3
Kirish
O‘zbekiston geografiyasi kursi oliy ta’lim tizimida geograf, kartograf, gidrometerologlar
tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu o‘quv fani Vatanimiz-O‘zbekiston tabiiy sharoiti va
resurslari, ulardan omilkorlik bilan foydalanish, muhofaza ostiga olish haqida bilimlar berish
bilan birga, respublikamiz tabiati va xo‘jaligining rivojlanishi qonuniyatlarini tushunib olishga
xizmat qiladi.
O‘zbekiston geografiyasining asosiy maqsadi talabalarda mamlakatning tabiati va uning
elementlarini, tabiiy va mineral xom ashyo salohiyati, aholi va mehnat resurslari, iqtisodiyoti va
uning tarmoqlar va hududiy tuzilishi va rivojlanishi masalalari bo‘yicha bilimlarni
shakllantirishdan iborat.