Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ SIYOSATIDAGI



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/258
Sana23.02.2022
Hajmi10,51 Mb.
#130560
TuriСборник
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   258
Bog'liq
Toplam-2-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ SIYOSATIDAGI 
O’ZGARISHLAR 
Sh.Sh. To’rayev, N.G’. Sharipov 
TATU 
Annotatsiya. Ushbu maqolada 2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasida soliq 
siyosatidagi o’zgarishlar, soliq islohotlari konsepsiyasi va jismoniy shaxslar 
daromadini soliqqa tortishni takomillashtirish va soliq tizimini yangilashdagi 
o’zgarishlar bayon etilgan. Ushbu maqolani yozishda turli gazeta, jurnal, soliq 
kontseptsiya loyihasi va Internet saytlarida O’zbekiston Respublikasining soliq 
tizimi to’g’risida yozilgan ma’lumotlardan foydalanildi. 
Kalit so’zlar: Soliq, QQS(qo’shilgan qiymat solig’i), soliq yuk, soliq 
tizimi, kontseptsiya, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, soliqqa tortish, davlat 
byudjeti, daromad solig‘i, foiz, soliq stavkasi, oylik ish haqi; 
2019 yilda Oʻzbekiston soliq siyosatida tarixiy oʻzgarishlar davri boʻladi. 
2019-yil 1-yanvaridan soliq islohotlari konsepsiyasiga muvofiq, jismoniy shaxslar 
daromadini soliqqa tortishni takomillashtirish maqsadida barcha fuqarolar uchun 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasi 12% 
miqdorida joriy etildi.
Ilgari aholi daromadlari to‘rt pog‘onali shkala bilan soliqqa tortilar edi. 
Bu tadbir “konvert” asosida ish haqi to‘lashdan voz kechish orqali, tadbirkorlik 


393 
subyektlarining xodimlar soni va ish haqi fondini qonuniylashtirilishini 
rag‘batlantirsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotda jamg‘arish ulushini ko‘paytiradi. 
Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga soliq yukini kamaytirishning yana bir 
tadbirlaridan biri, bu — yagona ijtimoiy to‘lov stavkalarining 25%dan 12%gacha 
kamaytirilishi bo‘ldi, bunda byudjet tashkilotlari va davlat ulushi 50%dan yuqori 
tashkilotlar uchun tatbiq qilinmaydi. Natijada soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoladigan 
mablag‘lar 2,9 trln. so‘mni tashkil qiladi. Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash 
turidagi daromadlaridan fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 
sug‘urta badallarini (stavkasi 8%) bekor qilindi. 
Foyda solig‘i to‘lovchilarga soliq yukini kamaytirish, investitsiyalar 
miqdorini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 
tijorat banklari uchun foyda solig‘i stavkasi 22% dan 20% gacha; 
korxona va tashkilotlar uchun — 14% dan 12% gacha; 
dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar uchun — 10% dan 5% gacha 
kamaytirildi. Bu esa soliq to‘lovchilar ixtiyorida 582 mlrd. so‘m qoldirish imkonini 
berdi.
11
Soliq solishning soddalashtirilgan rejimidagi soliq to‘lovchilarga soliq 
siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida yuridik 
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini 5%dan 2%gacha 
pasaytirilmoqda. 
Yillik aylanmasi 1 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar 
uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5%dan 4%gacha kamaytirilmoqda. Ya’ni 
haqiqatan ham kichik korxona bo‘lgan to‘lovchilar uchun bir yillik soliq to‘lovi 
summasi 10 mln. so‘mgacha kamayishi mumkin. 
Yillik aylanmasi 100 mln. so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 
uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari 13−40%ga kamaytirildi. Yillik aylanmasi 
100 mln. so‘mdan yuqori va 1 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi 
tadbirkorlarga aylanmadan 4% lik stavkada soliq to‘lashga o‘tkazish yo‘li bilan 
qat’iy belgilangan soliq bekor qilindi. 
2019-yil 1-yanvardan boshlab, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi 
(tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy 
miqdorga yetgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazildi.
12
Turli ekspertlar tomonidan bildirilgan koʻplab fikrlar va bir necha oy davom 
etgan muhokamalardan soʻng Oʻzbekiston yangi soliq tizimini ishlab chiqish haqida 
Prezident farmoni imzolandi. Prezident farmonida aytilishiga koʻra, 2019 yilning 
birinchi yanvaridan boshlab kuchga kirgan Oʻzbekiston yangi Soliq Kodeksi 
quyidagi muhim oʻzgarishlarni oʻz ichiga qamrab olgan: 
barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining 
yagona stavkasi — 12 % miqdorida joriy etiladi, undan 0,1 foizini shaxsiy jamgʻarib 
boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi. Byudjetdan tashqari Pensiya 
jamgʻarmasiga ushlab qolinadigan sugʻurta badallarini bekor qilinadi; 
11
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish 
konsepsiyasi to‘g‘risidagi” 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son farmoni.//www.lex.uz 
12
Soliq solish va buxgalteriya hisobi jurnali №2(230), 2019 yil fevral, 64-bet 


394 
Yagona ijtimoiy toʻlov miqdori davlat korxonalari va ustav kapitalining 
50 %dan ortigʻi davlatga tegishli boʻlgan tashkilotlar uchun 25 %, qolgan yuridik 
shaxslar uchun pasaytirilgan 12-15 % stavka miqdorida belgilanadi
Yalpi tushumdan yoki aylanma kapitaldan olinadigan soliqlar, xususan, 
davlat maqsadli jamgʻarmalariga yuridik shaxslarning aylanmasidan undiriladigan 
majburiy ajratmalar bekor qilinadi; 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini 12-14 %gacha, tijorat 
banklari uchun 20-22 % gacha pasaytiriladi. Mobil aloqa kompaniyalari uchun, 
qoʻshimcha foyda soligʻi bekor qilgan holda 14 — 20 % soliq solinadi; 
Dividendlar va foizlar koʻrinishidagi daromadlardan olinadigan foyda soligʻi 
5-10 % miqdorida belgilandi (pasaytirildi); 
Yalpi tushumi 1 milliard soʻmdan oshgan yoki yil davomida shunga yetgan 
korxonalar umumbelgilangan soliq toʻlashga tizimiga oʻtkaziladi. 
Soddalashtirilgan tartibda soliq toʻlovchilar qoʻshimcha soliqlar toʻlashi 
kerak boʻladi: 
yillik aylanmasi 1 milliard soʻmgacha boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun 
aylanmadan soliqni 4 % miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va 
toʻlash tartibini hamda ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash 
imkoniyatini belgilanadi; 
yagona yer soligʻi toʻlovchilari uchun amaldagi soliq solish tartibini saqlab 
qolinadi; 
Qoʻshilgan qiymat va aktsiz soliqlari boʻyicha berilgan imtiyozlar 
kamaytiriladi: 
qoʻshilgan qiymat soligʻini 20 % stavkasi saqlab qolinadi va uni toʻliq hisobga 
olish tizimini joriy qilinadi. Soliq solish bazasini aniqlashtirilib imtiyozlar sonini 
kamaytiriladi; 
asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan obʼyektlar va nomoddiy aktivlar 
narxiga kiritiladigan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish summalariga kiritish 
huquqini beriladi; 
alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning xar bir ishlab 
chiqariladigan mahsulot birligiga oʻrnatilgan aktsiz va yigʻimlarni birlashtiriladi. 
Amalga oshirilayotgan soliq islohotlar nafaqat jismoniy shaxslarning, balki, 
yuridik shaxslar daromadining ortishiga ham xizmat qiladi. Xususan, pensiya 
tizimining barqarorligini taʼminlash maqsadida yuridik shaxslardan olinadigan 
yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foizdan 12 foizgacha pasaytirilmoqda. Ushbu 
soliq stavkasining kamayishi tashkilotlarga ishchilarning mehnat shartnomasi 
asosida rasman toʻliq roʻyxatga olinishida hamda ularning ijtimoiy muhofazasi 
taʼminlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, davlat maqsadli 
jamgʻarmalariga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi)dan undiriladigan 3,2 foiz 
miqdoridagi majburiy ajratmalar bekor qilindi.
Xulosa qilib aytganda, soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi 
doirasida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar haqida koʻp gapirishimiz, soliq yuki va 
stavkalari pasayishi hisobiga jismoniy va yuridik shaxslar foydasida qolayotgan 


395 
mablagʻlar haqida koʻp yozishimiz mumkin. Shubhasiz, bunday islohotlar 
iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga, mamlakatimiz farovonligiga xizmat qiladi.

Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish