Kirish
5350600 – Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik bakalavriatura ta’lim
yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va
zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar Davlat ta’lim standartida
keltirilgan.
“Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yunalishida tahsil olishdan asosiy
maqsad talabalarga axborot-kutubxona muassasalarida qo‘llaniladigan fanlar asoslarini
o‘rgatish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo‘lishlari hamda olingan
bilimlari asosida o‘qitish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarni ta’minlashdan
iboratdir.
5A350602 – Elektron kutubxona va arxivlar mutaxassisligi dasturning vazifasi
quyidagilardan iborat:
mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
elektron-kutubxonalarda davlatni ichki va tashqi siyosatlarini olib borish,
arxivlarning rivojlanishidagi axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini
tushunish, jumladan davlat sirini himoya qilish talablariga, rioya qilish qobiliyatiga ega
bo‘lishni o‘rganish;
talab va taklif funksiyalarini tuzish va ular yordamida foydalanuvchilarni tahlil
qilish va xulosalar chiqarish;
internet tarmog‘idan axbrotlarni olish, saqlash, qayta ishlab chiqarishning asosiy
metodlari, usullari va vositalariga ega bo‘lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida
kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, va ular yordamida axborot-
kutubxonaning to‘liq matnli elektron resurslar fondini yaratishni tahlil qilish;
axborot-kutubxona muassasalarida global kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar
bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi va ishlab chiqarish omillari bozorini,
raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish;
zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va axborot-kutubxona
muassasalarining ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari
monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish, mehnat
bozoriga ta’sirini o‘rganish.
Dastur ijtimoiy – gumanitar, umumiqtisodiy, axborot texnologiyalari, informatika
,tabiiy va matematik fanlar bilan uzviy aloqador bo‘lib, bu fanlar talabalarning shu
sohadan olayotgan bilimlarini chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi.
5A350602 – Elektron kutubxona va arxivlar mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga
kiruvchilar, umumiy tarzda quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak:
axborot-kutubxona faoliyati sohasining tashkiliy tuzilmasi, holati;
foydalanuvchilarga yangi axborotni zudlik bilan yetkazish;
jamiyatni axborotlashtirishda aloqa va axborotlashtirish sohasini roli;
soha axborot-kutubxona muassasalarining salohiyatini shakllanishi;
qarorlarni qabul qilishda axborot-kutubxona ta’minoti;
axborot-kutubxona faoliyati tahlilining asosiy usullari va uslublari (metodlari);
Do'stlaringiz bilan baham: |