Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


BULUTLI TEXNOLOGIYA IMKONIYATLARI



Download 10,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/244
Sana21.02.2022
Hajmi10,07 Mb.
#79225
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   244
Bog'liq
иктисодиётда АКТ

 
BULUTLI TEXNOLOGIYA IMKONIYATLARI 
 
Kadirov M.M. (TDTU, AT kafedrasi katta o’qituvchi) 
Sagatova S.M. (TDTU, magistr) 
Bulutli texnologiya bu – dasturiy va texnik majmua bo’lib, qulay tarzda tarmoqdagi 
axborotlarga murojaat qilish imkoniyatini yaratadi.
Bulutli texnologiya axborot texnologiyalarining alohida muhiti bo’lib, masshtablashgan 
va saqlanayotgan axborot resurslarini masofadan ishga tushurish uchun ishlab chiqilgan. Bulutli 
xisoblashlar axborot texnologiyalari sanoatida o’z rasmiy segmenti sifatida bulut ramzidan 
foydalanilgan. Bulut ramzi Internetda keng tarqalgan turli resurslarni va hujjatning asosiy web-
arxitekturasi uchun ishlatiladi. Xozirda bu belgi bulutli muhitni chegarasini belgilash uchun 
foydalaniladi.
Maxsus muhit sifatida undan axborot resurslariga murojaatni masofadan yetkazib berish 
uchun ishlatiladi. Internet orqali kirish imkoniyatiga ega bo’lgan alohida bulutlar mavjud. 
Internet ko’pgina axborot resurslariga ochiq foydalanish imkonini bersa, bulut 
texnologiyalar esa shaxsiy axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Internetning ko’pgina qismi axborot resurslari kontentlariga kirish uchun bag’shlangan, 
ya’ni World Wide Web orqali chop etilgan. Bulut texnologiyalari foydalanuvchi xususiyatlari 
asosida kirish va boshqa qismlardan foydalanishga mo’ljallangan. Protokollar standart usullarga 
kiradi va ular kompyuterlarga bir-biri bilan oldindan belgilangan tizimli tarzda muloqot qilish 
imkonini beradi. Bulut texnologiyalari har qanday protokollardan foydalanishga asoslangan 
bo’lishi mumkin va axborot resurslaridan masofadan erkin foydalanish imkonini beradi. 
Axborot resursi fizik yoki virtual ko’rinishda bog’liq bo’lishi mumkin, ya’ni dasturiy 
ta’minotga asoslangan bo’lishi mumkin, bunda virtual server yoki foydalanuvchi dasturiy 
ta’minotidan foydalaniladi. Masalan fizik server yoki tarmoq qurilmasi. 


217 
1 - rasm. Axborot resurslariga misollar va ularga mos belgilar 
Axborot resurslarini joylashuvi chegaralarini aniqlash uchun bulut texnologiyasi 
ramzidan foydalanish 2 - rasmda ko’rsatilgan. Ko’rsatilgan resurslar bulutli axborot resurslari 
sifatida hisoblanadi. 
2- rasm. Bulut xostingi 8 ta axborot resursidan foydalanilgan: 3 ta virtual serverlar, 2 ta 
bulut servisi va 3 ta axborot saqlash qurilmasi 
Axborot resurslarini o’zaro bog’liqlik sxemasi va texnologiya arxitekturasi 2 rasmda 
ko’rsatilgan.
Bu sxemalarni o’rganishda quyidagi masalalarni aytib o’tish muhim: 
1. 
Bulut ramzi bilan chegaralangan qismi odatda shu berilagan bulutning barcha 
mavjud joylashgan resurslarini ko’rsatmaydi. Axborot resurslari odatda muayyan bir mavzuni 
namoyish qilish ajratilgan. 
2. 
mavzuni tegishli yo’nalishlari bo’yicha ko’rsatish uchun bazaviy arxitektura 
texnologiyasi talab qilanadi. Bunda haqiqiy texnik imkoniyatlarning bir qismi ko’rsatiladi[1].
Bulutli texnologiyani 3 modeli mavjud: 
1. SaaS (Software as a Service) – Bulutli texnologiyalar asosida dasturiy ta’minotlar bilan 
ta’minlash. 
2. PaaS (Platform as a Service) – Dasturiy tillar va provayder vositalari yordamida 
foydalanuvchiga o’z faoliyatlarini kengaytirish uchun platformalar yaratish. 
3. IaaS (Infrastructure as a Service) – foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan dasturlarni 
saqlash, qayta ishlash imkonini beruvchi resusrlarni taqdim etish. 
Axborot resurslarini masshtablashtirish, axborot resurslarini qayta ishlashda talablarni 
oshirish yoki kamaytirish imkoniyatini yaratadi. Masshtablashtirishning quyidagi turlari mavjud: 
1. 
Gorizantal mashtablashtirish; 
2. 
Vertikal mashtablashtirish.
Gorizantal mashtablashtirish axborot resurlarini gorizantal taqsimlash yoki bir xil turda 
bo’lgan resurlarni bo’shatish uchun foydalaniladi. Gorizantal masshtablash bulutli 
texnologiyalarda masshtablashning keng tarqalgan turi xisoblanadi.


218 
3 - rasm. Axborot resurslarini (virtual server A) bir xil reserslarni qo’shish yo’li bilan 
masshtablashtirish (virtual serverlar B va C) 
Vertikal masshtablashtirish mavjud axborot resursini boshqa yoqori yoki past 
o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega resurs bilan almashtiriladi. Axborot resursini yoqori 
o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega resurs bilan almashtirish masshtablarni kengaytirish deb 
ataladi. Axborot resursini past o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega resurs bilan almashtirish 
masshtablarni qisqartirish deb ataladi. Vertikal mashtablashtirish bulutli muhitlarda nisbatan kam 
ishlatiladi[1]. 
4 - rasm. Axborot resurslari (2 prossesorli virtual server) masshtablashtirilmoqda, uning 
o’rniga yuqori quvvatli axborot resurs o’rnatilmoqda (4 prossesorli fizik server) 
Bulut texnologiyasida axborot resurslariga masofadan murojaat qilish bulut yordamida 
amalga oshiriladi. Axborot texnologiyalari soxasidagi boshqa soxalarga nisbatan ushbu 
arxitekturada “servis” termini bulutli xisoblashlarda keng qo’llaniladi. Bulut xizmati oddiy veb 
dasturda texnik interfeys yordamida xabarlarni jo’natish protkolli orqali mavjud bo’lishi mumkin 
yoki erkin foydalanish nuqtasi sifatida administrator vositalari orqali boshqa axborot resurslari 
yaratilishi mumkin.
Adabiyotlar 
1. Thomas Erl. Cloud Computing: Concepts, Technology & Architecture. Arcitura Education 
Inc. USA 2013. p 37-38. 

Download 10,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish