Alternativ (muqobil) gipoteza esa huquq normalarining amal qilishi sanab o‘tilgan shart-sharoitlardan biriga bog‘liq ekanligini bayon etadi.
D
Dispozitsiya huquq normasining bir qismi bo‘lib, unda gipotezada ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganida huquq sub'ektlari rioya etishlari lozim bo‘lgan xatti-harakat qoidasi (huquq va majburiyatlari) ifodalangan bo‘ladi.
ispozitsiya lotincha “disposition” so‘zidan olingan bo‘lib, “joylashuv”, “joylashgan”; inglizcha “disposition” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “farmoyish”, “farmoyish berish” ma'nolarini anglatadi1.
Bu yuridik normaning o‘zagi, huquqqa muvofiq xulq-atvor namunasi, modelidir. Biroq dispozitsiya tartibga solish xususiyatlarini gipoteza va sanksiya bilan birgalikdagina namoyon eta oladi, harakatda bo‘ladi. Yurish-turish qoidasining ifodalanishiga ko‘ra dispozitsiyalar oddiy, murakkab va muqobil hamda xulq-atvor qoidalarini bayon qilishning to‘laligi bo‘yicha tavsiflovchi, blanket va havola etuvchi dispozitsiyalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |