‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Razzoqov, sh. Tashmatov, N. ‘R m 0N 0y iqtisodiy ta’limotlar tarixi



Download 40,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/184
Sana11.03.2023
Hajmi40,17 Kb.
#918013
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   184
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

Qiymat va daromad nazariyasi
Maltusning qiymat, daromad, foyda va realizatsiya bo‘yicha g'oyalari 
diqqatga sazovor. Maltus bu masalalami hal etishda D.Rikardoning 
g‘oyalariga qarshi chiqdi va A.Smitdan foydalandi. Uningcha, tovaming 
qiymati shu tovami sotib olishga ketgan mehnat bilan aniqlanadi. 
Maltus g'oyasining «yangiligi» «qimmat o‘lchovi»ni izolilashdir. Maltus 
tovaming qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaridangina iborat deb 
ko‘rsatadi va xaridor tovar sotuvchiga ish haqidan tashqari foydani 
ham to‘lashi kerak, deb o'ylaydi, foyda tovaming qiymatiga nominal 
qo'shimcha, deb hisoblanadi. Foyda mehnatdan ajratib qo‘yiladi, ya’ni 
kapitalistning foydasi qo‘shimcha emas, balki tovami o‘z qiymatidan 
ortiqqa sotish tufayli paydo bo‘ladi, noekvivalent ayirboshlashning 
mavjudligi isbotlanadi. Shunday qilib, aslida merkantilizm g‘oyalariga 
qaytish ro‘y beradi, qiymatning hosil bo'lishida mehnatning roli ikkin­
chi darajali qilib ko'rsatiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari konsepsiyasidan realizatsiya nazariyasi 
(takror ishlab chiqarish) ham kelib chiqadi va unda jamiyatda yer 
egaligi, ruhoniy, chinovnik, soldat va boshqa shaxslaming mavjudligi


oqlanadi. Aslini olganda, bunda inqirozlar muammosi izolilanib, 
«uchinchi shaxslar» nazariyasi yuzaga keladi, undan shuni tushunish 
mumkinki, kapitalist va ishchilar ishlab chiqarilgan hamma tovarlami 
sotib olishga qodir emaslar, chunki qiymatning ta’rifiga ko‘ra jami ish 
haqi ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning qiymatidan foyda miqdoriga 
kamdir. Bu holatdan chiqish yo‘li jamiyatda ishlab chiqarmaydigan 
sinflar, ya’ni «uchinchi shaxslar»ning borligidir, ortiqcha mahsulotlar 
ular tomonidan sotib olinadi. Maltus yetarli talabni qondirish uchun 
yer aristokratiyasini ulug‘laydi, yuqori renta, soliq va boshqa yig'im- 
lami oqlaydi.
«Ishlab chiqarishni kengaytirish chegaralari mavjud emas», - deydi 
T.Maltus. Ortiqcha ishlab chiqarish (inqirozlar) to‘g‘risida fikr yuritib, 
bu jarayon umumiy bo'lishi, yoki iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida 
uzluksiz yoki vaqtincha bo‘lishi mumkinligi aytiladi. D.Rikardo va boshqa 
klassik maktab vakillaridan farqli ravishda, T Maltus bo‘yicha nafaqat 
xususiy, balki umumiy inqirozlar bo‘lishi bashorat qilinadi (bu tarixan 
isbotlandi). Ammo barcha inqirozlar vaqtincha bo'lib, ular o'tkinchi 
deb qaraladi.
Maltus «Nufus nazariyasi»ga ko'ra, ishchilaming sonini kamayti- 
rishni taklif etgan bo‘lsa, ishlamay yeydiganlaming sonini oshirishni 
jamiyat uchun foydah deb hisoblaydi.
Bu g‘oyalar asUda Sismondiga tegishli ekanligi keyingi boblarda 
izohlangan. Faqat Sismondi kapitalizmdan voz kechish va mayda ishlab 
chiqarishni rivojlantirishni taklif etgan bo‘lsa, Maltus kapitalizmdan 
voz kechmagan holda, awalo, yirik yer egalari va ruhoniylar manfaatini 
ta’minlashni qo'llaydi.
Maltus g'oyalaridagi bu ilmiy chalkashliklarga qaramasdan, unda 
bir qancha ijobiy fikrlar mavjud. Hozirgi davrda rivojlanayotgan mamla­
katlardagi og‘ir ahvolni tushuntirishda bu olimning qarashlari to‘g‘ri 
keladi. Ayniqsa, Koreya Respublikasi rivoji xarakterlidir. Agar bu yerda 
1950-60-yillarda aholining o'sishi yiliga 3 foizni tashkil etgan paytda 
iqtisodiy rvojlanish past bo'lgan bo‘lsa, 90-yillarda aholining o'sishi 
1 foizga tushgan paytga kelib iqtisodiy o‘sish keskin oshdi. Markaziy 
Osiyo mamlakatlarida ham aholining o‘sishi katta bo‘lib, iqtisodiy 
rivojlanish muammolarini hal etishda bu olimning ba’zi g'oyalaridan 
foydalanish yaxshi samara beradi.


Maltusning «Nufus nazariyasi» XIX asrda juda keng tarqaldi va 
mashhur bo‘lib ketdi. Hozirgi davrda ham yangi zamonaviy maltus- 
chilar G.Butul, N.Chemberlen, P.Erlix, U.Fogtlar Maltusning «ikki 
progressiya» to‘g‘risidagi dastlabki qarashlarini biroz o'zgartirib, 
«aholining qarib borishi», «aholining eng maqbul miqdori», «qimmatli» 
va «arzon» kishilar kabi turli-tuman g'oyalami ilgari surmoqdalar. Bu 
konsepsiyalarda ilmiy-texnika taraqqiyotining oqibatlari, atrof-muhitni 
muhofaza qilish bahonasi bilan, Yer kurrasida «ortiqcha» odamlar 
ko'payib ketdi, deb ulaming sonini turli yo‘llar bilan kamaytirish 
rejalari taklif qilindi.
XXI asr boshida planetamizda 6 mlrd dan ortiq aholi istiqomat 
qilmoqda (1945-yilda aholi soni 2,5 mlrd. edi) va bu ko‘rsatkich tobora 
ortib bormoqda. Eng muhim va ayanchli tomoni shundaki, kam 
rivojlangan va qoloq davlatlarda bu o'sish tez bo‘lib, aholining 75 foizi 
shu davlatlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun demografiya muammosi 
hozirda ham nihoyatda dolzarbdir.

Download 40,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish