Mehnat nizolarini sudda ko'rib chiqish tartibi
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar fuqarolik sudi ishlarini yuritishning umumiy qoidalari, ya'ni da'vo ishlarini yuritish tartibida ko'riladi.
Bunday turkumdagi fuqarolik ishlari o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar nizoli moddiy-huquqiy munosabatlarga xos bo'lib, faqat moddiy huquq, ya'ni mehnat huquqi normalarida emas, balki fuqarolik protsessual huquq normalarida ham nazarda tutilgan. Bu xususiyatlar sudyalar tomonidan mehnat ishlari bo'yicha da'vo arizalarini qabul qilishda, sud majlisida ko'rish uchun ularni tayyorlashda va ish yuritishning keyingi boshqa bosqichlarida ham e'tiborga olinishi kerak.
Quyidagilar mehnat nizosini ko'rishni so'rab sudga murojaat qilish huquqiga egadirlar:
l)xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik or-gani;
mehnatning huquq bo'yicha inspektori;
ish beruvchi, xodim tomonidan yetkazilgan zararni qoplash haqi-dagi nizolar bo'yicha mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo'lmagan taqdirda;
prokuror.
Sudya bunday ishlar bo'yicha arizalarni qabul qilishda O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi (FPK)ning 31 va 239-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidaga amal qilib, shunday ishlarning sudga taalluqli yoki taalluqli emasligini belgilashi lozim. Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlarning sudga taalluqli yoki taalluqli emasligi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1998 yil 17 apreldagi Plenumining qarorida ko'rsatib o'tilgan.
Nizoning predmetiga va ishda qatnashuvchi subyektlarga qarab, mehnat huquqi normalarida bunday ishni hal qilishning har xil tartibi belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 260-moddasida ko'r-satilganidek, xodim mehnat nizolari bo'yicha mehnat nizolari ko-missiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli. Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko'ra, xodim o'z xohishiga bilan quyidagi hol-larda mehnat nizosini hal qilish uchun mehnat nizolari komissiyalariga murojaat etmasdan, bevosita tumanlararo, tuman (shahar) sudlariga ariza bilan murojaat qilishga haqli:
l)agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan bo'ls
2)ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat'i nazar, ishga tiklash, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta'rifini o'zgartirish to'g'risida, majburiy progul yoki kam haq to'lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to'lashga doir bo'lsa;
ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni xodimdan undirib olish haqida bo'lsa;
mehnat nizolari mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog'lig'iga shikast yetkazilgani oqibatida, shu jumladan ma'naviy yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning ish beruvchi tomonidan to'lanishi haqida bo'lsa;
Mehnat kodeksi 78-moddasining 2-qismida nazarda tutilganidek, ishga qabul qilish rad etilganligi haqida bo'lsa;
ish beruvchi va kasaba uyushma qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan oldindan kelishib, hal etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan, shuningdek boshqa korxonalardan o'tkazish tartibida ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etish, bandlik hisobidan ishga yuborilgan 18 yoshga to'lmagan shaxslarni, nogironlarni, homilador va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni, 14 yoshga to'lmagan bolasi bor (16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor) onalarni, qonunga muvofiq, mehnat shartnomasi tuzishi shart bo'lgan boshqa shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik to'g'risidagi nizolar bo'yicha.
Mehnat kodeksi 269-moddasining 1-qismida sanab o'tilgan mehnat nizolaridan boshqa nizolar ham xodimning xohishiga ko'ra bevosita tumanlararo va tuman (shahar) sudlarida ko'riladi.
Qonunlar mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko'rilmagan degan vaj bilan xodimning arizasini ko'rib chiqishni sudda rad etilishiga yo'l qo'ymaydi. Mehnat nizolarini tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ko'rish tartibi O'zbekiston Respublikasining Mehnat va Fuqarolik-protsessual kodekslari hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish, o'zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo'llanishi haqida»gi 1998 yil 17 aprel qarorida belgilab berilgan.
Da'vo arizasini qabul qilishni rad etish va mehnat ishi bo'yicha qo'zg'atilgan ishning bekor qilinishi FPKning 152 va 160-moddalarida nazarda tutilgan barcha asoslar bo'yicha amalga oshiriladi. Da'vo arizasi FPKning 145-moddasida ko'rsatilganidek, javobgarning yashab turgan joyidagi sudga beriladi.Xodimlar mehnat haqini undirish va mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar to'g'risidagi da'volar yuzasidan davlat daromadlariga sud xarajatlarini hamda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadilar. Bunday talablar qanoatlantirilganida, sud xarajatlari da'voning qanoatlantirilgan qismiga nisbatan javobgardan undiriladi. Agar da'vo talablari rad etilsa, sud xarajatlari davlat hisobiga o'tkaziladi. Bu mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarga xos xususiyatlardir.
Sudga, avvalo, mehnat nizolarini ko'rish komissiyasida ko'rilgan nizo bo'yicha ariza tushsa, unda sud bu masala bo'yicha mehnat nizolarini ko'rish komissiyasi majlisi bayonnomasining ko'chirmasi topshirilishini talab qilishi lozim. Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlarning protsessual xususiyatlaridan biri unda boshqa fuqarolik ishlariga nisbatan qisqa muddat belgilanganidir.
Mehnat nizosini hal qilishni so'rab sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilish uchun muddatlar quyidagicha belgilanadi:
ishga tiklash nizolari bo'yicha - xodimga u bilan mehnat shart-nomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;
xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to'lash haqidagi nizolar bo'yicha - zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma'lum bo'lgan kundan boshlab bir yil;
-boshqa mehnat nizolari bo'yicha - xodim o'z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab uch oy;
-xodimning sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo'yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.
Mehnat nizolari komissiyasi yoki sudning qarori bilan xodim g'ay-riqonuniy asosda ishdan bo'shatilgan taqdirda, u darhol ishga qayta tiklanishi lozim. Mehnat nizolari komissiyasi yoki sud ishga tiklash to'g'risida qaror qabul qilish bilan bir vaqtda, xodimga majburiy progul vaqti uchun o'rtacha ish haqini to'lash yoki kamroq haq to'lanadigan ishni bajargan vaqt uchun oyligidagi farqni to'lash haqida qaror qabul qiladi, biroq bu muddat bir yildan oshmasligi kerak.
Shuningdek, xodimni g'ayriqonuniy ravishda ishdan bo'shatish yoki boshqa ishga o'tkazishda aybdor bo'lgan mansabdor shaxs zimmasiga progul qilingan yoki kamroq haq to'lanadigan ishni bajargan vaqt uchun mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan oshmaydigan miqdorda haq to'lash javobgarligi yuklatiladi. Ishdan bo'shatish sababining ta'rifi noto'g'ri yoki amaldagi qonunlarga muvofiq emas, deb topilgan taqdirda, mehnat nizolari komissiyasi yoki sud uni o'zgartirishi va amaldagi qonunlarga muvofiq ta'riflashi shart.
Agar ishdan bo'shatish ta'rifining noto'g'riligi xodimning ishga joylashishiga to'sqinlik qilsa, bir vaqtning o'zida unga majburiy progul vaqti uchun o'rtacha ish haqi to'lash to'g'risida qaror chiqariladi, biroq bu muddat bir yildan oshmasligi kerak. Bunday hollarda mehnat daftarchasiga kiritilgan yozuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi, xodim esa mehnat daftarchasining haqiqiy emas deb topilgan yozuvi qayd etilmagan dublikatini berishni talab qilishga haqlidir.
G'ayriqonuniy ravishda ishdan bo'shatilgan yoki boshqa ishga o'tka-zilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash, ishdan bo'shatish sababining ta'rifini o'zgartirish, shuningdek xodimga ish haqi berish to'g'risidagi qarorlar darhol ijro etilishi lozim. Agar qarorning ijrosi ish beruvchi tomonidan kechiktirilsa, sud unga kechiktirilgan davr uchun o'rtacha ish haqi yoki shu ish haqi o'rtasidagi farqni to'lash to'g'risida ajrim chiqaradi.
Fuqarolik-protsessual kodeksning 131-moddasiga ko'ra, mehnat nizolari birinchi instansiya sudi tomonidan 10 kunlik muddat ichida ko'rilishi lozim. Shuningdek, ishning boshqa muddatda ko'rilishi ham Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan. Mehnat ishlarini sudda ko'rish uchun tayyorlash alohida ahamiyatga egadir. Sudya ishni ko'rishga tayyorlashga kirishganda FPKning 158-160-moddalari talablarini aniq bajarishi lozim. Ishga tiklash to'g'risidagi va boshqa nizolar bo'yicha mehnat nizolari komissiyasining qarori ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo'mitasi yoxud xodimlar boshqa vakillik organining vakillari o'rtasidagi kelishuvga binoan qabul qilingan taqdirda, sud qarorning nusxasini talab qilib olishi kerak.
Sudlar mehnat intizomini buzish bilan bog'liq bo'lgan ishlarni ko'rganda, xodimning mehnat intizomini buzadigan xatti-harakatlarni qilgan-qilmagani, ish beruvchi unga nisbatan ta'sir etish choralarini qo'llagan-qo'llamaganini aniqlashi kerak bo'ladi.
Da'vogar da'vodan har vaqt voz kechishga haqli bo'lgani tufayli mehnat nizolarining sudda ko'rilishi kelishuv bitimi bilan tugatilishi mumkin. Mehnatga oid ko'p masalalar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinganligi tufayli bunday masalalar yuzasidan kelishuv bitimlarini tuzish kamdan-kam uchraydi.
Ishga tiklanish to'g'risidagi da'vo qanoatlantirilganida, xodimning qayerga va qanday ishga (mansabga) tiklanishi lozimligi qarorda ko'rsatiladi. Uning noiloj bekor yurgan vaqti uchun korxonadan undiriladigan summaning miqdori ham belgilanadi. Ish haqini undirish to'g'risida nizo kelib chiqqanda, mehnat nizolarini ko'ruvchi organ qonunga binoan xodimning pul undirishga doir quyidagi talablarini to'liq qondiradi:
-mehnat shartnomasi bekor qilinganida xodimga mehnat daftarcha-sini o'z vaqtida bermaganlik oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq to'lash to'g'risidagi;
-mehnat nizolarini ko'ruvchi organning xodimni avvalgi ishiga tiklash to'g'risidagi qarorini ish beruvchi ijro etmaganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul uchun;
- foydalanilmagan ta'til uchun xodimga tegishli bo'lgan kompen-satsiyani to'lash to'g'risida.
Bunday talablar bir yildan ortiq bo'lmagan muddat uchun qondiriladi. Xodimning pul undirishga doir boshqa talablari 3 yildan ortiq bo'lmagan muddat uchun qondiriladi. Xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo'yicha sudga murojaat qilganlarida, sud xarajatlarini to'lashdan ozod etiladilar.
Mehnat nizolari yuzasidan mehnat nizolarini ko'rish komissiyasi, shuningdek sudning chiqargan qarorlari asosida xodimga to'langan pul summalari ushbu qarorlar bekor qilingan taqdirda ham qaytarib olinishi (qaytarma ijro qilinishi) mumkin emas. Agar xodim yolg'on ma'lumotlar taqdim etgan, soxta hujjatlar berganligi tufayli bunday g'ayriqonuniy qaror qabul qilingan taqdirda, to'langan pullar xodimdan qaytarib olinishi mumkin.
Ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda, shu jumladan qonunlarni noto'g'ri qo'llash natijasida ortiqcha to'lab yuborilgan pul summalari ham, basharti, bu xodimning yolg'on ma'lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etishi oqibatida yuz bermagan bo'lsa, undan qaytarib olinishiga yo'l qo'yilmaydi. Xodimning yolg'on ma'lumotlar yoki soxta hujjatlar bergani sud qarori yoki hukmiga ko'ra ko'rsatib o'tilishi lozim.
Mehnatga oid fuqarolik ishlarining muhim protsessual xususiyat-laridan yana biri ishga tiklash va ish haqini undirish to'g'risidagi ishlar bo'yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlarining darhol ijro etilishidir. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishi uchun qaror chiqarilgan vaqtda sudya da'vogarga summani undirish haqidagi varaqani berishi lozim.
Mehnat nizolarining ijro bosqichi ham o'ziga xos xususiyatga ega. Ijroga oid qoidalarga muvofiq, xodimlarning mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablari birinchi navbatda qanoatlantiriladi. Xodimni ishga tiklash va ish haqini undirish to'g'risidagi ishlar bo'yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlarining darhol ijro etilishi lozimligi tufayli bunday qarorlar ijrosi ham to'xtatilishi mumkin emas.
www.UzReferat.ucoz.net
Do'stlaringiz bilan baham: |