Ўзбекистон халқаро ислом академияси



Download 1,97 Mb.
bet8/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

d) Arablarning Xaldeylar (Kaldoniylar) va Forslar bilan munosabatlari

Ossuriya imperiyasi qulagach, YAqin SHarqda salkam ikki asr davomida xaldeylar (kaldoniylar) sulolasi tashkil qilgan YAngi Bobil davlati gegemon bo‘lib qoldi. YAngi Bobil davlatining asoschisi Nabopolasar (mil.avv. 626-605) vafot qilgach, taxtga o‘tirgan uning o‘g‘li Navuxodonosor II (mil.avv. 605-562) birinchi kundanoq Ossuriya podsholariga taqlid qilgan holda agressiv siyosat olib bordi. U jazo ekspeditsiyalari uyushtirib, tobe qilingan xalqlardan soliq va ko‘plab asirlar oldi. Mil.avv. 599 yili Navuxodonosor sahro arablariga qarshi ekspeditsiya yuborganligi haqida Bobil yozuvlarida xabar bor. Bu yurishda arablarning talaygina mol-mulki, chorvasi, sanamlari olib ketilgani, so‘ng qaytarilgani aytilgan. Ammo bu yozuvda konkret rayon yoki hujumga uchragan muayyan arab qabilasi ko‘rsatilmagan.

Navuxodonosor II taxtda o‘tirgan yillar YAngi Bobil davlatining eng gullab-yashnagan payti bo‘ldi. Ammo shu yillar kuchayib ketgan armiya Navuxodonosor II vafotidan so‘ng saroy to‘ntarishlari uyushtirdi. Amel-Marduk (561-560), Nergalь-shar-utsura (559-556) shu taqlidda taxtdan ag‘darildilar. Nabonid (556-539) podsho hokimiyatini biroz mustahkamlashga erishdi.

Nabonid podsholigi davrida arablar bilan munosabatda antiqa voqealar yuz berdi. 1956 yili Xarran shahri xarobalaridan topilgan Nabonid xronikasiga ko‘ra, o‘z hukmining uchinchi yili u SHimoliy Arabistondagi Adomu (ya’ni Dumat al-Jandal) va Teyma shaharlariga hamla uyushtirdi. Ikkala shahar hokimlarini qatl qilgach, u Teymani o‘ziga qarorgoh qilib tanladi. Bu erda Nabonid o‘zi bilan armiyaning bir qismini olib qolib, boshqa qismini o‘g‘li Bel-shar-utsur bilan Bobilga jo‘natdi. Teyma shahri 10 yil mobaynida YAngi Bobil podsholigining poytaxtiga aylanib qoldi. Nabonid Arabiston shahri Teymani tanlaganining sabablari ko‘p edi. Birinchidan, asli Xarran shahridan bo‘lgan Nabonid uzurpator hisoblanar va Bobil ruhoniylari unga qarshi kuchli oppozitsiyada edilar. Ikkinchidan, shimol va sharqdan forslarning tazyiqi borgan sari kuchayib borardi. Forslarga qarshi Bobil va SHimoliy Arabistonda ikki himoya eshelonini tashkil qilib, Nabonid muvaffaqqiyatli ravishda o‘zini mudofaa qilishni mo‘ljallagan bo‘lishi mumkin.

Nihoyat, Teyma o‘sha davr xalqaro savdosida muhim punktlardan biri hisoblanardi. Xullas, Nabonidning Teymada bo‘lishi ham siyosiy, ham iqtisodiy nuqtai nazardan asosli edi.

Nabonid xronikasida SHimoliy Arabistonga oid anchagina tafsilotlar bor. Unda Nabonid o‘z askari bilan Teymada o‘rnashib olgach, Dedan, Xaybar, YAdia, YAsrib shaharlariga yurishlar qilganligi aytilgan. So‘ng Misr, Midiya va arablar (mat arabiyo) bilan sulh tuzgani qayd qilinadi. Teyma shahri taxminan miloddan avv. 552-551 yillarda egallangan bo‘lsa, eslatilgan shaharlarga yurishlar albatta shundan keyin qilingan. Mazkur shaharlar Arabistonni janubdan shimolga, to O‘rta dengiz qirg‘og‘igacha kesib o‘tgan mashhur xalqaro karvon yo‘lining yirik punktlari hisoblanardi. Nabonid bu yo‘l ustidan va ayni vaqtda shu yo‘lda joylashgan davlat yoki shaharlar ustidan hukmronligini o‘rnatishni o‘ylamadimikin? Agar u Makka va YAmanni olsa, butun Arabiston unga tobe bo‘lardi. Har qalay, matnga ko‘ra bu chora amalga oshmadi: Nabonid askari etib borgan oxirgi maskan - YAsrib shahri bo‘ldi.

Ko‘rinib turibdiki, SHimoliy Arabiston va Hijozda mil.avval VI asrning o‘rtalarida bir qancha shahar-davlatlar va mustaqil arab qabilalari mavjud bo‘lgan. Nabonid tomonidan qatl qildirilgan Teyma shahrining hokimi matnda «maliku» deyilishi bunga dalil bo‘la oladi. Teyma, Dedan, Xaybar kabi shahar nomlari ko‘p qadimiy matnlarda, jumladan, Tavrotning qadimiy qismlarida eslatilgan. Ammo YAsrib (Madina) birinchi bor Nabonid matnida uchraydi.

Mutaxassislar fikricha, Nabonid mazkur shaharlarni o‘zlashtirish maqsadida Bobildan talaygina aholini ko‘chirgan va ularni himoya qilish uchun gornizonlar ajratgan. Ko‘chirilganlar ichida ko‘pchilikni yahudlar tashkil qilgan. YAhudlar bu rayonlarda ilgari ham bo‘lganlar, balki ular Falastin bilan bir paytda bu erlarda tarqalganlar. Ammo bu shaharlarda yirik yahudiy koloniyalarining paydo bo‘lishi Nabonidning faoliyati bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, islom vujudga kelishi arafasida eslatilgan shaharlar aholisining ko‘pchiligini yahudlar tashkil qilgandi.

Nabonid SHimoliy Arabistonni YAngi Bobilning tarkibiy qismiga aylantirishga erisha olmadi. Ko‘p o‘tmay Bobildagi beqaror ahvol va fors qo‘shinlari bilan bevosita to‘qnashish masalasi uni Bobilga qaytishga majbur qildi.

YAngi Bobil davlatining taqdiri xal bo‘lgandi. Mil.avv. VI asr o‘rtalarida Axamoniylar sulolasining asoschisi Kay Xusrav-Kir II (mil.avv. 559-529) Eronning katta qismini birlashtirib, Midiya, Lidiya, Armeniya, Anatoliyadagi kichik yunon shaharlarini tobe qilib, Egey dengiziga chiqqach, YAqin SHarqning eng kuchli hokimiga aylangandi. Bobil hukmron doiralaridagi kelishmovchiliklardan ustalik bilan foydalangan Kir II mil.avv. 539 yili deyarli qarshiliksiz Bobilga «xalaskor» sifatida kirib keldi. SHundan so‘ng Suriya, Finiqiya va Falastin Axamoniylar hokimiyatini tan oldi.

Kay Xusravning Bobilga bostirib kirishi haqidagi xabarda tuya mingan arablar kuchli bo‘lmagan qarshilik ko‘rsatgani zikr qilinadi. Kay Xusravning merosxo‘ri Qambiz II (mil.avv. 529-522) Misrga ekspeditsiya uyushtirarkan (mil.avv. 525) arablardan madad so‘radi. Ular Qambizga tuyalar, suv va yo‘lboshlovchilar bilan yordam berdilarki, Gerodotning fikricha, bu yordamsiz Misr ustidan g‘alabani tasavvur qilish qiyin bo‘lardi. Ammo, afsuski, Gerodot na Qambizga yordam bergan arab qabilasining joyi va na qabila boshlig‘ining ismini bermagan. Bu yo hozirgi Iordaniyaning janubida istiqomat qilgan nabotiylarning podshosi yoxud Sino yarim oroliga yaqin erda ko‘chmanchilik qilib yurgan arab qabilasi bo‘lishi mumkin. Arablarning fors qo‘shinini suv bilan ta’minlaganini hikoya qila turib, Gerodot SHimoliy Arabistonda katta daryo bor edi, deydi. Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aslida bu erlarda yomg‘ir mavsumida soylar to‘lib, qisqa muddat daryo kabi oqadi. Mavsum o‘tgach, u soylar yana qurib qoladi. YAna Gerodotning ta’kidlashicha, Kay Husrav va Qambiz tomonidan bo‘ysundirilgan xalqlar ichida faqat arablar forslarning syuzerenitetini (hukmronligini) tan olmagan, o‘zlarini ularga ittifoqchi sifatida his qilganlar.

Shu narsa xarakterliki, Axamoniylar davrida ko‘chmanchi arablar shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda Ierusalim (Quddus) va G‘azza atrofida, g‘arbda esa, Sinoy yarim oroli orqali Misrning sharqiy qismlariga ko‘chib o‘rnashib qoldilar. Hozirgi paytda ham SHarqiy Misr Arabiston sahrosi deb atalishi bejiz bo‘lmasa kerak. Misrga hujum qilgan fors qo‘shini arablardan iborat maxsus qismni o‘z ichiga olgandi.

Doro I (mil.avv. 522-486) davrida ham muntazam Eron armiyasi tarkibida arablardan iborat piyoda va tez chopar tuyalarga mingan qismlar bo‘lgan. Podsho Xshatra - Kserks (mil.avv. 485-465) arablardan maxsus kamonchilar (yoychilar) qismini tuzganligi haqida xabar bor. Bu arablar Iroqqa yaqin o‘rnashib qolganlardan bo‘lsa kerak.

Kserks davriga tegishli bir matnda «Arabiyo» uning davlati tarkibiga kirgan satrapliklar qatorida zikr qilingan. YUqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ossuriylar, kaldoniylar va forslar o‘zlariga qo‘shni shimoliy arab qabilalari bilan muayyan munosabatlarda bo‘lib keldilar. Kuchli davlat birliklarini tashkil qilmagan bo‘lsalar-da, shimoliy arab qabilalari aksariyat hollarda o‘z mustaqilliklarini saqlab qoldilar.



Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish