Magistraturaga kirishda o‘tkaziladigan sinov fanlari bo‘yicha kiruvchilar bilimini
baxolash
MEZONLARI
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yuqori
malakali yetuk mutaxassislarga bo‘lgan extiyojni qondirish maqsadida, magistraturaga qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning
qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari
to‘g‘risida”gi 2021 yil 22 iyundaagi PQ-5157-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish,
talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi
nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-son qarori bilan tasdiqlangan 2-ilova “Oliy ta’lim
muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida
amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi
“Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va
o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2017-yil 20-
iyundagi 393-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 360-son
qarorining 3-bandining 2-ilovadagi 14-kichik bandi asosida:
1. Magistraturaga kiruvchilar kirish sinovlarini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent
axborot texnologiyalari universitetida o‘qiydigan tillar, ya’ni o‘zbek va rus tillarida topshiradilar.
2. Magistraturaga kirishda tanlangan mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan sinov.
Magistaturaga kirishda tanlangan mutaxassislik bo‘yicha bilim darajasini belgilovchi maxsus
fanlardan sinov o‘tkaziladi, baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil qiladi. Sinov
maxsus yozma ish ravish tashkil etilib, magistraturaga kiruvchining tanlangan mutaxassislik
bo‘yicha nazariy bilimi aniqlanadi. Maxsus fanlar bo‘yicha savollar ushbu fan dasturi asosida
tuzilgan. Har bir variant 3 ta savoldan iborat bo‘lib, variantdagi har bir savolga olish mumkin
bo‘lgan ball miqdori 33, 33 va 34 ballni tashkil etib, jami 3 ta savolda maksimal 100 ballni
to‘plash mumkin.
Mutaxassislik bo‘yicha har bir savolga javob to‘g‘ri va to‘liq yoritilsa, savolning ahamiyati,
amaliy jihatlari, natijalari mustaqil aniq fikrlar asosida muammolarga jiddiy yondashilgan holda
yoritilsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilgan bo‘lsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 28-33 (29-34)
ball oralig‘ida baholanadi.
Berilgan savolga to‘g‘ri javob yozilsa, javoblar ilmiy-amaliy jihatdan asosli, mantiqli
yoritilgan bo‘lsa, biroq ta’lim islohatlarni bugungi yangilanishlar amaliyoti bilan bog‘lashda
ayrim noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 23-27 ball oralig‘ida
baholanadi.
Savolga asosan to‘g‘ri javob yozilsa, biroq qo‘yilgan masalaning mohiyati, mazmuni,
natijalari yuzaki yoritilsa, fikr-mushohada bayonida tarqoqlik kuzatilsa o‘zlashtirish ko‘rsatkchi
Do'stlaringiz bilan baham: |