Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish



Download 1,29 Mb.
bet214/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

20.3. Ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish,
tugatish va tiklash asoslari

Sud davlat ijrochisi sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qo‘zg‘atgan ijro ishini yuritishni qonunda nazarda tutilgan hollarda, undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasi bo‘yicha to‘xtatib turishi yoxud tugatishi mumkin. Sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qo‘zg‘atilgan ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish va tugatish shu sud tomonidan yoki davlat ijrochisi joylashgan yerdagi sud tomonidan amalga oshiriladi.


Ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasi o‘tkazmagan holda sud tomonidan ko‘riladi. Ijro ishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan ajrim chiqarilib, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. Ajrim ustidan FPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
FPKning 456-moddasida ijro ishini yuritish uni to‘xtatib qo‘yish uchun asos bo‘lgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilganidan keyin, ushbu ishni to‘xtatib qo‘ygan sud tomonidan undiruvchining, davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra tiklanadi. Ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda, taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasini o‘tkazmagan holda sud tomonidan ko‘rilishi belgilab qo‘yilgan. Ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilib, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. Sudning ijro ishini yuritishni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan FPKda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud o‘zi tomonidan yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan
berilgan, shuningdek o‘zgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati
asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga yoki o‘zining tashabbusiga ko‘ra taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasini o‘tkazmagan holda qaytarib olishga hamda uning o‘rniga yangi ijro varaqasini berishga haqli. Yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan yoki o‘zgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi uni bergan sudga undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan ijro etilmasdan qaytariladi.
Ijro etilgan sud hujjati bekor qilingan va ish yangidan ko‘rib chiqilganidan keyin talablarni qanoatlantirishni to‘liq yoki qisman rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan yoxud ish yuritishni tugatish to‘g‘risida yoki arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan taqdirda, bekor qilingan sud hujjati bo‘yicha javobgardan da’vogarning foydasiga undirilgan narsalarning barchasi javobgarga qaytarib berilishi lozim (hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi). Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan bo‘lsa va da’voni to‘liq yohud qisman rad etish to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilingan bo‘lsa yoki ishni yuritish tugatilgan yoki da’vo ko‘rmasdan qoldirilgan bo‘lsa, sud sud hujjatining bekor qilingan yohud o‘zgartirilgan tegishli qismi bo‘yicha undirishni to‘liq yoki qisman tugatish to‘g‘risidagi sud hujjatini qabul qiladi.
Yo‘qolgan ijro ishini yuritish sud tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarning, ijro ishini yuritish taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning arizasiga ko‘ra, shuningdek ijro hujjatini bergan sudning yoki boshqa organning tashabbusi bo‘yicha tiklanishi mumkin. Yo‘qolgan ijro ishini yuritish to‘liq tiklanadi yoki uning sud fikriga ko‘ra tiklanishi zarur bo‘lgan qismi tiklanadi. Yo‘qolgan ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza sud hujjati ijro etiladigan joydagi sudga beriladi. Arizada ijro ishini yuritish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ijro ishini yuritishga daxldor bo‘lgan hujjatlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari arizaga ilova kilinadi. Sud ishni ko‘rayotganda ijro ishini yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yo‘qolguniga qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning ko‘chirma nusxalaridan, shuningdek ijro ishini yuritishga daxldor bo‘lgan boshqa ma’lumotnomalar va hujjatlardan foydalanadi. Sud ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan yoki hozir bo‘lgan shaxslarni guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud ajrim chikaradi,
uning ko‘chirma nusxalari ijro ishining taraflariga va davlat
ijrochisiga yuboriladi. To‘plangan materiallar yo‘qolgan ijro ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli bo‘lmasa, sud ajrim chiqarib, ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda da’vo takdim etishga haqli.

Arizachi yo‘qolgan ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilishi chog‘ida sud tomonidan qilingan sud xarajat-larini to‘lashdan ozod qilinadi. Bila turib yolg‘on ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi (FPKning 462-moddasi).



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish