Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


HUQUQ NORMALARINI TURLI ASOSLARGA KO‘RA TASNIFLASH



Download 1,34 Mb.
bet153/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

9.3. HUQUQ NORMALARINI TURLI ASOSLARGA KO‘RA TASNIFLASH

Huquq normalari ularda mustahkamlangan qoidalarning xarakteriga qarab huquq va vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi va taqiqlovchi (man qiluvchi) normalarga ajratiladi:


1. Huquq subyektiga muayyan harakatlarni sodir etish mumkinligini ko‘rsatuvchi huquq normalari huquq va vakolat beruvchi normalar deyiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasiga binoan, “Har kim fikrlash, so‘z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega…”.
2. Huquq subyektiga muayyan harakatlarni sodir etish lozimligi (shartligi) ni ko‘rsatuvchi huquq normalari majburiyat yuklovchi normalar deyiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar” deyilgan va bu qoida majburiyat yuklash xarakteriga ega.
3. Huquq subyektiga muayyan xatti-harakatlarni sodir etishni man qiluvchi normalar taqiqlovchi normalar deb ataladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan “Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma'naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi” degan qoida bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Bulardan tashqari, huquq normalari o‘zida xatti-harakatni shakllantirishning mavhumligiga qarab abstrakt (mavhum) va kazuistik normalarga, gipotezada mustahkamlangan holatning faktik jihatlari aniq yoki nisbiy ekanligiga qarab aniq va nisbiy aniq normalarga, gipotezaning hajmiga qarab oddiy, murakkab va alternativ normalarga, dispozitsiyaning aniqligiga qarab mutlaq aniq, nisbatan aniq va blanket normalarga, huquq normalari sanksiyalarning aniqligiga qarab mutlaq aniq va nisbatan aniq normalarga ham bo‘linadi.
Huquqiy tartibga solish usuliga ko‘ra imperativ va dispozitiv normalarga, subyektlariga qarab umumiy va maxsus normalarga, harakatlanish hududiga qarab mamlakatning butun hududida va mahalliy miqyosda amal qiluvchi normalarga ajratiladi.
Shuningdek, huquq sohalari nuqtai nazaridan huquq normalarining konstitutsiyaviy, ma'muriy-huquqiy, fuqaroviy-huquqiy, jinoiy-huquqiy, xalqaro va boshqa turlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish