Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MEXANIZMI TUSHUNCHASI, UNING ASOSIY ELEMENTLARI



Download 1,34 Mb.
bet235/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

17.1. HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MEXANIZMI TUSHUNCHASI, UNING ASOSIY ELEMENTLARI

Huquqiy tartibga solish mexanizmi – jamiyatdagi turli xil ijtimoiy munosabatlarni ma'lum ketma-ketlikda huquqiy tartibga solishga yordamlashuvchi huquqiy vositalar tizimi.

Huquqiy tartibga solish mexanizmi jamiyatdagi turli-tuman ijtimoiy munosabatlarga muntazam ravishda va muayyan ketma-ketlikda ta'sir etish jarayonidir. Huquqiy tartibga solish jarayoni


– ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta'sir etish, ularni amalga oshirish, rivojlantirish va takomillashtirishning qat'iy belgilangan tartibidir. Huquqiy tartibga solish har qanday ijtimoiy jarayon singari o‘zining boshlanish va nihoyalanish nuqtalariga ega. Bu jarayon davlat tomonidan huquqiy normalar yaratishdan boshlanadi. Huquqiy norma xalqning davlat idorasini o‘zida ifodalovchi, uni huquqiy munosabat ishtirokchilariga yetkazuvchi vosita sifatida vujudga keladi va amal qiladi.
Huquqiy tartibga solish jarayonini uch asosiy bosqichga ajratish mumkin:
1. Ijtimoiy munosabatlarni me'yorga soluvchi yuridik normaning yaratilish bosqichi.
2. Huquqiy normaning amal qilish bosqichi.
3. Yuridik normada nazarda tutilgan holatlar, huquq va majburiyatlar vujudga kelganda subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarning amalga oshirilish bosqichi.
Ko‘rsatilgan uch bosqichdan tashqari yana bog‘lovchi qo‘shimcha bosqich, ya'ni huquqni qo‘llash haqida gapirish lozim.
Huquqiy tartibga solish jarayonining uch bosqichiga uchta muhim element (huquqiy hodisa) muvofiq keladi:
a) huquq normalari;
b) huquqiy munosabatlar;
v) subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari.
Yuqorida zikr etilgan qo‘shimcha bosqichga muvofiq tarzda huquqiy tartibga solish mexanizmida qo‘shimcha element – huquqni qo‘llash hujjatlari maydonga chiqadi.
Huquqiy tartibga solish mexanizmining har bir elementi, o‘z navbatida, o‘ziga xos kichik tizimni tashkil etadi. Chunonchi:
– huquq normalarining yaratilish bosqichiga muvofiq keladigan tizimga huquqiy ong, huquq ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni tizimlashtirish, yuridik texnika va boshqalar kiradi;
– huquq normalarining amal qilish bosqichidagi huquqiy munosabatlar tizimiga huquq subyekti, yuridik faktlar, umumiy va konkret munosabatlar kiradi;
– huquq va majburiyatlarni amalga oshirish tizimiga huquqiy munosabat qatnashchilarining muayyan xatti-harakatlari, huquqni qo‘llash hujjatlari kiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan tizimlarni huquqiy tartibga solish jarayonining bo‘g‘inlari deb atash mumkin. Ushbu jarayonda amal qiladigan elementlarning bir butunligi huquqiy tartibga solish mexanizmini tashkil etadi1.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish