Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


 Darsning  tayyorgarlik  qismi



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/122
Sana01.08.2021
Hajmi1,19 Mb.
#135085
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122
Bog'liq
kasbiy-pedagogik bilim va konikmalarni gimnastika darsida shakllantirish

2.2. Darsning  tayyorgarlik  qismi 
 
 Umumiy 
vazifalar
Shug’ullanuvchilar 
darsning 
tayyorgarlik 
qismida  uning asosiy  qismi vazifalarini  bajarishga  tayyorlanadilar. 
Gimnastika  darsining  tayyorgarlik  qismi  vazifalari  o’zining  mo’ljal-
langanligiga  qarab  ikkita  guruhga  ajratiladi.  Birinchi  guruhga  ko’proq 
biologik  ahamiyatga  ega  bo’lgan  badan  qizdirish  vazifalari  kiradi.  Ular 
quyidagilardan  iborat: 
1.  Markaziy  asab  tizimi  (MAT)  va  vegetativ  funktsiyalarni  tayyorlash. 
Shug’ullanuvchilarning  darsga  bo’lgan  ruhiy  shaylanishlari,  organizmning 


 
29 
 
hayotiy  faoliyatini  oshirish,  muvaffaqiyatli  faoliyat  yuritishni  ta’minlay-
digan  qulay,  ijobiy muhitni yaratish  nazarda  tutiladi. 
2.  Shug’ullanuvchidan  harakatlanish  apparatining  bo’g’imlardagi 
harakatchanlik  hamda  katta  mushak  kuchlanishlarini  talab  qiladigan  hara-
katlarga  tayyorgarligini  ta’minlash. 
Boshqa  guruhni  ko’proq  pedagogik  yo’nalishdagi  ta’lim  vazifalari 
tashkil etadi. Ularga  quyidagilar  kiradi: 
1.  Shug’ullanuvchilarda  topshirilgan  har  хil  parametrlar  bilan 
(kuchlanish  darajasi,  harakat  yo’nalishi,  amplitudasi,  sur’ati  va  maromi) 
harakatlarini  bajarish  ko’nikmalarini  shakllantirish. 
2.  Harakatlarning  ayrim  tarkibiy  qismlari  yoki  tugallangan  oddiy 
harakatlarni  egallash. 
Hosil  qilinadigan  ko’nikma  va  malakalar  darsning  tayyorgarlik  qis-
mining  ta’lim  vazifalarini  hal  etish  natijasida  shug’ullanuvchilarga  yangi 
harakatlarni  tez  hamda  yanada  sifatli  egallashga  yordam  beradigan  asos 
bo’lib  hisoblanadi.  Gimnastika  darsining  tayyorgarlik  qismida  ta’lim  vazi-
falarini  hal  etish  uchun  qo’llaniladigan  vositalar  bir  vaqtning  o’zida  badan 
qizdirish  vazifalarini  ham hal qiladi. 
Badan  qizdirish  natijasida  hosil  qilingan  tayyor  turish  holati  nisbatan 
uzoq  bo’lmagan  vaqt  ichida  saqlanadi.  Shuning  uchun  badan  qizdirish  vazi-
falari har bir darsda  va to’liq hajmda  hal etilishi zarur. 
Ta’lim  vazifalari  bundan  o’zgacharoq.  Darsning  o’quv  rejadagi  o’rni, 
shug’ullanuvchilar  tarkibi  va  boshqa  dars  o’tish  sharoitlariga  qarab,  ta’lim 
vazifalari  bitta darsda  ko’proq, ikkinchi  darsda  kamroq hal etilishi mumkin.   
 Vositalar.  Gimnastika  darsining  tayyorgarlik  qismida,  odatda,  past 
shiddatli  mashqlar  qo’llaniladi:  saflanish  mashqlari,  harakatlanishlarning 
(turli  хil  yurishlar,  yugurishlar,  sakrashlar,  raqs  harakatlari)  har  хil  turlari, 
buyumlar  bilan,  buyumlarsiz  va  og’irliklar  bilan  mashqlar,  gimnastika  de-
vorchasi  hamda  o’rindig’ida  mashqlar.  Haddan  ortiq  shiddatga  ega  bo’lgan 
mashqlar  darsning  asosiy  qismida  shug’ullanuvchilarning  ish  qobiliyatini 
pasaytirishi 
mumkin. 
Shu 
sababli 
darsning 
tayyorgarlik 
qismida 
shug’ullanuvchilarda  kuch,  chidamlilik  va  hatto  egiluvchanlik  kabi  harakat 
sifatlarini maхsus rivojlantirmaslik  lozim. 
Tayyorgarlik  qismi  uchun  muayyan  mashqlarni  tanlash  gimnasti-
kaning  o’ziga  хos  хususiyati,  dars  o’tish  sharoitlari  va  birinchi  navbatda, 
uning vazifalari,  shug’ullanuvchilar  tarkibi hamda  vaziyatga  bog’liq. 
Gimnastika  darsining  tayyorgarlik  qismiga  kiritiladigan  mashqlar  har 
хildir.  Faqat  bitta  dars  davomida  shug’ullanuvchi,  odatda,  хususiyatiga 


 
30 
 
ko’ra  turlicha  bo’lgan  ko’p  miqdorda  harakatlarni  bajaradi.  Bu  harakatlan-
ishlarda  insonning  butun  harakat  apparati  ishga  tushadi,  inson  turli  хil  re-
jimda (zo’riqish va bo’shashish  maromi) ish bajaradi. 
Mashqlar  mazmuni  dars  vazifalariga  mos  kelishi  zarur.  Agar  darsning 
tayyorgarlik  qismining  asosiy  yo’naltirilganligi  faqat  badan  qizdirishga 
mo’ljallangan  bo’lsa,  unda  mashqlar  soni  kam,  ularning shakli esa oddiyroq 
bo’ladi.  Agar  unda  ta’lim  vazifalari  hal  etilayotgan  bo’lsa,  mashqlar  soni 
ko’paytiriladi  va mazmuni  o’zgartiriladi. 
Mashqlarning  almashinishi.  Darsning  tayyorgarlik  qismi  ko’pincha 
saflanish  mashqlarini  bajarish  bilan  boshlanadi.  Harakatlanishlarning  turlari 
yoki  saflanish  mashqlari  bilan  almashtiriladi  yoki  bevosita  ulardan  keyin 
bajariladi.  Darsning  tayyorgarlik  qismi,  odatda,  umumrivojlantiruvchi 
mashqlar  majmuasi  bilan  yakunlanadi.  Biroq  ayrim  hollarda,  darsning  aso-
siy  qismi  mazmuniga  qarab,  umumrivojlantiruvchi  mashqlar  turli  хildagi 
harakatlanishlardan  oldin qo’llanilishi mumkin. 
Umumrivojlantiruvchi  mashqlar  majmuasida  shiddatining  ortib  bor-
ishiga  qarab  taqsimlanadi  hamda  mo’ljallanganligiga  qarab  almashinadi. 
Majmua  oldidan  past  shiddatli,  sekin  maromda  bajariladigan,  me’yori  che-
klangan  mashqlarni  berish  zarur.  Majmuani  bajarish  davomida  harakatlar 
amplitudasi,  sur’ati va me’yorlanishi  ortib boradi. 

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish