16.9. Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish
to‘g‘risidagi ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga ko‘ra, egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. Egasiz ko‘chmas ashyolar tegishli davlat organining yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining arizasiga muvofiq ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatiga oluvchi organ tomonidan hisobga olinadi. Egasiz ko‘chmas ashyo, hisobga olingandan keyin uch yil muddat o‘tgach, davlat mol-mulkini boshqarishga vakolati bo‘lgan organ yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bu ashyoni davlat mulkiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga kirgan deb hisoblash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etishi mumkin.
Sudning hal qiluv qaroriga binoan davlat mulkiga o‘tmagan deb hisoblangan egasiz ko‘chmas ashyo uni tashlab ketgan mulkdorning egaligiga, foydalanishiga va tasarrufiga yana qabul qilinishi yoki egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qo‘lga kiritilishi mumkin.
Egasiz ashyolarni aniqlash va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Yuqoridagi qoidadan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, mulkni (ashyoni) egasiz deb topish sud orqali hal etiladi. Demak, FPKning 327-moddasiga ko‘ra, mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza davlat mol-mulkini boshqarish vakolatiga ega organ yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan mol-mulk (ashyo) turgan joydagi sudga beriladi.
Mulk joylashgan joydagi sudga ariza berilishi mustasno sudlovlilik qoidasidan kelib chiqadi (FPKning 35-moddasi). Ushbu ishlar bo‘yicha arizalar mulk hisobga olingan kundan e’tiboran uch yil o‘tgandan so‘ng berilishiga sudlar e’tiborni qaratish lozim. Chunki, ushbu muddat o‘tmasdan turib, ariza taqdim etiladigan bo‘lsa, sudya arizani qabul qilishni rad etish lozim. Mazkur muddatga rioya qilinmasligi moddiy huquq normalarini buzilishi hisoblanib, oqibatda sud qarorini yuqori sudlar tomonidan bekor bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu ishlar bo‘yicha ariza FPKning 189-moddasi talablariga rioya qilingan holda taqdim etilishi va unda qaysi mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish lozimligi ko‘rsatilishi, shuningdek mol-mulk (ashyo) egasini belgilashning imkoni yo‘qligini tasdiqlovchi dalillap keltirilishi kepak.
Sudya arizani qabul qilganidan so‘ng, ishni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqish hamda hal qilish maqsadida uni sudda ko‘rishga tayyoplaydi.
Shundan keyin, mol-mulk (ashyo) kimga tegishli ekanligi to‘g‘pisida ma’lumot berishi mumkin bo‘lgan shaxslarni (mol-mulkning (ashyoning) mulkdorlari, unga amalda egalik qilib tupganlap, qo‘shnilap va boshqalapni) aniqlaydi, shuningdek moliya organi yoki fuqapolapning o‘zini o‘zi boshqapish organlapidan mol-mulkka doir mavjud ma’lumotlarni so‘raydi. Shuningdek, amaliyot xodimlari ham ushbu ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlashda, mol-mulk to‘g‘risidagi hujjatlar, mahalladan mulkning egasi vafot etganligi yoki egasi yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatlar, uy-joy boshqarmalardan mulkni ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi hujjat, va qonunda belgilangan muddatlarga e’tibor berish kerakligini ta’kidlashadi.23
Do'stlaringiz bilan baham: |