Sunna (Sunna, Sunnah) – Muhammad Payg‘ambarning ko‘rsatmalari va oyatlari haqidagi hadislar, rivoyatlar. Islomda faqat Muhammad ibrati, an’anasi deb e’tirof etilib, Qur’oni Karimdan keyingi muqaddas manba hisoblanadi. Sunna VII asr o‘rtalarida yig‘ila boshlagan.
So‘fi ( Sufiy, Sufi) – 1. Masjidda azon aytib, namozga chorlovchi shaxs.Muazzin atamasining sinonimii. Muazzin xalq tilida «so‘fi» deb ham ataladi. 2. Namozxonlar safini tartibga soluvchi. 3. So‘fi tariqat va sulukda bo‘lgan murid.
Laylat al-qadr (nochь predopredeleniya/velichiya, Laylat-al qad) - ramazon oyining 27 kunga o‘tar kechasi. Islom diniga sig‘inuvchi har yili shu kechada Alloh har bir insonning ibodat paytida iltijo qilgan tilagini hisobga olib, uning taqdiri haqida huk mchiqaradi, deb tasavvur qiladilar. Manna shuning uchun ham Laylat ul-qadr kechasining Qur’on o‘qib, Allohga iltijo qilib, duo va ibodat qilib o‘tkazishni rasm bo‘lgan.
Masjid (mechetь, The mosque) – sajdagoh, musulmonlarning ibodat joylari. Mususlmonlar jamoa bo‘lib, namoz o‘qiydigan joyi. Masjidlar asosan musulmonlarning kundalik, besh vaqt namoz o‘qishi uchun mo‘ljallangan muqaddas joy. Juma va Щayit namozlari esa jame’ masjidlarida o‘qiladi. Birinchi masjidni Madinada Muhammad Payg‘ambar qurdirgan.
Imom (imam, imam) – arabcha so‘z bo‘lib, namozda jamoatning oldida turib namozni boshqaruvchi kishi. SHuningdek, Islom dinida musulmonlarning rahbari, boshlig‘i demakdir. Imom atamasi nihoyatda keng mazmuni bo‘lib, quyidagi ma’nolarda ishlatilgan va ishlatilmoqda: 1. Sunniylikda barcha musulmonlarning oliy rahbari; 2. Sunniylikka shariat mazhablarining asoschisi; 3. SHialikda eng yuksak rahnamo, ya’ni Щazrati Ali va uning avlodlari; 4. Sunniylikda ham, shialikda ham masjidda namozni boshqarib boruvchi dindor –masjid imomi.
Madrasa (medrese, madrasah) - Musulmon ilohiyotining masalalarini sharhlab berib turadigan markaz. U madrasa sifatida arablarda VII-VIII asrlarda paydo bo‘lgan. Keyinchalik ayrim masjidlar qoshida ilohiyot maktablari tarkib topib, madrasa deb atala boshlangan. Madrasalar xonlar va yirik er egalari va boshqa davlatmand kishilar tomonidan qurdirilgan. Mutavalli vaqfdan tushgan daromadni mudarris, mullavachcha, imom va boshqalarga taqsimlangan. Madrasaga maktabni tugatgan o‘spirinlar qabul qilingan. O‘rta Osiyodagi madrasalardan arab va fors tilida yozilgan «Avali ilm» kitobi o‘qitilgan. Ayrim madrasalarda tibbiyot, aruz ilmi, falsafa, geografiya va boshqa fanlar ham o‘qitilgan. Madrasaning har bir bosqichida o‘qish muddati 3-4 yil davom etgan.
IV. ILOVALAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
|
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_____________M. I. Daminov
«____» ____________ 2020 y
|
Do'stlaringiz bilan baham: |