Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


HUQUQ TIZIMI VA QONUNCHILIK TIZIMI



Download 1,34 Mb.
bet185/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

12.7. HUQUQ TIZIMI VA QONUNCHILIK TIZIMI


Huquq tizimi va qonunchilik tizimi tushunchalarini o‘zaro nisbati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
birinchidan, huquq tizimi ham, qonunchilik tizimi ham bitta fenomen, ya'ni huquqni ifodalaydi; biri ichki, ikkinchisi esa tashqi tomondan;
ikkinchidan, huquq tizimi va qonunchilik tizimi shakl va mazmun jihatdan o‘zaro bog‘liq;
uchinchidan, huquq tizimi qonunchilikni tizimlashtirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, qonunchilikni tizimlashtirishning oliy shakli bo‘lmish kodekslashtirish sohaviy asoslarda amalga oshiriladi. Aksariyat ko‘pchilik kodekslashtirilgan huquqiy hujjatlar huquqning muayyan sohalariga muvofiq keladi;
to‘rtinchidan, huquq tizimi va qonunchilik tizimi har qanday demokratik davlat huquqiy tizimining mazmun-mohiyatini ifoda etadi;
beshinchidan, huquq tizimi va qonunchilik tizimining o‘zaro aloqadorligi ijtimoiy munosabatlar tizimini huquqiy tartibga solishning yanada sifatli hamda samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
Qonunchilik huquqni ifoda etishning tashqi shakli sifatida tizimlashtirilishi lozim bo‘lgan hodisadir. Tizimlashtirish qonunchilikdan foydalanishni sezilarli darajada yengillashtiradi, aholi uchun muayyan qulayliklar yaratadi. Qonunchilik tizimi huquqning tashqi ifodasi sifatida uning ichki tuzilishini ifodalovchi huquq tizimi bilan o‘zaro bog‘liq. Biroq ularning o‘zaro ta'siri doim ham to‘g‘ri baholanavermaydi. Masalan, ko‘pchilik olimlar huquqning sohalarga ajratilishini qonunchilikning tizimlashtirilishi darajasiga bog‘liq deb hisoblamaydi hamda uning obyektiv omillar ta'sirida amalga oshishini ta'kidlaydilar. Haqiqatan ham, qonunchilikning tizimlashtirilishi yoki kodekslashtirilishi yangi huquq sohasini yaratmaydi. Masalan, Havo kodeksi, Shaharsozlik kodekslarining mavjudligi hali ularga mutanosib huquq sohalarining ham mavjudligidan dalolat bermaydi. Yoki aksincha huquqning hamma sohalari ham “o‘z” kodekslariga ega emas.
H.Odilqoriyevning fikricha, qonunchilik ikki xil ma'noda qo‘llaniladi: 1) qonunchilik – bu davlat hokimiyati organi tomonidan qonunlar chiqarishga qaratilgan o‘z funksiyasini amalga oshirish usuli; 2) qonunchilik – bu mamlakatda amal qiluvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar yig‘indisi1. Demak, huquq normalarini birlashtirgan normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik tizimini tashkil etadi. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi mazmuniga muvofiq qonunchilikning vertikal tizimi quyidagi tartibda joylashgan normativ-huquqiy hujjatlardan iborat: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Huquq va qonunchilik tizimlari o‘zaro uzviy bog‘liq tushuncha va hodisalar hisoblansada, ularning har biri muayyan jihatlarda o‘z mustaqilligini saqlab qoladi. Bunday mustaqillik darajasi har ikki tushunchaning belgilarini o‘zaro taqqoslash asosida aniqlanadi. Har ikki hodisa ham davlat va huquq nazariyasining tadqiqot obyekti ekanligini inobatga olsak, ularni o‘rganishda keng tarqalgan usullardan biri qiyosiy-huquqiy metoddan foydalanish ahamiyatga molikdir.
Huquq tizimi, ya'ni huquqiy tartibga solish predmeti va metodi yagonaligi mezoni bo‘yicha tartiblashtirilgan norma (sohalar, tarmoqchalar, huquq institutlari, umumiy va maxsus qismlar)lar ijtimoiy munosabatlarni har tomonlama tartibga solish maqsadida tarkib topadi. Qonunchilik tizimi, ya'ni ijtimoiy hayot ehtiyojlari taqozo etgan obyektiv mezonlar asosida muayyan tartibga keltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar (va ularning qismlari – bo‘lim, bob, modda, qism, band, xatboshi va boshqalar) esa ijtimoiy boshqaruv jarayonida huquq normalaridan samarali foydalanish maqsadlarida shakllanadi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish