Qo‘riqlovchi funksiya – bu umumahamiyatga molik eng muhim iqtisodiy, siyosiy, milliy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni, ularning daxlsizligini muhofaza qilish, shuningdek mazkur jamiyatga yot bo‘lgan munosabatlarni siqib chiqarishni maqsad qilib olgan huquqning ijtimoiy vazifasi bilan bog‘liq huquqiy ta'sir yo‘nalishidir.
2. Umumijtimoiy funksiyalar orqali jamiyat hayotining turli xil yo‘nalishlarida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta'sir o‘tkaziladi. Huquqning umumijtimoiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: iqtisodiy, siyosiy, tarbiyaviy, ekologik va boshqalar. Huquqning ijtimoiy funksiyalarini ijtimoiy hayotning tegishli sohalariga huquqiy ta'sir o‘tkazish yo‘nalishi sifatida ta'riflash mumkin. Jumladan, iqtisodiy funksiya iqtisodiy sohaga, siyosiy funksiya siyosiy sohaga, tarbiyaviy funksiya ma'naviy sohaga huquqiy ta'sir o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |