Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


WISP – SIMSIZ INTERNET, DAVR TALABI



Download 7,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/260
Sana25.02.2022
Hajmi7,67 Mb.
#291106
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   260
Bog'liq
2-qism-toplam-4-5-mart

WISP – SIMSIZ INTERNET, DAVR TALABI 
D.A. Mirzayev (dotsent, I.Karimov nomidagi ToshDTU) 
T.K. Yunusov (magistrant, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.Mirziyoyevning 
2020-yil
5-oktabrdagi PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash 
va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra,
mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va 
sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvini, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq 
xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish 


183 
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu farmonni to‘liq 
ta’minlash va undagi barcha choralarni amalga oshirish uchun albatta birinchi 
navbatda mamlakatimizning barcha hududlarida uzluksiz, sifatli va yuqori 
tezlikdagi internetga chiqish xizmatini ta’minlash kerak. Bu haligacha to‘liq 
amalga oshirilmadi. Bunga to‘sqinlik qilgan, rivojlanishida qiyinchiliklar tug‘dir-
gan xar hil qog‘ozbozlik va qo‘shtirnoq ichidagi “tekshir-tekshirlar” yuqoridagi 
farmonda to‘laqonli yakun topmoqda. Chunki birgina kam quvvatli bazaviy 
stansiyani o‘rnatish kamida bir, bir yarim yil talab qilgan va bu ko‘pchilik ISP 
(Internet service provider) lariga o‘z hizmatlarini simsiz texnologiyalar orqali 
tezkor suratlar bilan rivojlantirishiga va simli internet bilan ta’minlash murakkab 
yoki katta mablag‘ va vaqt talab qiladigan hududlarda internet tarmog‘i bilan 
ta’minlashiga to‘sqinlik qilgan. “2020-yil 1-noyabrdan boshlab yopiq binolarda 
aloqani tashkil etish maqsadida mobil aloqa operatorlari uchun ajratilgan radio-
chastota doirasida 500 mVt dan oshmaydigan quvvatda ishlaydigan baza stansiya-
laridan foydalanishga ruxsatnomani rasmiylashtirish bo‘yicha talablar (tasniflan-
gan ob’yektlar yaqinida o‘rnatiladigan mobil aloqa baza stansiyalari bundan 
mustasno) bekor qilinsin” - Farmonda bu kabi yangiliklarni ko‘plab uchratish 
mumkin.
“Raqamli O’zbekiston-2030” strategiyasi “Raqamli Toshkent” kompleksi 
dasturi asosida shaharda WISP (Wireless Internet Service Provider) tarmog‘ini 
rivojlantirish yangi texnologiyalardan foydalangan holda zararsiz, kam quvvatli va 
kam xarajat talab qiladigan internet xizmatlarini amalga oshirish kerak. Shaharda 
bunday xizmatlar yo‘q emas, masalan, “Solo” yoki “Evo” kabi. Ammo raqobat 
doimo xalq uchun, oddiy foydalanuvchilar uchun va qolaversa tashkilot hamda 
korxonalar uchun faqat yaxshi tomonga o‘zgarishiga xizmat qiladi. Ko‘rib 
turganimizdek, talab taklifdan ancha ko‘p bu oddiy bozor qonuni. Natijada xizmat 
haligacha sifatga javob bermayapti. Bu kompleks dastur esa yangi pog‘onaga 
chiqish uchun o‘z eshiklarini ochmoqda. 
Dunyo va rivojlangan davlatlar tajribasida ko‘rishimiz mumkinki bir qancha 
texnologiyalar dunyo bozorida raqobatlashmoqda va yangidan-yangi standart va 
qurilmalar simsiz internet provayderlari uchun ishlab chiqarilmoqda. Bulardan 
mashhurlari Cambium, Ubiquiti, Mikrotik kabi yirik kompaniyalardir.
WISP texnologiyasi natijasida quyidagilarga erishish mumkin: 

Bazaviy stansiyadan 50 kmgacha bo’lgan masofada tarmoq hosil qilish 
imkoniyati. 

Sodda va tez o'rnatish, qulay foydalanish. 

Ma’lumot uzatishda yuqori tezlik. 

Shovqinbardoshlik. 

Birgina bazaviy stansiya orqali, ko’p foydalanuvchilarni qo’shish 
imkoniyati. 

Tarmoq ichida ma’lumotlarni davlat darajasida ishonchli himoya qilish. 


184 
1-rasm. WISP (Simsiz aloqa internet hizmati provayderi) 
Simsiz internet xizmatlarini ko’rsatuvchi provayder WISP – bu abonentlarni 
internetga ulashga xizmat qiladigan integratsiyalangan shaharlararo hisoblash 
MAN (Metropolitan Area Network) tarmog’idir. Yuqori tezlikdagi simsiz 
ma’lumotlar uzatish liniyalari mahalliy LAN (Local Area Network) tarmog’iga ega 
bo'lgan kompaniyalar, tashkilotlar, maktablar, universitet shaharlari va boshqa 
muassasalar uchun “nuqta-nuqta” va “nuqta – ko‘p nuqta” larga asoslangan 
internetga kirishni ta'minlash uchun ishlatiladi. 
2-rasm. CPE (Customer Premises Equipment) Klient qurilmasi ishlash sxemasi
Yuqoridagi ikki chizmadan anglash mumkinki sodda WISP texnologiyasi 
asosan AP (Access Point) kirish nuqtasi va CPE klient qurilmasidan iborat. 
Shuningdek bunda turli texnologiyalarni ishlatib “mixed” qilib ham ishlatish 
mumkin. Ya’ni signalimiz bizga kerakli masofaga yetmasa “bridge” rejimida 
retranslatsiya qilib uzatish, AP qilib yana bir qancha foydalanuvchilar bilan 
tarmoqni kengaytirish imkoniyatlari ham mavjud. Albatta texnologiyalardan o’rinli 
va samarali foydalanish uchun qurilmalarni xarakteristikasini bilish kerak. 
Interfeysi (o’tkazish qobiliyati) va qaysi standartlar bilan ishlay olishini bilish juda 
muhimdir. Eng muhimi arxitektura anchagina sodda va optik tolali (wired) 
texnologiyaga nisbatan arzon. Shu tomonlama WISP arxitekturasi Wired ISP dan 
ustunlik qiladi. 
Hozirda mamlakatimizda WISP hizmatini ko‘rsatuvchi oz sonli, ya’ni Sola va 
EVO kabi, provayderlar mavjud. Ular ham Prezidentimizning 3.02.2018 
yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay 
sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 
farmoni asosida o‘z tarmoqlarini shaharlarda, aholi gavjum joylarda tashkil 
qilishgan va buning natijasida farmonga ko‘ra bir qancha soliq imtiyozlarini qo‘lga 
kiritishgan.


185 
Hozirgi informatsiyalar davrida ko’rinib turibdiki biror hudud yoki qishloq 
joyni rivojlantirmoqchi bo‘lsa, o‘sha hududda albatta yuqori tezlikda keng polosali 
tarmoqqa chiqishni tashkil qilish kerak. Bu orqali mahalliy aholini savodxonligi, 
dunyo qarashi va yangi texnologiyalardan foydalanish bilim-ko‘nikmasi 
rivojlanadi. Yuqoridagi kabi farmoyishlar ham aynan shu maqsadni, ya’ni 
mamlakatimizni barcha hududlarini rivojlantirish, dunyoning rivojlangan 
mamlakatlari qatoriga olib chiqish va eng muhimi xalqni hayotini, turmush 
darajasini yengillashtirishni ko‘zlagan. 
Foydalanilgan internet resurslari. 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son
“RAQAMLI O‘ZBEKISTON — 2030” STRATEGIYASINI TASDIQLASH VA UNI 
SAMARALI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA gi farmoni. 
2. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH UCHUN 
QULAY SHAROITLAR YARATISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA TASHKILIY CHORA-
TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA gi 
farmoni

3. 
https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/bepul_wi-fi_tarqatsangiz_-
_soliq_va_boshqa_imtiezlarga_ega_bulasiz
 
4. 
https://lex.uz/acts/-3548467
 
5. 
https://lex.uz/ru/docs/-5030957
 

Download 7,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish