqulodda vaziyatni bartaraf etishda mobil aloqa texnologiyalarni
jalb qilish va
ulardan foydalanish, falokat xavfini kamaytirish uchun dron texnologiyalarni
qo‘llaganda, avvalo insonlarni qutqarish, ularni favqulodda vaziyat bo‘lgan
hududning qaysi nuqtasida ekanligini aniqlash, ularga zarurat bo‘lganda birinchi
tibbiy
yordam berish, jumladan qutqaruvchilardan masofasi uzoq bo‘lgan holatda
dronlar yordamida ularga tibbiy dori-darmon va shu kabilarni dastlabki vositalarni
yetkashish va ularni favqulodda vaziyat bo‘lgan hududdan olib chiqish zarur
hisoblanadi.
Xulosa qilib, uchuvchisiz boshqariladigan vositalarning tadbiq etish
favqulodda vaziyatlar xizmatlarning bo‘linmalari qidiruv-qutqaruv ishlarida mobil
aloqa texnologiyalar bilan birgalikda foydalanishi va faol ravishda joriy etish juda
katta samara beradi. Yuqori sifatli uchuvchisiz dronlar, ularning ishonchliligi va
123
chidamliligi, odamlar uchun xavfli bo‘lgan turli xil vazifalarni hal qilishda amaliy
natijasi borligini nazariy tomonlama keltirib o’tildi.
Real vaqtda favqulodda
vaziyatlar haqida ma’lumot to‘plash, termoplastinka yordamida jabrlanganlarni
qidirish, dori vositalari va zaruriy buyumlarni yetib borish qiyin bo‘lgan joylarga
yetkazish mumkin. Bu esa natijalarning yuqori tezligini va aniqligini oshiradi.
Drondan foydalanganda qidirish vaqti sezilarli darajada kamayadi. Shu bilan birga,
uchuvchisiz qurilmalar yordamida eng murakkab vaziyatlarda va kirish qiyin
bo‘lgan joylarda vaziyatni baholashda, qaror qabul qilishda yuqori samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: