O’ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
“Kompyuter injiniringi” fakulteti
“Axborot texnologiyalari” kafedrasi
“Kompyuter ko’rish” fanidan
Mustaqil ish
Tasvirlarga Image Processing Toolbox dasturiy kompleksi orqali raqamli ishlov berish
Bajardi: Xo’jaqulov H.
Qabul qildi: Rasulov A.
KIRISH.
I BOB. Tasvirlarga Image Processing Toolbox dasturiy kompleksi orqali raqamli ishlov berish
Image Processing Toolbox tushunchasi, uning vazifalari va mazmuni
Rasmlarni taxlil qilish imhist, impixel, mean2, corr2 - funksiyalari yordamida
Rasmlarni yaxshilash histeq, imadjust, imfilter, fspecial - funksiyalari yordamida
Tasvirni segmentatsiya qilish qtdecomp, edge va roicolor - funksiyalari yordamida
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Ko’p xollarda, matematik jihatdan tasvir o’zidan ikkita fazoviy o’zgaruvchili funksiyani aks ettiradi. Nuqtadagi funksiyaning qiymati ushbu nuqtadagi intensivlik darajasiga ekvivalent hisoblanadi.
Tasvirni qayta ishlashda qo’llaniladigan ba’zi o’zgartirishlar:
1. Fure o’zgartirishi.
2. Diskret kosinus o’zgartirish.
3. Radon o’zgartirishi.
4. Proeksion o’zgartirish.
Atama
|
Ta’rif
|
Diskret o’zgartirish
|
Bu o’zgartirish turida,
boshlang’ich va natijaviy ma’lumotlar
diskret qiymatlar ko’rinishida bo’ladi.
MATLAB da amalga oshirilgan diskret
o’zgartirishlar, xususan, Image Processing
Toolbox Fure o’zgartirishi va diskret
kosinus o’zgartirishni o’z ichiga oladi
|
Chastota sohasi
|
Tasvir turli chastotali davriy
signallar summasi sifatida namoyish
etilgan soha.
|
Fazoviy soha
|
Tasvir fazodagi nuqtalar
ko’rinishida namoyish etilgan, har biriga
intensivlikning qandaydir qiymati mos
keladi.
|
O’zgartirish
|
Tasvirni alternativ matematik
ko’rinishi.
|
Tasvir sifatini oshirish shartli ravishda ikkiga bo’lish mumkin. Birinchisi
ta’mirlashdir, ya’ni olingan tasvirdagi xatoliklarni yo’qotib, benuqson yoki shunga yaqin tasvir olishdir. Masalan, tasvirdagi yoyilish (ya’ni tasvirning yuvilib ketishi ), sochma dog’lar, o’lcham va shakllarning buzilishini yo’qotish kabi muammolarni yechish. Ta’minlashni yorkin ifodalovchi misol-tasvirdagi atmosfera xodisalari ta’siri, masalan, tasvirning yoyilishining yo’qotishdir. Boshka misol su’niy yo’ldoshlardan olingan tasvirlarga yer suyriligi va atmosfera ta’siri, rentgent (tibbiyot) tasvirlarning kamchiligini yo’qotish va xokazo.
Tasvirlar sifatini oshirishning ikkinchi usuli – bu tasvirni is’temolchi idrok etish uchun qulay xolga keltirish, masalan turli soxalarning chegaralarini kuchaytirish, yaqin joylashgan nuqtalar orasidagi farqni kamaytirish, tasvir tiniqligini oshirish, turli sohalarni turli rangda berish (masalan biologik va tibbiy masalalarda) va boshkalar mana shu usulni qo’llanishiga misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |