Huquqiy tarbiya metodlari. Tarbiyaviy jarayon oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun metodlar, usullar va vositalarning turli birikmalaridan foydalanish mumkin. Huquqiy tarbiya vositalari va shakllari bilan bir qatorda tarbiya metodlarini, shuningdek ularni qo‘llashning ilmiy asoslantirilgan tavsiyalarini tadqiq etish huquqiy tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega. Yuridik fanda huquqiy tarbiyaning asosiy va qo‘shimcha metodlari farqlanadi. Bunda asosiy metodlarga ishontirishdan tashqari namuna va odatlantirishga o‘rgatish, qo‘shimcha metodlarga esa bosh vazifasi asosiy metodlarning harakatini kuchaytirish va ta'sirini qo‘shimcha oshirish bo‘lgan rag‘batlantirish metodlari kiradi. Rag‘batlantirish metodlari taqdirlash va jazolash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |