Ўзбекистон – Хитой муносабатлари


Xitoy xalq respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti



Download 58 Kb.
bet2/6
Sana18.02.2022
Hajmi58 Kb.
#453378
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Жахон иктисодиёти фанидан

Xitoy xalq respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti.

Xitoy Xalq Respublikasida qo‘shma korxonalar ochishda keng yo‘l berib qo‘yilgan, deb eshitamiz. Tashqi iqtisodiy aloqalardagi burilishida asosiy yo‘nalish, sizningcha, qaysi tomonga qaratilgan?


Iqtisodiy islohotlarning tub mohiyatiga qaraydigan bo‘lsak, quyidagi yo‘nalish ko‘zga yaqqol tashlanadi. Xitoyda qo‘shma va chet el tadbirkorlarini ravnaq toptirishga zo‘r berilayapti. Xorij mablag‘ini jalb etishning quyidagi shakllari mavjud: qo‘shma korxonalar, shartnoma asosida ochilgan korxonalar hamda butunlay chet el fuqarolariga qarashli korxonalar. Ma’lumki, qo‘shma korxonaning asosiy belgilari shunday birgalikda mablug‘ sarf etiladi, xo‘jalik faoliyati birgalikda yuritiladi, birgalikda idora qilinadi, ko‘rilgan foyda yoki zarur miriklarning nizomga ko‘ra to‘plangan kapitalidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Uning shartnoma asosida oqchilagn korxonadan farqi nimada?
Shartnomaviy korxonalar ham miriklarning mablag‘larini birlashtirish yo‘li bilan barpo etiladi. Biroq daromad yoki ziyon kapitaldagi umumiy ulushga bog‘liq bo‘lmaydi, balki tomonlar imzonalangan shartnomada oldindan belgilab qo‘yiladi. Binobarin foydani taqsimlashdagi mutanosiblik qoida tariqasida hamkorlikning butun davomida o‘zgarib turadi. Korxona faoliyatining dastlabki bosqichida, ya’ni kapital halii qonlanmagan paytda xorijiy yirik ulishi odatda Xitoyliklikidan ko‘proq bo‘ladi va 60-70 foizni tashkil etadi. Mablag‘ qoplangach, xitoylik yirikning ulushi ortib boradi. Shartnomaviy korxonalar mustaqil xo‘jalik birligi hamda huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lishlari mumkin.
1979-1988 yillar mobaynida xorij kapital ishtirokida 16 mingga yaqin korxona barpo etildi. Shundan 7800 tasi qo‘shma, 7680 tasi shartnomaviy va 424 tasi chet el korxonalari bo‘lib, xorijdan jalb qilingan mablag‘ 28 milliard dollarga yetdi. 7 mingga yaqin korxona xozirning o‘zidayoq xo‘jalik faoliyatlarini yo‘lga quyib yuboran. 1988 yil yilda, sovet iqtisodchilarning bahosiga qaraganda, xorij kapitali qo‘shilgan korxonalar mamlakat yalpi sanoat mahsulotining taxminan 1,6 – 1,8 foizini bergan. Qo‘shimcha va chet el tadbirkorligining sanoat ishlab chiqarishdagi salmog‘i hali u qadar katta bo‘lmasa-da Xitoy Xalq Respublikasi xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ulishi sezilib turibdi.
Avvalo shuni aytish kerakki, hamkorlikning bunday shakli XXR uchun chet el texnologiyalarini olish usullarini orasida eng samaralisidir. Nega deganda u, birinchidan texnologiyani o‘zlashtirishdan xorijiy sherikning manfaati yuqori bo‘lishini ta’minlacha, ikkinchidan Xitoy tomoni undan uunumli foydalanishga, tinmay takomillaashtirib borishga harakat qiladi. Bir qator qo‘shma korxonalarning ta’sis xujjatlarida texnologiyalarni topshirish shartlari Xitoy uchun maqbul hisoblanadi. Chunki ularda butun hamkorlik mobaynida takomillashgan barcha texnologiyalarni qoldirish ko‘zda tutilgan. Masalan Xitoy-Shvetsariy – Gongong qo‘shma korxonasi “Chayna Shindler”ning ta’sis xujjatlarida shartnoma muddati 25 yil mobaynida yaratilgan jamiki ixtirolar yoki texnologiyasi mazkur korxonaning o‘ziga tekin berishi alohida banddan ko‘rsatib qo‘yilgan. Bundan tashqari Xitoyga nizomdagi kapitalga hissa tariqasidagi keltirilgan ba’zi xil texnologiyalarni litsenziya savdosi yo‘llari bilan olish mumkin emas, sabab yuksak texnologiyalarni sotsialistik mamlakatlarga yetkazib berish cheklangan. Masalan, Xitoy “Bell telefon ekvinment” qo‘shma korxonasi orqali bir qancha turdagi asbob-uskunalarga ega bo‘ldi, vaxolanki, ilgari ularni litsenziyalar sotib olish yo‘li bilan qo‘lga kiritishga urinishlar zoye ketgan edi.
Xitoy qo‘shma va chet el tadbirkorligiga keng imkon ochib, kompyuterlar, turli xil integral chizmalar, zamonaviy aloqa vositalari, avtomat nazorat – o‘lchov apparatlari kabi oliy darajadagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari mamlakatda uzoq foydalaniladigan iste’mol buyumlari, birinchi navbatda ro‘zg‘or elektronika mahsulotlari katta miqdorda ishlab chiqarilmoqda.
Bunday mollar esa O‘zbekistonda nihoyatda kamyob hisoblanadi. Hozirgi paytda Xitoyda har yili 7 milliiontaga yaqin televizor ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, uning 14 foizga yaqini ikki qo‘shma korxona – “Futszyan Xitachi” va “Syaien oversiz chayniz elektrik indastri” hissasiga to‘g‘ri keladi. Qo‘shma tadbirkorlik avtomobil sanoatini rivojlantirishga katta yordam berdi. Bu taarmoqlarda tashkil etilgan “Shanxay folksvagen”, “Beytszin Djip”, “Guan-jou Pejo” singari qo‘shma korxonalar 1988 yilda butun Xitoyda tayyorlangan avtomobiilning 12 foizini yetkazib berdi. Yani shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, qo‘shma korxonalar ochilgach, zamonaviy yengil avtomoshinalar ishlab chiqarila boshlandi.
Bunga qadar Xitoy sanoati 50 yillardagi sovet modellarini, ya’ni eskirib qolgan konstruksiyadagi avtomobiillarni ishlab chiqarardi. Yana bir gap, Chet el kapitali bilan hamkorlik shu asosda ishga tushirilgan korxonalarning iqtisodiy samaradorligiga ijobiy ta’ssir ko‘rsatdi. Sobiq sovet olimlariniing baho berishlaricha, xorij kapitali qo‘shilgan korxonalarda mehnat unumdorligini umuman mamlakatdagi nisbatan o‘rtacha ikki barobar yuqori ekan.
Muammo har sohada har qanday ishda bo‘ladi. Jumladan chet el kapitalini jalb etish yo‘li ochilgan Xitoy korxonalarining xo‘jalik faoliyatini tashkil etishda ham qator muammolar mavjuddirki, ular hamkorlikning bu shaklini rivojlantirishga to‘sqinlik qilib, samaradorlikni cheklab qo‘ymoqda. Korxonalarning valyuta bilan ta’minlanishi sohasida qiyinchiliklar ro‘y bermoqda. Xitoy puli erkin muomalada bo‘lmaganligi uchun qo‘shimcha korxonalar eksport qilingan mahsulotdan import xom-ashyo va to‘liqloqchi buyumlar keltirish, muxojir mutaxassislarga to‘lanadigan mehnat haqi xarajatlarini qoplash maqsadida yetirli miqdorda valyuta olishga xorijiy sherik ko‘rgan foydaning bir qismini chegaradan chiqarib yuborishga majburdirlar. Ba’zi xisob-kitoblarga qaraganda, korxona o‘zini-o‘zi valyuta bilan qoplashi uchun mahsulotning 25-30 foizini eksport qilishga to‘g‘ri keladi.
Binobarin, xorijiy firmalarning Xitoyga pul kiritishdan asosiy maqsadi ichki bozorga yo‘l ochishdir. Bizningcha, bunday muammoni murosaga kelishga intilish yo‘li bilangina hal etish mumkin.
Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining balyuta bilan o‘zni-o‘zi qoplash muammosiga munosabati ochiq taqshi iqtisodiy siyosat yuritish davrida muayyan evolyutsiyani boshdan kechirdi. Qo‘shma korxonalarning valyuta daromadlari va xarajatlarini maqbullashtiirish jumbog‘ini yechishga dastlab bundan to‘qqiz yil burun urinib ko‘rilgandi. Xitoy Xalq Respublikasi xukumati tomonidan 1989 yil 19 iyunda tasdiqlangan xorijiy xitoylarning korxonalari va Xitoy chet el qo‘shma korxonalariga nisbatan valyuta nazoratini amalga oshirish qoidalari degan xujjatda qo‘shma korxonalarga import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ichki bozorda chet el valyutasiga sotishga ruxsat berilgan edi. O‘sha yil sentabrida Xitoy Xalq Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasining xitoy chet el qo‘shma korxonalari to‘g‘risidagi qonuni qo‘llanish tartibiga oid qoidalar qabul qilindi, unga ko‘ra import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni barpo etish imkoniyatlari kengaytirildi, viloyatlar, muxtor rayonlar va markazga bo‘ysunuvchi shaharlarning ijroiya maxkamalari qo‘shma korxonalarning valyuta balaanssidagi kamomadni o‘z mablag‘lari hisobidan qoplashlari zarurligi belgilab qo‘yildi.
Biroq qonunchilik qoidalarning palapartishligi hamda 1985 yilda mamlakat valyuta rezervi kamayishi shunga olib keldiki, qo‘shma korxonalar nafaqat mahaalliy xatto markaziy mahkamalardan ham yordam ololmay qoldilar. Keyingi bir necha yil davomida qo‘shma korxonalarning valyuta bilan o‘zini-o‘zi qoplashi muammosi keskinligi ancha yumshaydi. Xitoy xukumatining valyuta masalalarini hal etishga ustalik bilan yondosha boshlaganligini natijasi bu. Mamlakatda bir qator qonun xujjatlari qaul qilindi, oqibatda qo‘shma korxonalar uchun chet el valyutasidagi daromadlar va xarajatlardagi maqbullashtirishda keng imkoniyatlar ochildi. Avvalo ilg‘or texnologiyalardan, foydalaniladigan, import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar imtiyozlarga ega bo‘lishdi. Xitoy Xalq Respublikasi xukumati 1986 yil 15 yanvarda qabul qilingan “Xitoy chet el qo‘shma korxonalarning xorij valyutalaridagi daromad va xarajatlari balansi haqida nizom”ga muvofiq shu toifaga kiruvchi qo‘shma va shartnomaviy korxonalar Davlat reja komiteti yohud mahalliy rejalashtirish mahkamalarining roziligi bilan o‘zlarining xatto yuz foizgacha bo‘lgan mahsulotlarini ichki bozorga sotishlari mumkin. Bunday korxonalar barpo etishni tasdiqlagan organlar zarur bo‘lib qolganda ularning valyuta kamomadini to‘ldirishga yordam berishlari shart.
Davlat reja komiteti 1987 yil noyabrda chiqargan “importning o‘rnini Xitoychi – chet el qo‘shma korxonalarining mahsulotlari bilan to‘ldirish usullari” deb nomlangan xujjatda xujjatda importbop mahsulotlarga nisbatan aniq talablaar, jumladan texnik tavsifi, sifati, narxi hamda import o‘rnini bosimni tasdiqlovchi aniq xolatlari belgilab qo‘yildi.
Xitoy Xalq Respublikasida maxsus valyuta operatsiyalari markazlarida chet el pulini olish yo‘llariga quyilganligi turli qo‘shma korxonalar o‘zini-o‘zi valyuta bilan qoplashini ta’minlashda tobora muhim ahamiyat kasb etib borayapdi. Ana shunday markazlardan birinchisi 1986 yilda Xitoy Xitoy Respublikasining maxsus iqtisodiy makoni hisoblanganShjjenda tashkil etilgan. Bunday joylarda xorij kapitali qo‘shilgan korxonalar, davlat korxonalari, jamoa mulki hisoblangan korxonalar, barcha darajadagi xalq xukumatlari qaror topgan bozor kursi bo‘yicha chet el valyutasi sotib olishlari mumkin. Bunda maksimal kursi AQSH bir dolllari 5,7 yuandan oshmasligi lozim, vaholanki rasmiy kursi bir dollarga 3,71 yuan hisoblanadi.
Shunday qilib, maxsus iqtisodiy makonlarda belgilab qo‘yilgan cheklashlar u qadar katta emas, demak, bozor munosabatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalan: 1988 yilda ana shunday markazlarda amalga oshirilgan operatsiyalar 6,26 millard dollarga yetdi1.
Xitoy Xalq Respublikasida ichki bozordan mol sotib olish, keyin eksport qilish valyuta kamomadini qoplashning yana bir usuli hisoblanadi. 1986 yilda yanvarda Davlat kengashi qabul qilgan “Xitoy – chet el qo‘shma korxonalarining xorij valyutalaridagi daromad va xarajatlari balansi to‘g‘risida”gi nizom tufayli qo‘shma korxonalar ana shunday imkoniyatga ega bo‘ldilar. 1987 yil yanvarida Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi savdo vazirligi yo‘riqnoma bosib chiqardi, unga ko‘ra nafaqat qo‘shma va shartnomaviy korxonalarga, balki butunlay chet el fuqarolariga tegishli korxonalarga har qanday Xitoy molini markazlashgan usuldagi eksport rejasiga kiritilganidan tashqari xarid qilish, keyinchalik eksportga chiqarishga ruhsat berib qo‘yildi2.
Chet el valyutasidagi xarajatlarni eksportni kelgan daromadlar bilan qoplaydigan xorij kapitali ishtirokidagi korxonalar uchun valyuta o‘rnini to‘ldirishning quyidagi usullari mavjud:
А) markaziy yo mahalliy mahkamalar tomonidan beriladigan valyuta dotatsiyalari;
B) mahsulotni ichki bozorda qisman sotish, unga to‘la yoki qisman valyuta bilan haq olish;
V) mollarni ichki bozorda harid qilish, keyinchalik uni esportga chiqarish;
G) valyuta operatsiyasi markazlarida bozordagi kurs bo‘yicha tanga chet el pulini sotib olish.
Keyingi yillarda Xitoy rahbariyati o‘tkazayotgan mohirona iqtisodiy siyosat chet el firmalarida ishlab chiqarish sohasiga mablag‘ sarflash rag‘batini uyg‘otdi. Bu esa mahsulot beruvchi korxonalar sonining keskin o‘sishiga olib keldi. Agar 1979-1985 yillarda turli xil qo‘shma korxonalarning faqat 45 foizini ishlab chiqarish sohasiga tegishli bo‘lsa, 1988 yilda bu ko‘rsatgich 85 foizga ko‘tarildi.
Biroq, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati oldida hal etilishi lozim bo‘lgan qator muammolar turibdi. Avvalo qo‘shma korxonalarning moddiy-texnika ta’minoti masalasi. Xitoyda ham ishlab chiqarish vositalarining yagona umummilliy bozori shakllanib ulgurmagan. Aqniqrog‘i, hozircha faqat mintaqaviy bozorlar haqida gap yuritish mumkin, xolos. Ular ham o‘zaro pishiq puxta aloqada emaslar. Moddiy texnika ta’minoti mahsulotlariga narx belgilash muammosi keskin bo‘lib qolmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya xalqaro bozorda qo‘shma korxonalarning mahsuloti raqobatga chidashiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Korxonalarning yetarli darajada mustaqil emasligi ham qo‘shma tadbirkorlikning avj oldirib yuborilishiga to‘siq bo‘lmoqda. Qonunga ko‘ra ular mustaqil hisoblanadilar, biroq mahalliy va markaziy mahkamalar xo‘jalik faoliyatiga tez-tez aralashib turadilar. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan to‘siqlar, nazarimda, Xitoy Xalq Respublikasida bozor munosabatlarini yetarli darajada rivojlanmaganligidandir. Ular iqtisodiy islohot izchil amalga oshirilishii natijasidagina uzil-kesil barham topish mumkin.
Ayni paytda bizning muxtasar taxlilimiz shuni ko‘rsatadiki, Xitoy Xalq Respublikasida qo‘shma tadbiirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishning bir muncha samarali muruvvatini yaratishga muvaffaq bo‘lindi. Mavjud muammolar keskinligini ma’lum darajada yumshatishga erishildi. Bunday o‘zgartirishning qanchalik to‘g‘ri va hayotiy ekanligini vaqt ko‘rsatadi. Xitoy Xalq Respublikasining bu sohadagi tajribasini izda, O‘zbekistonda ham muvaffaqiyat bilan bemalol qo‘llasa bo‘ladi. Ta’kidlab o‘tish joizki, mening xulosam Turkiya, Janubiy Koreya, Vyetnam kabi mamlakatlar tajribasidan ham o‘rganish ijobiy, jihatlaaridan foydalanish imkoniyatlarini imkor etmaydi.



Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish