Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


HUQUQIY MUNOSABATLARNING BELGILARI



Download 1,34 Mb.
bet193/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

13.2. HUQUQIY MUNOSABATLARNING BELGILARI

Ijtimoiy munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lgan huquqiy munosabatlar quyidagi belgilarga ega bo‘ladi:


1. Huquqiy munosabatlarda ishtirok qiluvchi tomonlar subyektlar o‘zlariga tegishli subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarni amalga oshiradilar. Bu munosabatlarning mazmuni tomonlarning xohish-irodasi asosida huquq normalarining amal qilishi, shuningdek, huquqni amalga oshiruvchi organlar qarorlariga ko‘ra belgilanadi. Huquqiy munosabatlar ishtirokchilari, odatda o‘zlari mustaqil o‘zaro huquq va majburiyatlar mazmunini belgilab oladilar.
2.Huquqiy munosabatlar, odatda ikki tomonlama munosabatni anglatadi. Har qanday huquqiy munosabatlarda ikki tomon, ya'niy huquqqa va majburiyatga ega tomonlar ishtirok etadi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi xaridorga mahsulotni berish majburiyatiga va uning qiymatini to‘lashni talab qilish huquqiga, xaridor esa belgilangan narxni to‘lash majburiyatiga va sotib olingan ashyoni talab qilish huquqiga egadir.
3.Huquqiy munosabatlar murakkab bo‘lgan tarkibiy tuzilishga ega. Unga subyekt, obyekt va huquqiy munosabatning mazmuni kiradi. Huquqiy munosabatlarning mazmuni ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘ladi. Ma'lumki, huquqiy munosabatlarning yuridik va faktik mazmun tushunchasi mavjuddir.
Huquqiy munosabatning yuridik mazmuni huquqqa ega shaxsning ma'lum harakatlar sodir etish imkoniyati, majbur shaxsning esa ma'lum harakatlari zarurligi yoki taqiqlangan harakatlarni sodir etishdan o‘zini tiyishidan iborat bo‘lsa, faktik mazmun huquq va majburiyatlar amalga oshadigan xatti-harakatlarda ko‘rinadi.
Huquqiy munosabat mazmunisubyektiv yuridik huquq va majburiyatlardir. Subyektiv huquq va unga muvofiq keladigan majburiyat huquq egasi va majbur tomon o‘rtasidagi yuridik aloqadir. Bitta huquqiy munosabat bir yoki bir necha huquqiy aloqadan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi asosida vujudga keladigan huquqiy munosabatda kamida ikkita huquqiy aloqa mavjud: birinchi – xaridorning mahsulot olish huquqi va sotuvchining mahsulot yetkazib berish majburiyati, ikkinchisi – sotuvchining mahsulot uchun uning qiymatini olish huquqi va sotuvchining mahsulot uchun kelishilgan qiymatini to‘lash majburiyati.
Huquqiy munosabatlar tasnifi turli asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi. Birinchi navbatda, huquq normalari kabi ularni ham sohalar bo‘yicha tasniflash mumkin: konstitutsiyaviy, fuqarolik-huquqiy, ma'muriy-huquqiy va boshqalar. Bunday tasnifning asosini ijtimoiy munosabatlarning alohida sohalariga xos bo‘lgan tomonlar tashkil qiladi. Mazmuniga qarab huquqiy munosabatlar umumtartibga soluvchi, regulyativ va qo‘riqlovchi turlarga bo‘linadi. Umumtartibga soluvchi huquqiy munosabatlar bevosita qonundan paydo bo‘ladi va gipotezasida hyech qanday yuridik faktlar ko‘rsatilmagan huquq normalaridan kelib chiqadi. Bunday normalar kimlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, ularning barchasiga hyech qanday shartlarsiz bir xil huquq va majburiyatlar keltirib chiqaradi.
Huquqiy munosabatda ishtirok etuvchi subyektlarni aniqlashtirish darajasiga yoki bog‘liqligiga ko‘ra huquqiy munosabatlar nisbiy va absolyut bo‘lishi mumkin. Nisbiy huquqiy munosabatlarda har ikkala tomon aniqlangan bo‘ladi. Absolyut huquqiy munosabatlarda esa faqat huquqqa ega tomon aniq belgilangan bo‘ladi, majburiyat yuklangan tomon esa subyektiv huquqning buzilishidan o‘zini tiyishga majbur bo‘lgan shaxs nazarda tutiladi. Majburiyat xususiyatiga ko‘ra huquqiy munosabatlar faol va sust turlarga bo‘linadi. Faol turdagi huquqiy munosabatlarda bir tomon belgilangan ijobiy xatti-harakatlarni sodir etishga majbur bo‘ladi, boshqa tomonda esa bu harakatlarni bajarishni talab qilish huquqi mavjud bo‘ladi. Sust turdagi huquqiy munosabatlarda esa majburiyat huquq normalari tomonidan taqiqlangan harakatlarni sodir etishdan o‘zini tiyishdan iboratdir.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish