3.2. Mukofotlar va rag‘batlantirish
Odatda menejerning chora-tadbirlari salbiy elementlarga nisbatan ijobiy
elementlarni o„zida ko„proq mujassam etadi, chunki insonlar boshliqning
bo„yruqlariga nisbatan ijobiy rag„batlantirishga xayrixohlik bilan qaraydilar. Lekin
58
rag„batlantirishning hajmi va sifati vazifani murakkabligiga bog„liq. Rahbariyat
motivlash usullarni samaradorligini oshirish uchun ham moddiy, ham ma‟naviy
rag„batlantirishlardan foydalanadi. Menejer ijrochilarning ehtiyojlarini qanchalik
yaxshi bilsa, rag„batlantirish shunchalik ta‟sirli bo„ladi. Ushbu hol korxona
strategiyasini amalga oshirishga shunchalik ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Strategiyani rag„batlantirishlar orqali qo„llab-quvvatlash funksiya va xizmat
burchlarini aniqlashdan iborat bo„lmay, balki bajariladigan ishni, topshiriqni va
natijani aniqlashdan iborat. Ijrochining e‟tiborini aniq natijaga qaratish orqali uni ish
samarasini oshirish mumkin.
Faoliyatni tavsiflashda funksiyaga, xizmat burchlariga va operatsiyalarga
alohida e‟tibor berish o„z-o„zidan kutilgan natijani beradi deb o„ylash noto„g„ri.
Sidqidildan mehnat qilish va funksiyalarni bajarish kerakli natijani kafolatlamaydi.
Harakatlarga zo„r berish emas, balki maqsadni amalga oshirishga zo„r berish – bosh
vazifadir. Har bir talaba biladiki, o„kituvchining o„tgan darslarining hammasi ham
o„zlashtirilmaydi, chunki o„qitish - bu mehnat, o„zlashtirish - bu natijadir.
Maqsadli yo„llanmalar mavjud bo„lmaganda xodimlar funksiyalar va muddatlar
bilan shunchalik band bo„ladilarki, oqibatda maqsadni nazardan qochiradilar.
Menejerlar rejadagi bajariladigan ishni muntazam taqqoslash va muvofiqlashtirish
orqali maqsadni amalga oshirishga erishishlari mumkin.
Natijalar uchun mukofotlash.
Strategiyadagi maqsadlarni amalga oshirish
uchun xodimlarni qiziqtirishni ishonchli yo„li – bu belgilangan natijalarga
erishganlarni munosib mukofotlash, erishmaganlarni esa mukofotlamaslik yoki
jazolashdir. Boshqacha har qanday yondashuv strategiyani bajarilishini xavf ostida
qoldiradi. Strategik maqsadlarni amalga oshirish yo„nalishida bosim so„zsiz mavjud
bo„lishi lozim.
Kutilgan natijalarga erishish yo„nalishidagi bosim odilona va sezilarli
mukofotlar bilan kuzatilishi shart. Rag„batlantirilmaydigan boshqaruv sistemasi izdan
chiqa boshlaydi, strategiyani yurituvchilarning esa bo„yruq berib, ularni bajarilishini
talab qilishdan boshqa imkoniyati qolmaydi.
59
«Remington prodakshen» korxonasi ishchilari 65 % asosiy ish haqini oladilar.
Ish ќarining rolgan qismi esa ishbay mukofot sifatida beriladi. Korxona o„z
mahsulotining sifatini 100 % tekshiradi, sifatsiz mahsulotning narxi aybdor
ishchining mukofotidan qaytarib qolinadi. Oliy rahbariyatni maoshining mukofot
qismi esa ko„proq ulushni tashkil etadi. Tahlillar shuni ko„rsatadiki, ushbu korxonada
rag„batlantirish dasturini amalga oshirishning to„rtinchi yiliga kelib, mehnat
unumdorligi 17 % oshgan.
Rag„batlantirish sistemasini yaratish uchun boshqa yo„nalishlar ham mavjud:
1.
Natijalarga haq to„lashning ko„proq qismi mehnat uchun olinadigan
mukofotni tashkil etishi lozim. Rag„batlantirish 20% ni tashkil etsa, e‟tiborni jalb
etadi va yaxshi ishlash hissiyotini uyg„otadi.
2.
Rag„batlantirish rejasi faqat oliy rahbariyatga tegishli bo„lmay, hamma
ishchi-xodimlarni qamrab olishi lozim. Strategiya va maqsadlarni amalga oshirishdan
keladigan mukofotlarni katta qismini faqat bir necha oliy rahbarlar oladigan bo„lsa,
oddiy ishchi-xodimlar yaxshi ishlaydi degan fikr butunlay noto„g„ri.
3.
Rag„batlantirish sistemasini aniq va odilona tashkil etish lozim. Agar
natijalarning ko„rsatgichlari haddan tashqari Yuqori ko„rsatilgan bo„lsa, invividual
natijalar noaniq va yyetarlicha asoslanmagan bo„lsa, ishchi-xodimlarning noroziligi
va qoniqmasligi xar qanday ijobiy natijalarni yo„qqa chiqaradi.
4.
Strategik
rejaga
mos
keladigan
natijalarga
erishgan
xodimlarni
rag„batlantirish lozim, aks xolda strategiya mukammal emas yoki rahbariyatning
maqsadlari strategiyadan farq qiladi.
5.
Har bir ishchi-xodimning oldiga ruyilgan maqsadlarning amalga oshirish
jarayoniga ularning o„zi ta‟sir eta olishi lozim.
Yuqorida keltirilgan umumiy yo„nalishlardan farqli rag„batlantirishning aniq
choralarini taklif etish va aniq ishlab chiqarish natijalarini e‟tiborga olish lozim, faqat
aytish kerakki, rag„batlantirish strategiya bilan bog„langan holda amalga oshirilishi
shart. Agar strategiya tejamkorlikdan iborat bo„lsa, rag„batlantirish sistemasi resurslar
sarfini tejash uchun xizmat qilishi lozim. Agar korxona mahsulotlar va xizmatlar
sifatini oshirish orqali raqobatchilardan uzib ketmoqchi bo„lsa, rag„batlantirish
60
sistemasi nuqsonsiz ishlashni, xaridorlarning kam shikoyat qilishini va buyurtmalarni
tezkorlik bilan bajarishini e‟tiborga olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |