118
Yarim passiv yorliqlar - o‘z quvvat batareyalariga ega, shuningdek,
RFID
tizimini
o‘qish
uchun
mo‘ljallangan
tashqi
qurilma
hosil
qilgan elektromagnit maydondan ham quvvatlana oladilar.
Passiv yorliqlar - o‘z quvvat manbasiga ega emas. Ular o‘quvchi
qurilmadan bor-yo‘g‘i 8 metr masofagacha uzoqlikda ishlashi mumkin.
Lekin, tan narxi yuqoridagi yorliqlarga nisbatan ancha arzon va birmuncha
ixcham [1].
O‘quvchi qurilmaning asosiy vazifasi o‘zining antennasi yordamida
yorliqlarni faollashtirish va undan uzatilgan axborotni qabul qilish iborat. Yaʼni,
o‘quvchi qurilmaning antennalari nurlatgan elektromagnit to‘lqinlar
yorliq
antennasi energiya bilan taʼminlaydi hamda uning akkumulyatorini zaryadlaydi.
Shundan so‘ng zaryadlangan akkumulyatordan foydalanib, ichki mikrosxema
yoqiladi hamda o‘zida saqlangan maʼlumotlarni jo‘natishni boshlaydi. Uzatilgan
signallar o‘quvchi qurilma tomonidan qabul qilinadi, demodulyatsiya qilinadi,
shifrlanadi va foydalanuvchiga o‘z uchun qulay shaklda taqdim etiladi (2 - rasm).
Antenna RFID tizimi qabul qilgichining ajralmas qismidir.
Uning chastotasi
har doim yorliq chastotasiga moslashgan bo‘lishi shart. Nazoratchi - bu tizimni
boshqarishni taʼminlaydigan RFID qabul qilgichi o‘quvchi qurilmasidan maʼlumot
olgandan so‘ng kerakli choralarni ko‘rishini taʼminlaydi. Buning uchun RFID
qabul qilgichi odatda markaziy tekshirgich bilan aloqa o‘rnatishi kerak [2].
2 - rasm. RFID tizimining tarkibiy sxemasi
RFID tizimi antennalari funksional imkoniyatlarga, dasturga va asosiy ishchi
chastotasiga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Har qanday antennalarda
bo‘lgani kabi, RFID antennalari ham asosiy qoidalariga va talablarga bo‘ysunadi.
Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi, yangi materiallar va matematik
algoritmlarning paydo bo‘lishi RFID identifikatsiyalash tizimining asosi bo‘lgan
ixtisoslashtirilgan
identifikatsiyalash
moslamalari
-
radiochastota
qabul
qilgichlarini
yaratish
imkonini berdi.
RFID
identifikatsiyalash
boshqa
texnologiyalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Radio chastotani
identifikatsiyalashning eng katta afzalligi, identifikatsiya maʼlumotlarini qabul
qilish va qayd etish masofasi bir necha o‘n metrgacha o‘zgarib turadi. RFID -
belgilarni qalbakilashtirish deyarli mumkin emas.
RFID - tizimlar turli obyektlarni operativ va aniq nazorat qilish,
ularning
harakatlanishini kuzatish va hisobga olish talab qilinadigan turli xil hollarda ham
qo‘llaniladi.
119
RFID texnologiyasi borasida olib borilayotgan tadqiqotlarga asoslangan jahon
tajribasi taqdim etayotgan maʼlumotlarga
ko‘ra RFID bozori so‘ngi yillardagi
o‘sish surati 50 foizdan yuqori. Ayniqsa, Xitoy, Yaponiya, AQSH, Rossiya
kabi davlatlar bu texnologiyadan hukumat maqsadlarida maksimal darajada
foydalanish uchun juda katta sarmoyalar kiritmoqdalar.
Shu o‘rinda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universitetida ham RFID texnologiyasini joriy etish aynan
maqsadga muvofiq loyiha bo‘lishi mumkinligini taklif sifatida keltirib o‘tish joiz.
Xususan, xodimlar va talabalar haqidagi maʼlumotlarni
jamlagan kontaktsiz ID
kartalarni joriy etish, universitet laboratoriya va bo‘limlarida laboratoriya
qurilmalari
va
uskunalarini,
multimedia
qurilmalarini,
kutubxonalardagi
mavjud adabiyotlarni RFID yorliqlari bilan jihozlash ularni xavfsizligini
taʼminlash va doimiy nazoratda ushlab turishda yuqori samaradorlikni taʼminlaydi.
O‘zbekistonning 2030 yilgacha ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish
konsepsiyasida
ham
RFID
texnologiyasini
pasportlar
va
haydovchilik
guvohnomalari, ijtimoiy va migratsiya kartalari, qimmatli qog‘ozlar, bank,
turli
xildagi davlat xizmatlari ko‘rsatish, bojxona va boshqa yo‘nalishlarda keng
miqyosda tatbiq etish bo‘yicha davlat tashabbuslari kutilmoqda. Bundan tashqari,
ushbu texnologiyalar kelgusida sanoat, fan, savdo, tibbiyot, sport kabi boshqa
sohalarda ham o‘zining maqsadli va muvaffaqiyatlili taraqqiyotiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: