Aslini olganda, Qo‘qonda 7 – 8 iyunda bo‘lgan qonli voqealarni mesxeti turklariga aloqador Farg‘ona fojialari (Quvasoy, Marg‘ilon, Farg‘ona, Toshloq va h.k) bilan bog‘lash unchalik to‘g‘ri emas. Chunki Qo‘qonda mitingga chiqqan tinch aholi sovet askarlari va milisionerlar tomonidan o‘qqa tutildi. Ularning talablari esa quyidagicha bo‘lgan: “1. Yangi Qo‘qondagi ximiya kombinati yopilsin. 2. Ishsizlar ish bilan ta’minlansin. 3. Yosh oilaliklar alohida uy bilan ta’minlansin. 4. Oylik ish haqini oshirish masalasi ko‘rib chiqilsin. 5. 7 iyunda tinch aholiga o‘q uzganlar javobgarlikka tortilsin. 6. Paxta plani kamaytirilsin va xarid narxi oshirilsin” - Aslini olganda, Qo‘qonda 7 – 8 iyunda bo‘lgan qonli voqealarni mesxeti turklariga aloqador Farg‘ona fojialari (Quvasoy, Marg‘ilon, Farg‘ona, Toshloq va h.k) bilan bog‘lash unchalik to‘g‘ri emas. Chunki Qo‘qonda mitingga chiqqan tinch aholi sovet askarlari va milisionerlar tomonidan o‘qqa tutildi. Ularning talablari esa quyidagicha bo‘lgan: “1. Yangi Qo‘qondagi ximiya kombinati yopilsin. 2. Ishsizlar ish bilan ta’minlansin. 3. Yosh oilaliklar alohida uy bilan ta’minlansin. 4. Oylik ish haqini oshirish masalasi ko‘rib chiqilsin. 5. 7 iyunda tinch aholiga o‘q uzganlar javobgarlikka tortilsin. 6. Paxta plani kamaytirilsin va xarid narxi oshirilsin”
SSSRda mavjud bo‘lib turgan o‘sha paytdagi siyosiy vaziyatda Markaz hamon kuchli bo‘lib, har qanday xatti-harakatlar, jumladan, qurolli harakatlar sodir qilgan va qilishga ham katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan va tayyor turgan sharoitda O‘zbekistonning suvereniteti to‘g‘risidagi Mustaqillik Deklarasiyasi respublika ijtimoiy hayotida juda katta siyosiy voqea bo‘ldi. Chunki sovet qo‘shinlari tomonidan 1989 yil aprelda Tbilisida, 1989 yil 8 iyunda Qo‘qonda, 1991 yil 12 – 13 yanvarda Vilnyusda tinch namoyishga chiqqan odamlar o‘qqa tutilishi natijasida yuzlab kishilar halok bo‘lgan edi . 1989 yil may-iyundagi Farg‘ona fojialari hamda 1990 yil iyunda O‘shda o‘zbek xalqining o‘ldirilishi esa alohida mavzu hisoblanadi. Xullas, Mustaqillik Deklarasiyasi respublika milliy davlat mustaqilligining huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish uchun katta xizmat qildi. - SSSRda mavjud bo‘lib turgan o‘sha paytdagi siyosiy vaziyatda Markaz hamon kuchli bo‘lib, har qanday xatti-harakatlar, jumladan, qurolli harakatlar sodir qilgan va qilishga ham katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan va tayyor turgan sharoitda O‘zbekistonning suvereniteti to‘g‘risidagi Mustaqillik Deklarasiyasi respublika ijtimoiy hayotida juda katta siyosiy voqea bo‘ldi. Chunki sovet qo‘shinlari tomonidan 1989 yil aprelda Tbilisida, 1989 yil 8 iyunda Qo‘qonda, 1991 yil 12 – 13 yanvarda Vilnyusda tinch namoyishga chiqqan odamlar o‘qqa tutilishi natijasida yuzlab kishilar halok bo‘lgan edi . 1989 yil may-iyundagi Farg‘ona fojialari hamda 1990 yil iyunda O‘shda o‘zbek xalqining o‘ldirilishi esa alohida mavzu hisoblanadi. Xullas, Mustaqillik Deklarasiyasi respublika milliy davlat mustaqilligining huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish uchun katta xizmat qildi.
- Qarang: Istoriya Rossii XX vek. Pod redaksiy V.I. Menkovskogo i O.A. Yanovskogo. Minsk: RIVSH, 2005. –S. 653.
- Qarang: Filosofiya jestokosti. Chas shakala. Moskva, 2011. -200 str; Rajabov Q., Qandov B. Jahon tarixidagi sulola va davlatlar. 3-kitob. Ikkinchi nashri. – B. 107.
Do'stlaringiz bilan baham: |