1. Maxsus yuridik funksiyalarning quyidagi turlari mavjud: tartibga soluvchi va qo‘riqlovchi.
Tartibga soluvchi funksiya – bu shunday huquqiy ta'sir qilish yo‘nalishi bo‘lib, unda jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlariga mos keladigan ijtimoiy munosabatlar amalda bo‘lishi ta'minlanadi va rivojlantiriladi. Tartibga solish funksiyasi doirasida ikki kichik funksiya – statik tartibga solish va dinamik tartibga solish funksiyalari ajralib turadi. Huquqning statik tartibga solish funksiyasi ijtimoiy munosabatlarni muayyan huquqiy institutda mustahkamlash yo‘li bilan ta'sir o‘tkazishida namoyon bo‘ladi. Dinamik tartibga solish funksiyasi huquqning ijtimoiy munosabatlar harakatini, ya'ni dinamikasini rasmiylashtirish yo‘li bilan ularga ta'sir o‘tkazishida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |