Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


O‘ZBEKISTON POCHTA TIZIMIDA INNOVATSION FAOLIYATNI



Download 7,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/260
Sana25.02.2022
Hajmi7,67 Mb.
#291106
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   260
Bog'liq
2-qism-toplam-4-5-mart

O‘ZBEKISTON POCHTA TIZIMIDA INNOVATSION FAOLIYATNI 
RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING TA’SIRI: 
MUAMMO VA ISTIQBOLLARI 
G.N.Nazarova (dotsent, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) 
F.Sh.Mustafoyeva (magistrant, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) 
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish 
sharoitida O‘zbekistonning qator sohalardagi rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz 
tasavvur qilish qiyin. Raqamli iqtisodiyot – bu, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish jarayonidir. 
Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish 
bilan bir qatorda elektron to‘lovlarni amalga oshirish, internet savdo va boshqa 
ko‘p turdagi sohalarni qamrab oluvchi raqamli axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari bilan bog‘langan faoliyatidir. 
Respublikamizda olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, 2022 yilga kelib 
global YaIM (yalpi ichki mahsulot)ning chorak qismi raqamli sohada bo‘lishi 
taxmin qilinmoqda. Lekin, xalqaro axborot kommunikatsiya- texnologiyalarini 
rivojlantirish indeksi bo‘yicha O‘zbekiston 170 dan ortiq davlat ichida 103-o‘rinni 
egallab turishining o‘zi mamlakatimizda bu sohada hali o‘z yechimini kutayotgan 
masalalar va qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘pligidan dalolat beradi. 
Shuningdek, mavjud bo‘lganlarni hisobga olgan holda, turli sohalarda, shu 
jumladan pochta aloqasi sohasida ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha 
tezkor choralar ko‘rilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 


466 
Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron 
hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli qarorida, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga: 
- 2020-yil 1-avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 
yo‘llanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik 
hujjatlarni faqat pochta aloqa obyektlari tarmog‘i orqali yetkazib berish tartibini 
belgilash; 
- 2020-yil 1-avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan pochta 
aloqasi obyektlari tarmog‘i orqali yo‘llanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, 
chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga 
yetkazib berish va yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga 
olishning yagona milliy tizimini joriy etish vazifasi yuklatildi. 
Bugungi kunda pochta aloqasi bozorida kuchli raqobatli muhit vujudga 
kelgan. Pochta va kuryerlik xizmatlari 575 ta mahalliy va xususiy kompaniyalar 
hamda xalqaro darajadagi yirik kompaniyalar tomonidan koʻrsatib kelinmoqda. 
Statistik maʼlumotlarga koʻra, mazkur korxonalar tomonidan 2019-yilda 260,0 
milliard soʻmlik pochta va kuryerlik xizmatlari taqdim etilgan. 
“Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tizimida mamlakatimizning 
barcha hududini qamrab olgan 2 mingdan ziyod boʻlinma boʻlib, ularda 7 ming 
nafar xodim faoliyat yuritishi, lekin yillar davomida sohaga eʼtibor berilmagani 
sababli pochta xizmatining oʻrni pasayib ketgani sir emas. Jumladan, soʻnggi oʻn 
besh yilda 1 ming 300 ta pochta boʻlinmasi yopilgan. Oʻtgan yili xorijdan kelgan 6 
ming tonna joʻnatmalarning atigi 10 foizi, kuryerlik xizmatlarining esa, 30 foizi 
milliy pochta hissasiga toʻgʻri kelgan xolos. 
O‘zbekiston pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish, korxonani yuqori samarali 
va raqobatdosh, iqtisodiyotning daromadli sohalariga dinamik ravishda o‘tadigan 
jahon sifati standartlarini tatbiq etuvchi kompaniyaga aylantirish bo‘yicha yetakchi 
o‘rinlarni egallashi kerak. Ushbu maqsadga erishish, asosan, pochta aloqasi 
xizmatlarini ko‘rsatish darajasi, shuningdek sifatni oshirish, ko‘rsatilayotgan 
xizmatlar turini kengaytirish va faoliyatni raqamlashtirish uchun foydalaniladigan 
yangi usullarni qo‘llash bilan belgilanadi. 
Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli texnologiyalar asosida pochta ishini 
faol ravishda amalga oshirish xo‘jalik yuritishning ilg‘or zamonaviy shakli 
hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli texnologiyalar an'anaviy 
pochta xizmati shakllariga nisbatan kattagina samaradorlikka erishishga imkon 
beradi. Bularga xat-xabar va posilkalarni avtomatik yetkazib berish jarayonini, 
bulutli texnologiyalardan foydalanishni, ma'lumotlarni masofaviy usulda yetkazib 
berish kabi xizmatlar ko‘rsatishni, aqlli texnologiyalar, raqamli ko‘rinishdagi katta 
ma'lumotlar majmui yordamida pochta ma'lumotlarini qayta ishlash va uni 
yetkazib berishni, pochta orqali turli tovarlarni yetkazib berish jarayonlarini misol 
sifatida keltirish mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 dekabrdagi “Pochta 
aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” PQ-4921-son qarorida O‘zbekistonda pochta aloqasi tizimi bugungi 


467 
kunda mamlakat hududlarida xat va pochta jo‘natmalari bilan bir qatorda tovarlarni 
yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘z 
infratuzilmasiga ega bo‘lgan muhim soha ekanligi va “O‘zbekiston pochtasi” 
aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizning pochta aloqasi milliy operatori sifatida 
respublika miqyosida barcha aholi punktlarini qamrab olganligi, pochta aloqasi 
xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish, sohaga zamonaviy 
texnologiyalarni joriy etish, pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etish faoliyatini 
to‘liq avtomatlashtirish orqali Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida 
mamlakatimizni birinchi 50 talikka kiritish maqsadida bir qator vazifalar qo‘yildi. 
Jumladan, pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning 
asosiy yo‘nalishlari: 
a) xat-xabar tashish va kuryerlik xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha: 
pochta va kuryerlik xizmatlarini taqdim etish faoliyati bilan shug‘ullanib 
kelayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda “yakuniy manzil” 
xizmatini joriy etish; 
pochta aloqasining an’anaviy xizmatlarini takomillashtirish, ularni 
raqamlashtirish, jo‘natmalarni qabul qilish, kuzatib borish va yetkazish 
jarayonlariga axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish orqali aholi, biznes 
va davlat idoralariga zamonaviy xizmatlarni taqdim etish; 
“Gibrid pochta” jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmatlari sonini 
2 barobarga oshirish; 
b) elektron tijorat bozoridagi faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha: 
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga 
yetkazib berish imkoniyatini beruvchi elektron savdo maydonchasi axborot 
tizimini yaratish; 
logistika markazlarini tashkil etish, tovarlarni saqlash va yetkazib berishni o‘z 
ichiga olgan xizmatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish; 
v) xizmatlar bozoridagi pochta aloqasi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha: 
pochta aloqasi obyektlari orqali to‘lovlarni onlayn rejimda qabul qilish 
avtomatlashtirilgan tizimini modernizatsiyalash va uning mobil ilovasini ishlab 
chiqish; 
respublikaning kamida 1 000 ta pochta bo‘limida, ayniqsa, olis va chekka 
hududlarda moliyaviy xizmatlar turlarini, xususan, aholidan to‘lovlar qabul qilishni 
ikki barobarga kengaytirish hamda autsorsing asosida bank xizmatlari ko‘rsati-
lishini yo‘lga qo‘yish; 
olis va chekka hududlardagi pochta bo‘limida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini 
yo‘lga qo‘yish; 
pochta aloqasi sohasida joriy etilayotgan yangi xizmat turlarini inobatga olgan 
holda Milliy operator tizimida faoliyat yurituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish. 
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi milliy pochta tizimida muvaffaqiyatli 
islohotlarni amalga oshirish, xususan, raqamli iqtisodiyotning mavjud barcha 
imkoniyatlarini mazkur sohada qo‘llash hamda raqamli xizmatlar ko‘rsatishning 
qonuniyligini ta'minlash maqsadga muvofiqdir. 


468 

Download 7,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish