Maxsus boshqaruv apparatining mavjudligi. Davlat o‘z oldiga qo‘ygan vazifa va funksiyalarini amalga oshirish hamda jamiyat ustidan boshqaruvni tashkil etish uchun murakkab mexanizm (apparat)ga ega bo‘ladi. Maxsus tarzda tashkil etilgan ushbu davlat mexanizmining samarali faoliyat yuritishi uchun alohida kishilar guruhi, ya'ni davlat xizmatchilari bo‘lishi taqozo etiladi. Ushbu shaxslarning asosiy vazifasi davlat boshqaruvini amalga oshirish hisoblanadi. Jamiyat siyosiy tizimining boshqa tuzilmalaridan (siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, nodavlat tuzilmalar) farqli o‘laroq, faqat davlatgina qonun chiqaruvchi hokimiyat, hukumat, sud, prokuratura, qurolli kuchlar, ichki ishlar kabi organ va tuzilmalarga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |