Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


-MAVZU. HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT



Download 1,34 Mb.
bet124/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

8-MAVZU. HUQUQIY ONG VA HUQUQIY
MADANIYAT



Mavzuning asosiy yo‘nalishlari

  1. Huquqiy ong tushunchasi, tarkibiy qismlari.

  2. Huquqiy psixologiya va huquqiy mafkura.

  3. Huquqiy ongning turlari va darajalari.

  4. Huquqiy ongning funksiyalari.

  5. Huquqiy madaniyat tushunchasi, tuzilishi, darajalari.

  6. Huquqiy tarbiya – huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning zarur sharti.

  7. Huquqiy nigilizm va huquqiy idealizm.

  8. Huquqiy nigilizmni bartaraf qilish masalalari.



8.1. HUQUQIY ONG TUSHUNCHASI, TARKIBIY
ELEMENTLARI

Huquqiy ong bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishda, eng avvalo, “ong” va “ijtimoiy ong” kabi kategoriyalarning mohiyatini anglash zarur. Ong deganda oddiy ruhiy in'ikos emas, balki ijtimoiy rivojlangan inson tomonidan voqyelikni ruhiy aks ettirishning oliy shakli tushuniladi. Ongga tegishli belgilardan uning quyidagi ta'rifi kelib chiqadi: ong faqat shaxsgagina xos bo‘lgan, miyaning til va nutq yordamida voqyelik aksini umumlashtiradigan, maqsadga muvofiq, konstruktiv hamda ijodiy namoyon bo‘ladigan oliy funksiyadir. Ong, shuningdek kishining ruhiy, siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham majmui hisoblanadi. Ijtimoiy ong deganda mana shular tushuniladi.


O‘z navbatida, ijtimoiy ongning turli shakllari mavjud bo‘lib, kishilar ular yordamida ijtimoiy va tabiiy borliqni o‘rganadi. Shu jihatdan olganda, tegishli adabiyotlarda siyosiy, axloqiy, estetik, diniy, huquqiy ong shakllari ajratib ko‘rsatiladi. Huquqiy ong ijtimoiy ongning shakllaridan biridir. Ayni paytda ijtimoiy ongning shakli sifatida huquqiy ong ham unga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarga ega.
Huquqiy ongni ijtimoiy ongning boshqa sohalari (siyosiy, axloqiy, estetik va boshqalar)ga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, huquqiy ong insonlarning ijtimoiy hayotning yuridik ahamiyatli hodisalar (amaldagi qonunchilik, yuridik amaliyot, insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklari)ga oid baholovchi ruhiy munosabatini ifodalovchi huquqiy tasavvurlari, qarashlari, g‘oyalari, hislari, hayajonlari majmui sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, huquqiy ong fuqarolarning huquqiy ijtimoiylashuvi jarayonlari natijalarini, jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibot holatini, joriy huquq tizimining alohida qismlarini yoki to‘laligicha o‘zini o‘zgartirishga bo‘lgan ehtiyojni o‘zida ifoda etadigan hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, u huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotining muhim ko‘rsatkichi vazifasini bajaradi.
Huquqiy ong tarkibiga to‘rtta baholash bilan bog‘liq munosabat kiradi. Bular – huquq va qonun hujjatlari (uning prinsiplari, shakllari, institutlari)ga nisbatan; atrofdagilarning huquqiy xatti-harakati (masalan, jinoyatchilik, davlat hokimiyati tuzilmalarining o‘zaro munosabatlari xususiyati) ga nisbatan; huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning faoliyatiga nisbatan; o‘zining huquqiy xatti-harakatiga nisbatan munosabatdir1.
H
Huquqiy ong – bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo‘lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo‘lgan g‘oyalar, his-tuyg‘ular, tasavvurlar yig‘indisidir.
uquqiy ong, birinchidan,
huquqning jamiyat ehtiyojlarini ifodalovchi manbai­dir; ikkinchidan, huquqni ijtimoiy voqyelikka tatbiq etishning zarur omillari­dan biridir; uchinchidan, shaxslarning xulq-atvori huquq normalariga qay darajada mos kelishini tushunib olishga ko‘mak­lashadi, baholash vositasi sifatida xizmat qiladi.
Huquqiy ongning asosiy tarkibiy elementlari: huquqiy ruhiyat (psixologiya) va huquqiy mafkura (ideologiya).

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish