Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


UE, tabiiyki, ham E-UTRAN/EPCga, ham CS domainga GERAN yoki  UTRAN tarmog‘i orqali ulanishga ega bo‘ladi.  MME



Download 7,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/260
Sana25.02.2022
Hajmi7,67 Mb.
#291106
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   260
Bog'liq
2-qism-toplam-4-5-mart

UE, tabiiyki, ham E-UTRAN/EPCga, ham CS domainga GERAN yoki 
UTRAN tarmog‘i orqali ulanishga ega bo‘ladi. 
MME LAI va IMSIdan olinadigan hash-qiymatdan VLR nomerini aniqlash 
uchun ishlatadi, agar bu LAIda bir necha MSC/VLRlar xizmat ko‘rsatsa, SGSNda 
aynan shu hash-qiymat/funksiya ishlatiladi. 
MSC bilan barchasi tushunarli, lekin yana CS fallback funksionalini ICS yoki 
SRVCC qo‘llanishi bilan kengaytirish mumkin. 
2-
rasm. CS fallback va SMS-xabarlarni uzatishni tashkil etish uchun EPS-
tarmoqning soddalashtirilgan arxitekturasi 
LTE tarmog‘ida bo‘lgan abonent chaqiruvni amalga oshirishi vaqtida nima 
yuz beradi? Soddalashtirilgan call flow – tarmoq elementlari orasida signallar 
xabarlarini almashlash diagrammasini ko‘rib chiqamiz, u barchasini etarlicha 
yaqqol tushuntirishga imkon beradi (3- rasm). 
Hodisalarni rivojlanishi asosiy ko‘rinishni ko‘rib chiqamiz. LTE 
texnologiyasini qo‘llaydigan telefon egasi 4G va 3G/2G tarmoqlar qamrab olish 
zonasida ko‘cha bo‘ylab ketmoqda. Fon rejimida pochta, Facebook, Twitter va 
boshqa servislar yangilanmoqda. Qo‘ng‘iroq qilish istagida u o‘ziga odat bo‘lib 
qolgan amallarni bajaradi. Raqamni teradi va ekrandagi chaqiruv tugmasi aks etgan 
joyga tegadi (chaqiruv tugmasini bosadi). 


147 
3- rasm. Soddalashtirilgan call flow – tarmoq elementlari orasida signallar xabarlarini 
almashlash diagrammasi 
Bu momentda servisni taqdim etilishiga birinchi kengaytirilgan so‘rov 
generatsiyalanadi (ikki yil oldin oddiy ovozli chaqiruv kengaytirilgan so‘rov 
sifatida talqin etilishini tasavvur qilish qiyin edi). MME abonent LTE tarmog‘ida 
ekanligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan so‘rovni oladi, bu haqda 
eNodeBga u CSFB protsedurasini uyushtirishi uchun xabar qiladi. 
CSFB protsedurasi 2G/3G-tarmoqqa o‘tishni ko‘zda tutadi, lekin telefon bu 
vaqtda tarmoqni aktiv ishlatmoqda, pochtani va servislardan yangilashlarni 
olmoqda va bu jarayonni to‘xtatish mumkin emas. eNodeB ma’lumotlarni aktiv 
uzatilayotganini ko‘rish bilan 3G yoki 2G tarmoqda handoverni amalga oshirish 
qarorini qabul qiladi. Tarmoqni tanlash haqidagi qaror UEdan olinadigan 
o‘lchashlar asosida qabul qilinadi. SHunday qilib, tarmoqlar orasidagi o‘tish 
ma’lumotlarni uzatish aktiv sessiyalari uzilmasdan amalga oshiriladi. 
eNodeB o‘z qarorini MMEga xabar qiladi va endi MME SGSN bilan kelisha 
boshlaydi. Bu jarayonni boshlash uchun bu abonent uchun SGSN (PFCs, PDP 
context, APN) va RNCda zarur resurslarning borligiga ishonch hosil qilish kerak. 
Buning uchun MME SGSNda joylashish o‘rnini (Update Location) o‘zgartirishga 
so‘rovni uzatadi. SGSN, o‘z navbatida, LTE servislarni (EPS bearer service) LTE 
bo‘lmagan servislar (PDP context) bilan mos kelishini aniqlaydi va RNCda 
resurslarni (PFCs - Packet Flow Context) ajratilishini so‘raydi. 3G-tarmoqning 
yuklanganligiga bog‘liq ravishda barcha servislarning qabul qilinishi shart emas
EPS-servislarning qismi tashlab yuborilishi mumkin. 
Keyin RNC ham 3G-tarmoq (Handover Radio Resources) uchun, ham LTE 
(NAS konteyner) uchun ma’lumotlar bo‘ladigan manbadan oluvchiga shaffof 
konteyner tayyorlanadi. Zarur resurslarning borligi haqidagi tasdiqlashni olish 
bilan SGSN bu haqda MMEga xabar qiladi, u Handover protsedurasini uyushtiradi 
(shaffof konteynerni eNodeBga jo‘natadi). 
eNodeB komandani olish bilan MMEdan servislarni SGSNga “qayta ulay” 
boshlaydi va bu bilan birga Handover komandasini (shaffof konteyner bilan birga) 


148 
UEga jo‘natadi. Bu komanda bo‘yicha UE (smartfon) 3G-tarmoqning radioqismiga 
qayta sozlana boshlaydi. Aynan bu maqsadlar uchun shaffof konteyner ham LTE, 
ham 3G tarmoqlarda handover uchun ma’lumotlarga ega bo‘ladi. 
Yangi tarmoqqa sozlangandan keyin UE XID (eXchange IDentifier) xabarnii 
jo‘natadi va bu momentning ma’lumotlarni uzatishni qayta tiklaydi. RNC SGSNni 
handoverning muvaffaqiyatli yakunlanganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek 
XIDni SGSNga retranslsiya qiladi. Update Location tasdiqlash olinganidan keyin 
MME va eNodeB resurslarini bo‘shatish boshlanadi. 
Keyin 2G/3G tarmoqlarda yillar bo‘ylab ishlab kelayotgan standart ovozli 
chaqiruv protsedurasi bo‘lib o‘tadi. 
LTE kirish chaqiruvi chaqiruvni uyushtiruvchi UE emas, balki MSC 
bo‘lishidan tashqari yuqorida ko‘rib chiqilgan chiqish chaqiruvidan hech bir farq 
qilmaydi. 
Boshlanishida SGs-interfeys bo‘yicha MME MSCdan zarur ma’lumotlarli 
(IMSI, VLR TMSI, Location Information) pagingni qabul qiladi.sozlashlarga 
bog‘liq ravishda paging IMSI bo‘yicha yoki TMSI bo‘yicha o‘tadi. Birinchi holda 
MME IMSIni ishlatadi, ikkinchi holda olingan ma’lumotlardan S TMSIni 
generatsiyalaydi va eNodeBga uzatadi. Pagingni olish bilan smartfon 
radioresurslarni so‘rashni boshlaydi va kengaytirilgan so‘rovni generatsiyalaydi. 
Oldingi ko‘rinishdagi kabi handover bo‘lib o‘tadi va bundan keyin UE 2G/3G 
tarmog‘ida pagingga javob beradi. Ovozli bog‘lanish o‘rnatildi. 
4
-rasm.Soddalashtirilgan call flow – tarmoq elementlari orasida signallar xabarlarini almashlash 
diagrammasi 
Demak, 
CSFB texnologiyasining ishlashi uchun LTE va GSM/UMTS 
tarmoqlarining qoplanishi zarur. SHuningdek, CSFB texnologiyasini abonentlar 
qurilmalarida va mobil aloqa MSC-kommutatorlarida qo‘llash bo‘lishi kerak. 
MSCda LTE/EPC qurilmalar tomonida maxsus interfeys ishlatiladi, u abonentlar 
qurilmalarining peyjingi va ularning LTE va GSM/UMTS tarmoqlari orasidagi 
qayta ulanishini boshqarish uchun, shuningdek kirish va chiqish SMS xabarlarini 
etkazish uchun mo‘ljallangan. 
CSFB texnologiyasining kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- signalizatsiya va SMS uchun MME va MSCni modernizatsiyalash zarurati; 

Download 7,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish