YIGIRISH KETMA-KETLIGI
Tanda ipi paxta tolali ip bo’lib, 10x2 teksli iplarni tayyorlash uchun
karda yigirish sistemasidan foydalanilgan. Paxta tozalash zovodidan kelib tushgan
toylar avval titish-tozalash agregatiga kelib tushadi, titish tozalash agregatidan
titilgan tozalangan tolali massa chiqib, tarash mashinasiga beradi. Bu mashinada
tolalar bir tekis taraladi va taralgan pilta shaklida chiqadi. Keyinchalik pilta
qo’shish yoki cho’zish jarayoniga jo’natiladi. Piltalash mashinasida piltalarni
cho’zib qo’shib piltalangan pilta hosil qiladi. Piltalangan pilta olingandan so’ng
uni yigirish jarayoni yigirish mashinasiga jo’natiladi. Bu jarayonda yigirilgan ip
yigirish tuftaklariga o’ralgan xolda chiqadi. Yigirilgan ipni qayta o’rash
mashinasida konussimon o’ramalarga o’rab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |