Bistabil yacheykalar. Har bir trigger asosida bir-biri bilan o‘zaro kesishib ketgan teskari aloqalari mavjud bo‘lgan ikkita invertorli zanjir yotadi. Bu zanjir bistabil yacheyka (BYA) deb ataladi va u ikkita turg‘un holatga ega.
BYa ning shartli belgisi
Trigger - ikkita teng kuchli, alternativ turg’un holatga ega bo’lgan (0 yoki 1) va axborotni yozish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilma hisoblanib, bistabil yacheykalarga misol bo’la oladi.
1-rasm. Triggerda kirish va chiqishda signallarning vaqtga bo’gliqligi (a) va bistabil yacheyka (b).
Boshlang’ich signallar ta’sirida trigger bir turg’un holatdan ikkinchisiga o’tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo’liga ega: birinchisi to’g’ri chiqish yo’li deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo’li teskari chiqish yo’li deyiladi va bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |