Tаbiiy tizimlаrni аsrаsh. Tеmir yo`l, аyniqsа kаm o`zlаshtirilgаn hududlаrdа, аtrоf-muhitdа yirik o`zgаrtirishlаr kеltirib chiqаrаdi. Ulаr yo`lni qurish vа kеyingi undаn fоydаlаnish dаvridа nаmоyon bo`lаdi. Bu hоldа vаzifа - qаbul qilingаn lоyihа yеchimlаri tаbiiy tizimlаr - tuprоq, tog’ jinslari vа аtmоsfеrаning suv-issiqlik rеjimi, grаvitаtsiya vа biоkimyoviy muvоzаnаtni imkоn qаdаr kаmrоq buzishdаn ibоrаt bo`lаdi.
Bu muаmmоlаr аyniqsа tеmir yo`lni tаbiаti o`tа nоzik bo`lgаn shimоliy hududlаrdа lоyihаlаshtirishdа yuzаgа kеlаdi. Оdаmlаrning muhаndislik-qurilish fаоliyati muzliklаr dеgrаdаtsiyasi, chеkinishigа sаbаb bo`lib, bu tеrmоkаrst hоdisаlаri (yеr оsti muzlаri erishi оqibаtidа grunt cho`kishlаri) vа bоshqа nохush fizik-kimyoviy jаrаyonlаrning kеng yoyilishi bilаn kuzаtilishi mumkin. Shu sаbаbli mаhаlliy tаbiiy shаrоitni imkоn qаdаr sаqlаb qоlish vа qurilishdаn аtrоf-muhitdа yuzаgа kеlаdigаn sаlbiy оqibаtlаrning o`rnini to`ldirаdigаn sun`iy оmillаrni yarаtish tаlаb etilаdi.
Judа yaхshi tеrmоizоlyatоr bo`lgаn tоrf-muhit qаtlаmini sаqlаb qоlish, o`simliklаrgа ehtiyotkоrоnа munоsаbаtdа bo`lish: sаksоvul, butаlаr tuprоq bоsib qоlishidаn sаqlаydi, ko`tаrmаlаr yonbаg`ridаgi qоrni tutib qоlаdi. Issiqlikni izоlyatsiyalаsh (sаqlаsh), o`yiq yonbаg`irlаri vа trаssаgа qаrаgаn, dаrахtlаri kеsib tаshlаngаn qiyaliklаrdа sintеtik mаtеriаllаr qo`llаsh kаbi sun`iy chоrаlаr аtrоf-muhitdа yuzаgа kеlаdigаn kаmchiliklаr o`rnini to`ldirib bоrаdi.
Pаrmаlаsh-pоrtlаtish ishlаrini lоyihаlаshtirish vа аmаlgа оshirishdа pоrtlаsh quvvаtining аtrоf-muhitgа tа`sirini kаmаytirish uchun, bir mаrtа pоrtlаtishgа mo`ljаllаngаn pоrtlоvchi mоddаlаrning umumiy оg`irligi chеklаnib, аlоhidа zаryadlаr guruhlаri pоrtlоvchi mоddаlаrning pоrtlаshlаri оrаsidаgi оrаliq vаqt uzаytirilаdi. Trаnspоrt qurilishidа jinslаrni sоchib tаshlаsh vа yoyib yubоrish uchun pоrtlаtish ishlаrini lоyihаlаshtirish to`хtаtilib, fаqаt yumshаtish mаqsаdidа pоrtlаtish qo`llаnilib, so`ng tog’ mаssаsigа ekskаvаtоr vа buldоzеrlаr bilаn ishlоv bеrish аmаlgа оshirilаdi.
4-ma’ruza.
Махаллий ва транзит тортиш худуди. Махаллий юк ташиш
Yangi temir yo’llarni qurish loyihalarini ishlab chiqishda texnik - iqtisodiy tadqiqotlarlarning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Loyihalanayotgan temir yo’lning transport-iqtisodiy aloqalarga bog’liq holda maqsadi va o’rnini belgilash, mavjud temir yo’l tarmoqlari va boshqa turdagi transport turlari tarkibida uning ahamiyati, qurilishini samaradorligi aniqlash 2. Temir yo’lning tahminiy yo’nalishlarini belgilash 3. Hisoblangan muddatlarda loyihalanayotgan temir yo’llarda kutilayotgan yuk va yo’lovchilar tashish hajmini, loyihalanayotgan temir yo’lni shu hududdagi boshqa turdagi transportda tashilayotgan yuklar strukturasi va hajmiga ta'siri aniqlash 4. Loyihalanayotgan temir yo’lning tasarruf ko’rsatkichlari, temir yo’lni texnik parametrlarini tanlashga va mavjud temir yo’llarni ishlashiga ularning ta'sirini belgilash
Yangi temir yo’llar loyihasini sifatli va to’la hajmda ishlab chiqishini ta'minlash uchun iqtisodiy tadqiqotlarni o’tkazishda ma'lum tartib va ketma-ketlikni ta'minlash zarur. Yangi temir yo’l loyihasining iqtisodiy bo’limini quyidagi tartib va hajmda ishlab chiqish tavsiya etiladi: 1. Yangi temir yo’lni mamalakat transport tizimining yagona bo’g’ini sifatidagi ahamiyati: mahalliy tortish hududi uchun o’rni, tabiiy resurslar, xizmat ko’rsatiladigan yirik ishlab chiqarish korxonalari, hududlar, mintaqalar; yuk tashishni muvofiqlashtirishda uning o’rni. 2.Mahalliy tortish hududining iqtisodiyoti: maydoni (ming km ) va aholisi (ming kishi), fizik-geografik ko’rsatkichlari; asosiy korxonalar va tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarishi; mahsulot ishlab chiqarilishi (ming tonna); xom-ashyo, yonilg’i ehtiyoji; qishloq xo’jaligini rivojlanganligi, mahsulotlar ishlab chiqarish va iste’mol qilish; kapital qurilish; ashyo va konstruksiyalarga, xalq xo’jaligi iste’mol mollariga ehtiyoj.
3. Temir yo’lni iqtisodiy trassalash: hudud kartasida mahalliy tortish hududi iqtisodiyotini, yuk va yo’lovchi oqimlari hosil bo’ladigan joylar, foydalai qazilma konlari joylashishini inobatga olib. 4. Mahalliy yuk tashish: tashib kiritilayotgan, olib chiqilayotgan, hudud ichida tashilayotgan sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa yuklarining yo’nalishi va hajmini asoslash. 5. Tranzit tortish hududi va tranzit yuk tashish hajmlari: hududlararo yuk almashuvini hajmi va strukturasini yo’nalishlar va yuk strukturasi bo’yicha asoslash. 6. Umumiy yuk tashish hajmlari, shu jumladan temir yo’l ehtiyojini inobatga olib. 7. Yil davomida yuklarni notekis tashilishi. 8. Mahalliy va tranzit yo’lovchilar tashish hajmlarini belgilash. 9. Yuk va yo’lovchilar tashishni umumiy hajmlari. 10. Temir yo’l tahminiy yo’nalish variantlarini taqqoslash.
Hisoblangan yillarda qandaydir maydonda joylashgan ishlab chiqarish korxonalari va aholi yuklarni qabul qilish va jo’natishni loyihalanayotgan yangi temir yo’l stansiyalari orqali amalga oshirsa, ushbu maydon temir y o ’lning mahalliy tortish hududi deb ataladi. Mahalliy tortish hududini belgilashdan avval yangi temir yo’l xizmatidan foydalanishi mumkin bo’lgan, maydoni tortish hududidan bir qancha katta bo’lgan, istiqbolda loyihalanayotgan temir yo’lda tashiladigan yuk hajmiga ta'sir etadigan yuk oqimlarini hosil qiluvchi markazlar, aholi punktlari, tabiiy resurslar joylashgan joylar, xalq xo’jaligi tarmoqlari, iqtisodiy rayonlar va punktlarni qamrab olgan mintaqa mukammal o’rganib chiqilishi kerak. Ushbu mintaqa hududi avvaldan o ’rganiladigan hudud deb ataladi
Avvaldan o’rganiladigan hududda iqtisodiy tadqiqotlar o’tkazishda quyidagilarga e'tibor qaratish kerak: 1. Yangi yo’lni qurish ehtiyojini tasdiqlovchi maqsad va vazifalarga; 2. Ilgari bajarilgan iqtisodiy va texnik tadqiqotlar natijalari, ularning tahliliga 3. O’rganilayotgan hududning ma’muriy tarkibi, yirik aholi punktlari, shaharlar, ma’muriy tumanlar aholisi soniga; 4. Hududning tabiiy-geografik va topografik sharoitiga; 5. Hududning poetnsial imkoniyatiga (energetik zaxiralar, foydali qazilmalar, yer resurslari va boshqalar) va ularni joylashishiga, qay darajada o’rganilganiga va foydalanish istiqboliga; 6. Hududning, yangi temir yo’ldan foydalanib amalga oshiradigan iqtisodiy-transport aloqalari xarakteri, tashiladigan asosiy yuklar turi va hajmiga.
Hududni avvaldan o’rganish natijalariga asoslanib, iqtisodiy trassalash o’tkaziladi. Trassa yo’nalishi va ajrim qilish punktlarini joylashishi tortish hududiga transport xizmatini ko’rsatish sharoitini belgilaydi, ma'lum darajada mahalliy yuk tashish hajmiga ta'sir ko’rsatadi. Agar temir yo’lda tranzit yuklarni tashish ustunlikga ega bo’lsa, loyihalanyotgan temir yo’l uzunligi qisqa, tasarruf sarf-xarajatlari katta bo’lmasligini ta'minlash maqsadga muvofiqdir. Agar mahalliy yuklar tashish ustunroq bo’lsa, temir yo’lni, uning uzunligi ortishigi qaramasdan, iqtisodiy punktlar orqali o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Yuk operatsiyalarini bajaradigan stansiyalar yirik ishlab chikarish korxonalari va aholi punktlari, boshqa transport turi yo’llari bilan kesishuvi yaqinida joylashtiriladi.
Yuk hajmlari alohida yirik ishlab chiqarish korxonalari uchun (to’g ’ri hisobot usuli), alohida ishlab chiqarish korxonalari va tarmoqlari uchun umumlashtirilgan o’rtacha ko’rsatkichlar (balans usuli), bir o’lchov birligiga to’g’ri keluvchi yuklar hisobi (masalan:1000 t po’lat, 1 tonna shakar ishlab chiqarish uchun va h.k.) bilan aniqlanishi mumkin. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun hisoblarni 100 ga ekin maydonlari uchun bajarish maqsadga muvofiqdir. Yuk tashish hajmlari temir yo’l tarmog’ida qabul qilingan nomenklatura bo’yicha 10 turdagi yuklar (ko’mir va koks, neft mahsulotlari, ma'danlar, qora metall, mineral va qurilish ashyolari, don mahsulotlari, mashina va mexanizmlar, kimyo va mineral o’qitlar va h.k.) uchun bajarilishi lozim. Yuk hajmlari hisoblash tortish hududida joylashgan barcha qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar uchun bajariladi.
Loyihalanayotgan temir yo’lda tashishi kutilayotgan mahalliy yuk tashish hajmlari aniqlangandan so’ng (3.4, 3.5, 3.10, 3.11, 3.12- jadvallar), yuklar turi, jo’natish va qabul qilish manzillari (stansiyasi) bo’yicha aniq tizimlashtirish lozim. Olib kirilayotgan va chiqilayotgan mahalliy yuklarni tashish yo’nalishlarini belgilashda yuklarni alohida transport turlari bo’yicha to’g’ri taqsimlanishini ta'minlash zarur. Taqsimlash quyidagilarni inobatga olib amalga oshirilishi lozim: 1.Yuk tashish xarajatlarini minimallashtirish; 2. Yuklarni tashish ratsional yo’nalishlarini belgilash, qarama-qarshi yuk tashishni bartaraf etish; 3. Qisqa masofaga tashiladigan yuklarni avtotransportga berish; 4. Yuklarni mavsumiy tashilishi va zaruriyatligi; 5. Moddiy boyliklarni aylanishini jadallashtirish.
5-ma’ruza
Лойиҳа йўл йўналишини танлаш. Йўналишни танлашга таъсир этувчи омиллар. Таянч пунктлари ва белгиланган нуқталар. Геодезик чизиқ. ва баланд ва контурли тўсиқлар. Ҳаво йўли чизиғи.
Лойихаланаётган йўл йуналишини танлашга таъсир этувчи купгина омиллардан, энг куп аҳамиятга эга булганлари:
а) иктисодий омиллар: янги темир йулни ягона транспорт тизимидаги тутган урни ва ахамияти, транспорт воситасида ташиладнган юкнинг микдори ва хусусиятлари, охирги станцияларини жойланиш шарти ва мавжуд темир йул станциялари ва бошка транспорт хилларига туташиши ва уларни ишлари билан боғлаш, иктисодий марказларни лойихалаш туманидаги урни, лойихалаш меъёрлари ва ш.ў.
б) табиий омиллар темир йулни лойихалаш туманида: жойнинг рельефи, геологик ва гидрологик шароитлар, энг катта сув ок,имини жойланиши ва уни кесиб утиш шарти, иклнмий ва метеорологик шарти ва камдан-кам руй берадиган ходиса, шамолларни йуналнши, ёгингарчиликларни жадалликлари, махаллий курилиш материлларининг борлиги ва ш.у.
в) темир йулнинг асосий техник параметрлари: тортиш тури, локомотивни русуми, асосий йулларни сони, рахбар нишаблик микдори, станциялардаги кабул килиш ва жунатиш йулларининг фойдали узунлиги, булувчи пунктларни жойлаштириш ва ш.у.
г) ижтимоий омиллар: лойиха йулининг тумандаги ахолига хизмат
Геодезик чизиқ
Геодезик чизиқ — бу таянч пунктлар орасидаги энг қиска масофа.
Геодезик чизик трасса варианти була олмайди, чунки унда тусиклар хисобга олинмайди.
Геодезик чизикдан факатгина йулни йуналишини аниклашда ва вариантларни таккослаш учун фойдаланилади.
Тосиклар икки хил булади: баланд (профилда) ва контурли (планда).
Баланд тосикларга асосан тог тизмалари киради. Контурли тосикларга эса ахоли зич яшайдиган пунктлар, урмонлар, куллар, курикхоналар ва мудофаа вазирлигига карашли харбий полигонлар киради.
Ҳаво йўли чизиғи
Трасса йўналишидаги таянч пунктлар ва белгиланган нукталар оркали ўтадиган синиқ чизик. ҳаво йўли чизиги дейилади.
Хаво йули чизигини куйндаги асосий кўрсаткичларга кўра такқослаш мумкин:
Вариантларни узунлиги, км.
Жамн ўтилган баландликлар, м.
Сув окимининг кесиб утиш микдори:
Катта дарёларни кесиб утиш микдори.
Геологик нокулай жойларни кесиб ўтиш, км.
Қабул қилинган ҳаво йули варианти бўйича ер қирқимининг буйлама профили тузилади ва ерни нишаблиги аниқланади. Агар лойиха йулини лойихалашдан асосий максад туманни махаллий транспортга булган талабини таъминлаш булса, бундай шароитда лойиха йулидаги иктисодий марказларга, кайсики хатто уша лойихалаш туманндаги таянч пунктларга трассани кириши киска йуналишдан четга чикиши талаб килинганда, тупрок ишлари хажми ва сунъий иншоотлар кийматини камайтириш керак.
Do'stlaringiz bilan baham: |