‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Razzoqov, sh. Tashmatov, N. ‘R m 0N 0y iqtisodiy ta’limotlar tarixi



Download 40,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/184
Sana11.03.2023
Hajmi40,17 Kb.
#918013
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

unumh
» va 
«unumsiz»
mehnat to‘g‘risidagi ta’limoti 
«sof mahsulot» to‘g‘risidagi ta’Iimot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, 
uning mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda 
ular «sof mahsulot» yaratuvchi mehnat unumh bo'ladi, ya’ni qo'shim- 
cha qiymatni yaratadi, degan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati 
to‘g‘risidagi masalagaprinsi pial to‘g‘ri yondashish yo'li edi Ammo renta 
qo‘shimcha qiymatning yakka-yu yagona aniq shakli sifatida tan olinganligi 
sababU dehqon mehnati birdan bir unumli mehnat deb hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishning boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) mehnat 
«unumsiz», ya’ni samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini 
boshqa mehnat turlariga qarshi qo‘yish asossizdir, chunki yollanma 
mehnat ishlab chiqarishning qaysi sohasida qo‘llanmasin, qo'shimcha 
qiymat yaratadi.
F.Kene 
«sof mahsulot»
to‘g‘risidagi o‘z qarashlari asosida jamiyatni 
uch sinfga bo ladi: unumh sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unumsiz 
sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga 
dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo‘jalik ishchilari ham, 
fermerlar ham, ya’ni «sof mahsulot» yaratuvchilaming hammasi 
kiradi. Yer egalari bu mahsulotning iste’molchilari hisoblanadi, chunki 
ular uni ijara to‘lovi sifatida oladilar. Samarasiz, «unumsiz» sinf vakillari 
esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat 
sohasi). Ular «sof mahsulot» yaratmaydilar.
Jamiyatning sinfiy tuzilishi to‘g‘risidagi bu ta’limotning asosiy 
kamchihgi shuki, F.Kene yangi jamiyatning asosiy sinflarini ko‘ra 
bilmaydi, to‘g‘rirog‘i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda 
yollanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o‘sha 
davrda kam bo‘lsa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik 
munosabatlar rivojlanmaganidan buijua jamiyatining boshqa sinflarga


qaishi tura oladigan mustaqil sinfiga ajralmagan edi. Sinflar to‘g‘risidagi 
ta’limotning bu kamchiliklaridan qat’i nazar, jamiyatni sinflarga 
bo'lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko‘rsa- 
tishga urinish ijobiy voqea hisoblanadi.
Fiziokratlaming muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilardan 
bo‘lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita «kapital» 
so‘zi qo'llanilmagan, ammo yerlaming zaxini qochirish, ya’ni yer 
sifatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona uchun ma’lum tipdagi 
dastlabki avans (bo‘nak) hamda urug‘lik va ishchi-batraklaiga beriladigan 
avans boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. Chunki birinchisiga qilingan 
xarajat bir necha yilda bir marta bo‘lib, o‘z-o‘zini asta-sekin qoplaydi 
(asosiy kapital), ikkinchisi esa yiliga yoki doim bo‘lib, har bir hosil 
tufayli qoplangan. Shu sababli F.Kene ulami dastlabki avans (hozirgi 
zamon nuqtayi nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital) 
deb atadi. Bu g‘oya ASmit tomonidan rivojlantirildi. Bu o'sha davr 
uchun buyuk kashfiyot edi. Shunisi muhimki, aylanma kapital bilan 
biiga asosiy kapital ham doim harakatda deb qaraladi. Dehqonchilikda 
qo'llaniladigan kapitalning moddiy elementiaiiga qishloq xo'jaligi qurollari 
va inventar, mol, urug‘lik, odamlaming tirikchilik vositalari va boshqalar 
kiritilgan. F.Kene merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul 
bilan aynan bir deb hisoblaganlar), pullaming o‘zi emas, balki pulga 
olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo 
kapitalning bu moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy 
elementlari sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan 
ijtimoiy shaklidan ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya’ni 
tarixiy bo'lmagan kategoriya deb ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqarish chiqimlari (harajatlari)ni tadqiq qilish orqali 
kapitalning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo‘ldi, 
bunda kapitalning (oborot) aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning 
bir qismi boshlang'ich avans (bo‘nak) hisoblanib, unga qishloq xo'jalik 
inventari, qurilish, mol va boshqalaiga ketgan sarflar kiradi, shulardan 
10 foizi yillik amortizatsiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapi­
talning boshqa qismiga urug‘lik olish, asosiy qishloq xo‘jalik ishlari, 
ishchi kuchi uchun xarajatlar kiradi.
Boshlang'ich avans bilan bog'liq kapital saifi ishlab chiqarish sikli 
bir qancha (qator yfflar) vaqt ichida to‘la aylansa, yillik avansga sarflangan 
kapital bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to‘la aylanadi. Bu


yerda amalda doimiy va aylanma kapital to‘g‘risidagi g‘oya berilgan, ammo 
bu tushunchalar boshqa so‘zlarda ifoda etilgan, xolos. Shunisi diqqatga 
sazovorki, F.Kene kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo'lgandafaqat 
ishlab chiqarish kapitali bilan bog‘lagan holda bergan, uni muomala 
kapitali (savdo kapitali) bilan qo‘shib yubormagan. Shu sababli u pul va 
tovami ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmasdan, 
to‘g‘ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fiziokratlar asosiy va aylanma kapitalga 
oid muammoni nazariy jihatdan yechishga asos soldilar.
F.Kene iqtisodiyot tarixida takror ishlab chiqarish jarayonini va 
yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko'rsatish uchun 
birinchilardan bo‘Ub urinib ko‘rdi. U o'sha davr jamiyati fuqarolarini 
uch sinfga bo‘ladi: birinchisi — unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi — 
mulkdorlar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi — unumsiz 
sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik 
ravishda «Iqtisodiy jadval»da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab 
chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi 
ko‘rsatilgan, buning oqibatida ishlab chiqarishning awalgi hajmida 
qayta boshlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
«Iqtisodiy jadval»ning bir necha variantlari mavjud. Biri Versalda 1758- 
1759-yillarda chop etilgan. 1894-yUda bu jadvalning boshqa varianti topildi. 
Birinchi variant bo‘yicha (2-chizmaga qarang) kapital aylanishi 
quyidagicha ro‘y beradi: qishloq xo'jaligida yaratilgan jami qimmat 5 
mingga teng bo‘lib, shundan 3 mingi yemi ishlashga ketgan xarajatdir. 
Fermerlar yetishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital 
uchun foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy 
kapitalni (asbob-anjomni) ta’mirlash uchun kerakli asbob-uskuna 
olinadi. Bu yerda fermerlar faqat «boshqarish uchun haq olganliklari» 
sababli unumdor narsa fermer mehnati emas, balki yerdir. Qoldiq esa 
yer egasiga renta sifatida to‘lanadi.
Yer egalari o'zlarining 2 minglik daromadining yarmini sanoat 
tovarlari olishga sarf qiladilar, «unumsiz sinf» 2 mingga xomashyo va 
qishloq xo'jaligi mahsulotlari sotib oladi. Bu jarayon natural ko‘rinishda 
ham namoyon bo'lishi mumkin. Bunda 3/5 qism mahsulot muomalaga 
kiritiladi, undan xuddi pul shaklida ham foydalanish mumkin. Bu 
jarayon boshida fermerlar iqtisodiyotdagi 2 ming pul massasiga ega 
bo‘ladilar. Yerdan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun bu summa 
egalariga (yer ulamiki) beriladi, ular esa bu summani oziq-ovqat


mahsulotlari (1 ming) va sanoat tovarlari (1 ming) olish uchun 
sarflaydilar; endi fermerlar olingan 1 mingni asosiy kapitalni qoplash 
uchun hunarmandlarga (unumsiz sinfga) beradilar, ular esa olingan 
2 mingni qishloq xo‘jalik mahsulotlari olish uchun sarflaydilar. Oqibat­
da fermerlar 3 ming oladilar va 1 mingni sarflaydilar (qoldiq 2 ming); 
shu yo‘l bilan boshlang‘ich holatga qaytadilar.
«Unumsiz» sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab 
chiqarish sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana yer egalariga 
(renta) beriladi.
Barcha aytilgan fikrlar bir yil uchundir, lekin uni oylar bo'yicha 
ham tahlil etish mumkin. Bu hozirgi davrdagi taniqli iqtisodchi 
V.Leontevning «xarajatlar 
chiqarishlar» jadvalini eslatadi. Xuddi 
Leontev tizimidek ma’lum boylikni yaratish uchun kerakli barcha 
omillardan cheklangan aniq nisbatda foydalaniladi, mazkur sektorning 
mahsulot qiymati boshqa sektorning umumiy to‘lovlari bilan to‘la 
qoplanadi.

Download 40,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish