Zbekistan respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nukus davlat pedagogika instituti



Download 41,73 Kb.
bet1/3
Sana22.07.2022
Hajmi41,73 Kb.
#836408
  1   2   3
Bog'liq
Umum o’rta ta’lim maktablarining o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi bilan integratsiyalash


ÓZBEKISTAN RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

3-kurs talabasi Yahubova Svetaning


“Texnologiya ta’lim metodikasi” fanidan
MUSTAQIL ISH

Mavzu: Umum o’rta ta’lim maktablarining o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi bilan integratsiyalash.

Qabul qiluvchi: Ybraymova. S

Mavzu: Umum o’rta ta’lim maktablarining o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi bilan integratsiyalash
Reja



  1. Ta'limdagi islohotlar

  2. - umumiy o‘rta ta'lim

  3. - o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi

  4. Ta'lim tizimidagi dolzarb vazifalar.



Ta'limdagi islohotlar
“Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta'lim-tarbiyasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shu bois ta'lim jarayonining usluksizli-gini ta'minlash, o‘quv dasturlarini takomillash-tirish zarur”

Shavkat Mirziyoev


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida 2017 – 2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta'minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olgan.

Farmonga binoan ta'lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta'limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan to‘liq ta'minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta ta'lim sifatini tubdan oshirishda qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishga alohida e'tibor qaratiladi.


Xozirgi kunda maktabgacha ta'lim tizimi, umumiy o‘rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim,oliy ta'limdan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'limda davr talabiga mos o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.


Ta'lim-tarbiya jarayoniga xalqaro tajribalar asosida yangi dasturlar joriy etilib, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasi sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tariladi. MTMlarni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, ularning sifat tarkibini yaxshilash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtiriladi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017–2021 yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruh ochiladi. 3–6 yoshdagi maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olinmagan farzandlari bor 400 ming oila metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlanadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan alohida vazirlik Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi. Bu bilan Xalq ta'limi vazirligi vakolatlarining bir qismi yangi davlat tuzilmasiga o‘tkazib berildi.


O‘zgarishlar natijasida bolalarni bog‘chalarga qabul qilish 3 yoshdan amalga oshirilishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri "Barcha rivojlangan mamlakatlarda bog‘chalarga qabul qilish yoshi 3 yoshdan boshlanadi. 3 yoshgacha bolalar ko‘p kasal bo‘ladilar va jamoat joylariga qiyinchilik bilan ko‘nadilar. Shu yoshdagi bolalar bilan ta'lim va tarbiyasi ota-onalari bilan birgalikda uyda o‘tkazishsa maqsadga muvofiqdir. Bunday yondoshuv ijobiy natijalarni bermoqda", — deb ta'kidladi.


Respublikadagi barcha bolalarni qamrab olish maqsadida bog‘chalar soni oshirish rejalashtirildi. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida:


- “Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish;


- eksperiment natijasiga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida maktabgacha ta'lim sohasida davlat xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


- 2018 yilda maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirish kabi vazifalar belgilab berildi. Bundan tashqari 2018 yilda O‘zbekistonda xususiy bog‘cha va maktablar tashkil etilishi vazifasi qo‘yilgan. Ushbu muassasalarda iqtidorli bolalar uchun grant tizimi ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.


Umumiy o‘rta ta'lim. Umumiy o‘rta ta'limga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o‘rta ta'limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi bilan uzviy aloqadorligini ta'minlash maqsadida 2017 yil 15 martda Vazirlar Mahkamasining 140-son qarori bilan “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.


Ilgari, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining huquqiy maqomi bir vaqtning o‘zida 2 ta qaror bilan tartibga solingan edi (Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 21 noyabrdagi “Ta'lim muassasalari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqidagi” 440-son va 1998 yil 13 maydagi 203-son qarorlari).

Shu bilan birga ushbu qarorlarda ayrim normalarning boshqa qonun hujjatlariga zid, shuningdek unda o‘z kuchini yo‘qotgan Hukumat qarorlariga havolalar mavjud bo‘lgan. Mazkur Nizom tasdiqlangunga qadar ta'lim tizimida bir qator o‘z yechimini kutayotgan masalalar mavjud edi.


Ushbu qaror kuchga kirgandan so‘ng yuqoridagi masalalar o‘z yechimini topdi.


Birinchidan Barchamizga ayonki, ayrim umumta'lim maktablarida o‘quvchilar soni 40-50 nafarni tashkil etadi. Ushbu jarayonni tartibga solish maqsadida, sinfda o‘quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi, dars jarayonida o‘quvchilar bilimini nazorat etishga va sanitariya normalariga amal qilinishiga sharoit yaratildi. Bu esa o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlariga imkon yaratadi.


Ikkinchidan Maktab yoshidagi bolalarning ota-onalariga yengillik yaratish maqsadida, 203-sonli Nizomda Bolalarni umumta'lim maktabiga qabul qilish tibbiy-psixologiya-pedagogika komissiyasining tavsiyanomalari bo‘yicha 6-7 yoshdan amalga oshirilgan bo‘lsa, mazkur yangi tahrirdagi Nizomda umumta'lim muassasalarining birinchi sinfiga har yili 31 avgustga qadar (shu kuni ham) 6,5 yoshga to‘ladigan barcha bolalar tibbiy-psixologiya-pedagogika komissiyasining tavsiyanomalarisiz faqatgina tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinishi belgilab berildi.


Qabul qilinayotgan o‘quvchilar umumta'lim muassasasining birinchi sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat'i nazar, tanlovlarsiz qabul qilinadi. Agarda, tegishli yilning 31 avgustiga qadar 6,-5-yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta'lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga jismonan va ruhan tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.

Uchinchidan ota-onalarni sarsongarchilik va turli qog‘ozbozlikni oldini olish maqsadida, maktabda birinchi sinfga qabul qilish uchun ota-onalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning yagona shakli ishlab chiqilib, hujjatlarning aniq ro‘yxati tasdiqlandi.


To‘rtinchidan maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga to‘liq qamrab olish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida, tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan maktablarga mikrohududlar biriktirilishi hamda hudud doirasida pedagog xodimlar tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy yurib) ro‘yxatga olish tartibi belgilab berildi. Umumta'lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta'lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas'ul hisoblanadilar.


Beshinchidan o‘quvchilarni sinfdan-sinfga, bir umumta'lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazishda o‘quvchilar harakati nazorati kuchaytirish maqsadida, umumiy o‘rta ta'lim muassasasida ish hujjatlarini yuritilishi aniq tartibga solindi.


Oltinchidan 8-9 sinf o‘quvchilarning soni 25 nafar yoki undan ziyod bo‘lganda o‘quvchilarning fiziologik rivojlanishini hisobga olib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini orttirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish uchun jismoniy tarbiya fanidan o‘g‘il bolalar va qiz bolalar alohida guruhlarga bo‘linib, mashg‘ulotlar tashkil etilishi belgilandi.


yettinchidan mazkur qarorda olis hududlardagi maktablarning filiallarini tashkil etish, kam komplektli sinflar bilan ishlash tartibi takomillashtirildi. Maktabda kuni uzaytirilgan guruhlar va logopediya shahobchalari tashkil etish va ularning faoliyatini olib borish tartibi belgilandi. Olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning umumiy o‘rta ta'lim olishlarini tashkil etish maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta'lim muassasalarining filiallarida o‘quvchilar soni 100-180 nafar bo‘lganda tashkil etiladi.


Vazirlar Mahkamasining 140-son qarori bilan umumiy o‘rta ta'limga tegishli ayrim qarorlar o‘z kuchini yo‘qotdi. Jumladan:

1. Vazirlar Mahkamasining «Ta'lim muassasalari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida» 1995 yil 21 noyabrdagi 440-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995 y., 11-son, 44-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining «Kasb-hunar ta'limi o‘quv yurtlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 1996 yil 11 dekabrdagi 439-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996 y., 12-son, 36-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta'limni tashkil etish to‘g‘risida» 1998 yil 13 maydagi 203-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 1-ilova.


4. Vazirlar Mahkamasining «Umumta'lim maktablarining o‘quv binolaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 1999 yil 19 iyuldagi 352-son qarori.


5. Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limiga izchil o‘tishni ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2003 yil 29 oktyabrdagi 473-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2-ilova.


6. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (Vazirlar Mahkamasining «Maktabdan tashqari ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2011 yil 28 fevraldagi 50-son hamda «Xalq ta'limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida» 2011 yil 1 martdagi 52-son qarorlari)» 2011 yil 20 iyundagi 183-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 6-son, 55-modda)ga ilovaning 1 va 4-bandlari.


Shuningdek, umumta'lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta'minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori qabul qilindi.


Mazkur qaror asosida Umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standarti 1-ilovaga muvofiq, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standarti 2-ilovaga muvofiq, Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining umumta'lim fanlari bo‘yicha malaka talablari 3-ilovaga muvofiq, Akademik litsey va kasb-hunar kolleji diplomlarining davlat namunalari 4-ilovaga muvofiq hamda Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun umumta'lim fanlaridan o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.


Yangi tasdiqlangan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlari 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi belgilandi.





Download 41,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish