Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 1,34 Mb.
bet157/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

Huquqning manbasi deganda umumiy ma'noda huquqni ifoda etilish shakli tushuniladi. Huquqiy hodisa sifatida huquq manbasini uch xil ma'noda tushunish mumkin: moddiy ma'noda – bu jamiyatdagi mulkchilik shakllari, moddiy shart-sharoitlar, jamiyat a'zolarining qiziqishlari va manfaatlari; mafkuraviy ma'noda – bu turli huquqiy mafkura va ta'limotlar, huquqiy ong; maxsus yuridik ma'noda – bu huquqning shakllari. Huquqning quyidagi shakllari mavjud: huquqiy odat, normativ-huquqiy hujjat, huquqiy pretsedent, normativ shartnomalar va boshqalar.


10.2. HUQUQIY ODAT – HUQUQNING QADIMGI
MANBASI SIFATIDA

T


Huquqiy odat – uzoq davr mobaynida amalda bo‘lish natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turish qoidasidir.
arixan huquqning dastlabki manbai (shakli) bo‘lib huquqiy odat hisoblanadi.
Har qanday odat ham huquqiy odatga aylana olmaydi, balki ma'lum bir guruh yoki butun jamiyatning manfaatlariga javob bera oladigan va davlat tomonidan sanksiyalangan odatgina huquqiy odat bo‘lishi mumkin. Huquqning manbalari tizimida huquqiy odatning roli va o‘rni turli davlatlarda turlicha bo‘lgan. Davlat yuzaga kelishi bilan qonunlar, farmoyishlar, sud pretsedentlari, ma'qullangan urf-odatlar va hokazolar ko‘rinishida o‘rnatilgan pozitiv huquq tizimini shakllantirgan. Lekin maxsus siyosiy tashkilot sifatida davlat­ vujudga kelgunga qadar ham insoniyatga odat huquqi normalari bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning muayyan tajribasi shakllangan edi.
Huquqiy odat boshqa ijtimoiy normalardan o‘zining davlat tomonidan tasdiqlangani, bajarilishining majburiyligi va davlatning majburlov kuchi bilan ta'minlanishiga qarab ajralib turadi. Mamlakatimizda ham huquqiy odat muayyan darajada huquq manbasi sifatida e'tirof etilgan. Xususan, Qurbon va Ro‘za hayiti, Navro‘z kabi milliy qadriyatlarimiz rasmiy ravishda bayram sifatida e'tirof etilib, mehnat qonunchiligida dam olish kunlari sifatida rasmiy belgilab qo‘yildi.
Milliy qonunchiligimizda tegishli ijtimoiy munosabatlarga odat normalarini qo‘llash mumkinligi haqida so‘z boradi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 6-moddasi “Ish muomalasi odatlari. Mahalliy odat va an'analar” deb nomlanadi. Unga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatining biron-bir sohasida vujudga kelgan va keng qo‘llaniladigan, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi, biron-bir hujjatda yozilganligi yoki yozilmaganligidan qat'i nazar, ish muomalasi odati deb hisoblanadi. Fuqarolik qonun hujjatlarida tegishli normalar bo‘lmagan taqdirda, bu munosabatlarni tartibga solishda mahalliy odat va an'analar qo‘llaniladi. Tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan qonun hujjatlari normalariga yoki shartnomaga zid bo‘lgan ish muomalasi odatlari, mahalliy odat va an'analar qo‘llanilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 8-moddasida oilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odat va an'analarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq qoidalar o‘z ifodasini topgan. Xususan, qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli normalar bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari tamoyillariga zid bo‘lmagan mahalliy urf-odat va an'analar qo‘llaniladi.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish