O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI ISOQOV OTABEK ERKINJON O‘G‘LI
MA’MURIY VA MOLIYA HUQUQI KAFEDRASI MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHQI IQTISODIY
FAOLIYATNI MA’MURIY-HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH mavzusida yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar:Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi mudiri y.f.d, dotsent S.Yusupov
TOSHKENT – 2023
K I R I SH 3
1.1 Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning nazariy asoslari 8
1.2.Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning huquqiy asoslari 17
2.1.Tashqi iqtisodiy faoliyatni ma’muriy-huquqiy tartibga solishda moddiy-ma’muriy huquqiy normalarni qo‘llash masalasi. 26
2.2.Tashqi iqtisodiy faoliyatni ma’muriy-huquqiy tartibga solishda ma’muriy tartib-taomillar qoidalarini qo‘llash masalasi. 36
3.1.Tashqi iqtisodiy faoliyatni ma’muriy-huquqiy tartibga solishga doir qonunchilikni takomillashtirish masalalari. 49
3.2.Tashqi iqtisodiy faoliyatni ma’muriy-huquqiy tartibga solishda xalqaro tajribani tatbiq etish. 53
XULOSA VA TAKLIFLAR 61
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: RAHBARIY ADABIYOTLAR : 63
NORMATIV HUQUQIY HUJJATLAR: 63
ASOSIY ADABIYOTLAR: 64
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR: 65
INTERNET MA’LUMOTLARI : 67
K I R I SH Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Barcha mamlakatlar rivojlanish jarayonini boshdan kechirish vaqtida o‘zining bevosita asosiy faoliyatidan biri bo‘lgan tashqi siyosat masalalari hamda ushbu tashqi siyosat bilan bog‘liq tashqi iqtisodiy faoliyat muhim munosabatlar hisoblanadi.
Xususan, jahon iqtisodiyotining globallashuv sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatning mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun tutgan ahamiyati ham alohida o‘ringa ega sanaladi.
Har bir davlat uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qisqa muddatli emas balki iqtisodiy ustuvor va strategik ahamiyatga ega ekanligi bugun dunyo davlatlarining tajribasida o‘z ifodasini topmoqda. Savdo-sotiq xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar iqtisodiyotizmizning barqaror rivojlanishini ta’minlash va uni yanada yuksaltirish imkonini berayotgan ayni davrda, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatida tashqi savdo aloqalarini yanada takomillashtirish eng asosiy va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bunda eng avvalo tashqi iqtisodiy faoliyatni ma’muriy huquqiy jihatdan tartibga solishni yuqori pog‘onalarga olib chiqish ahamiyatlidir.
Umuman olganda, har qanday davlatdagi tashqi iqtisodiy faoliyatning tartibga solinishi boshqa davlatninig tashqi iqtisodiy faoliyat natijalarida o‘z natijasini namoyon qiladi. Sababi, yer sharining har bir mamlakatining ishlab chiqarishi, tovar almashinuvi va iste’moli o‘zaro bir-biriga bog‘liqdir. Tashqi savdo aloqalarining har tomonlama chuqurlashishi va kengayishi bilan tashqi iqtisodiy faoliyatni ko‘p tomonlama tartibga solish kuchayib bormoqda. Har bir davlatda tashqi iqtisodiy faoliyat milliy normativ-huquqiy hujjatlar, ikki taraflama va ko‘p taraflama tuzilgan shartnomalar, dunyo hamjamiyatida tan olingan qoidalar, xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonli kelishuvlarga asoslangan holda tartibga solinadi. Bularning orasida milliy normativ-huquqiy hujjatlar va milliy qonunchilik alohida o‘ringa ega.
Jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyatining tartib-qoidalari ular bilan tartibga solinadi. Misol uchun: bojxona qoidalari, investitsiya faoliyatini amalga oshirish tartib-qoidalari.
Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish mamlakatning xalqaro savdodagi rolini oshirish tashqi bozorlarga chiqish va tashqi savdoni tartibga soluvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarning rivojlanishi orqali dolzarblashib boradi.
Koronavirus pandemiyasi tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solishdagi bir qator kamchiliklarni yuzaga chiqardi. Bu sharoitda jahon bozoridagi tarkibiy va global o‘zgarishlar tashqi savdoni tartibga solishni innovatsion metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi.
Shu ma’noda O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning innovatsion mexanizmlarini ishlab chiqish va eksport va import operatsiyalari yuzasidan bosqichma-bosqich libellashtirish siyosatini olib borish hamda mamlakatimizda qulay investitsiya sharoitini yaratgan holda chet el kompaniyalarini jalb qilish mamlaktimizning xalqari bozorlardagi mavqeyini mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu jihatdan, mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni ma’muriy-huquqiy jihatdan tartibga solish masalasini tadqiq qilish hozirgi davr uchun muhimdir