Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


DAVLAT BOSHQARUV TIZIMLARIDA RAQAMLI



Download 7,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/260
Sana25.02.2022
Hajmi7,67 Mb.
#291106
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   260
Bog'liq
2-qism-toplam-4-5-mart

 
DAVLAT BOSHQARUV TIZIMLARIDA RAQAMLI 
TEXNOLOGIYALARNI O’RNI 
R.H.Yuldashov (katta o`qituvchi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU)
N.O. Sattorov (magistrant, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va 
sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq 


561 
xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish 
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va 
axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning 
barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar 
bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga 
oshirish boshlangan. 
Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan 
geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani 
boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va 
keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi 
“Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshirilmoqda. 
Bugungi zamonda raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalari 
taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biridir. Raqamli texnologiyalar 
nafaqat davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtiradi va ijtimoiy sohada 
odamlarga katta qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari raqamli texnologiyalar ijobiy 
iqtisodiy o‘sishiga zamin yaratadi: mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, va 
ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi, va yana bir muhim afzallik — korrupsiyaga chek 
qo‘yadi. 
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiy-ijtimoiy 
hayotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish eng ustuvor 
vazifa sifatida ham ko‘rsatilgan edi. Bu borada “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va 
aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida 
belgilangan vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini 
ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va “raqamli iqtisodiyot”ni 
rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi. 
Ushbu qaror bilan, 2021-2022 yillarda joriy etiladigan axborot tizimlari va 
dasturiy mahsulotlar ro‘yxati, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturini amalga 
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, 2021 yilda telekommunikatsiya 
infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati, 2021- 2023 yillarda 
istiqbolli axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi. 
Dasturning asosiy vazifasi etib shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha 
ob’ektlari, ishlab chiqarish, yo‘l transport va kommunal infratuzilmaning 
integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli 
tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish belgilandi. 
Hozirgi davrda sivilizatsiya rivojlanishining bosh tendensiyalaridan biri — 
shaharlarda istiqomat qiluvchi aholining ko‘payishi va shahar asosiy iqtisodiy 
drayverlarga aylanib kelishi. Tabbiyki, shu nuqtai nazardan shaharlarda istiqomat 
qiluchi aholi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar yaratilishi muhim vazifadir. Va shu 
tarzda raqamli texnologiyalar katta ko‘mak beradi. 
Raqamli texnologiyalar shaharlarni boshqarish tizimini yangi bosqichga 
ko‘taradi: nafaqat vaqt va mablag‘larni keskin sarflaydi, shu bilan birga keng 


562 
aholini jamg‘arishga imkon yaratadi. So‘nggi yillarda dunyoda “Raqamli shahar” 
konsepsiyasi ommalashmoqda — o‘ta zamonaviy, yangi qiyofaga ega shahar. 
Agarda biz ham shaharlarimizni zamonaviy tendensiyalarga mos rivojlantirmoqchi 
bo‘lsak, aholi va mehmonlarimiz uchun qulay shart-sharoit yaratmoqchi bo‘lsak, 
mazkur masala biz uchun dolzarb ahamiyatga ega. 
Avvalombor raqamli iqtisodiyot o‘zi nima ekanligini yaxshilab tushunib 
yetishimiz lozim. 
Raqamli iqtisodiyot bu raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat 
bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hisobiga 
mehnat unumdorligi va mahsulotning raqobatbardoshligiga, ishlab chiqarish 
xarajatlarini pasayishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi. 
Qayerda “Raqamli iqtisodiyot” va “Elektron hukumat”ga o‘tilgan bo‘lsa, 
odamlarning og‘iri yengil bo‘layotgani, davlatning katta-katta sarf-xarajatlari 
tejalayotgani, korrupsiyaning oldi olinayotgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
Xo‘sh, mazkur hujjatning mohiyati nima? Mazkur loiyha ko‘p tarmoqli loyiha 
bo‘lib, o‘z ichiga bir qator soha va tarmoqlarini qamrab oladi. “Tibbiyot 
muassasalari pasporti”, “UzTrans”, Turistlar hisobini yuritish bo‘yicha “Ye-
Mehmon” va boshqa axborot tizimlari aholi hamda mehmonlarga katta qulaylik 
yaratadi. 
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, 
idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish, elektron 
raqamli imzodan foydalangan holda kelishish uchun, shu jumladan bir vaqtning 
o‘zida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini o‘tkazish va tezkor 
jo‘natish uchun vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli darajada tejash maqsadida 
yagona elektron tizimi “project.gov.uz” joriy etildi. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bu kabi yirik loyihalarga start berilgani Ilm, 
ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish raqamli texnologiyalarning 
hayotimizdagi o‘rni va rolini, ularning yurtimiz bo‘ylab qamrovini jadal sur’atlarda 
oshiradi. 

Download 7,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish