«Fransiyaning toia tavsifi», «Fransiya
to‘g‘risida varaqa», «Boyliklar tabiati to‘g‘risida traktat»
va boshqalar-
dir. Uning ayrim asarlari, masalan, 1707-yili 2 jildda chiqarilgan «Fran
siya ayblari» kitobi taqiqlangan. Ularda Fransiyaning shu davrdagi og‘ir
iqtisodiy ahvoli to‘la yoritilgan, ayniqsa, qishloq xo'jaliginmg orqada
qolish sabablari to‘g‘ri berilgan. Xalq xo‘jaligi orqada qohshining bosh
sababi- olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning, Kolber (moliya boshli-
g‘i) va boshqalaming merkantilistik qarashlari fosh etilgan. U faqat
sanoat rivojini bir tomonlama qo'llab-quwatlashga don eksportini
cheklashga qarshi chiqdi. Qishloq xo'jaUgi manfaatlarini himoya qildi,
soliq tizimini isloh qilish tarafdori bo‘ldi. U xalq ommasining ahvolini
yaxshilash tarafdori edi (V.Petti bilan solishtiring). Olib borilayotgan
iqtisodiy siyosat xo‘jalik hayotining tabiiy rivojiga teskari edi. Buagilber
aytadiki, awalgi davrdagi to‘kin-sochinlikni qaytarish uchun mo‘jiza
qilish shart emas, tabiat ustidan bo‘layotgan doimiy zo‘ravonlikka
chek qo‘yish yetarlidir. Olimning fikricha, shunday sohq va iqtisodiy
siyosat tadbirlari kerakki, ular tabiatga qarama-qarshi bo‘lmasin. Bu
g‘oyaga ko'ra iqtisodiyotda shunday qonunlar borki, ulami bemalol,
jazosiz buzish mumkin emas (ekologiyada ham shunday).
Shunga mos ravishda u tabiatning talablari nimadan iborat ekanligini
ochib berishga uringan, obyektiv qonuniyatlami o‘iganishga kirishib,
ilmiy tahlil qilish yo'li sari qadam tashlagan. Ammo shu bilan bir
vaqtda u xo'jalikdagi hodisalami tabiiy va tabiiy bo‘lmaganlaiga ajratib,
awalgisini himoya qildi va keyingisini qoraladi. Buagilber o‘zi taklif etgan
siyosatni amalda isbotlovchi nazariyani yaratishga intildi. Uning iqtisodiy
qarashlari ko‘p jihatdan V.Pettiga o‘xshab, mamlakatning iqtisodiy
o'sishi nima bilan bog‘liq degan savolga javob topish edi. Buagilbemi
ko‘proq Fransiya iqtisodining tuig‘unlik holati va uning orqaga ketish
sabablari qiziqtirardi. Bundan u umuman nazariy masalalar, masalan,
xalq xo'jaligida qanday qonuniyatlar harakat qiladi va uning rivojini
ta’minlaydi, degan masalaga o‘tdi.
Buagilber bu muammoga javob berishda «optimal baho paydo
bo'lishi» masalasiga asosiy e’tibor qaratdi. Uningcha, iqtisodiy
barqarorlik va taraqqiyotning eng muhim sharti proporsional va normal
baholar hisoblanadi. Xo‘sh, bu baholar nimadan iborat? Awalo, bu
baholar o'rtacha har bir sohadagi ishlab chiqarish xarajatlarini
qoplashga yordam berishi va ma’lum kirim, sof foyda keltirishi kerak.
Aks holda, ishlab chiqarish bo‘lmaydi, undan so‘ng, bu shunday
baholarki, unda tovarlami realizatsiya qihsh jarayoni bekam-u ko‘st
davom etishi va barqaror iste’mol talabi qondirilishi kerak. Vanihoyat,
pullaming «o‘z o‘mi bo'lib», ular to‘lov vositasi vazifasini bajarishi
va odamlar ustidan hukmronlik, zo‘ravonlik qila olmasligi zarur.
Xalq xo‘jaligi proporsionalligi ifodalangan baholar qonunini, aslida
esa qiymat qonunini tushunish yangi va ilg‘or g‘oya edi. Olimning
asosiy asarlari shu g‘oyalar bilan bog‘liq. Iqtisodiyotda «optimal
baholar»ni qanday ta’minlash mumkin? Buagilbeming fikricha,
baholaming bunday strukturasi raqobat erkinligi sharoitida stixiyali
ravishda tarkib topadi.
Erkin raqobat sharoitining buzilishiga sabab Fransiyada donga
maksimal baholaming qo'yilganligidir, deydi u. Uningcha, donga erkin
baholar belgilansa, baholar birmuncha oshadi, bu dehqonlaming
daromadini oshiradi va ulaming sanoat tovarlariga talabini ko'taradi,
oqibatda bu mahsulotlami ishlab chiqarish ortadi va hokazo. Bunday
zanjirli reaksiyalar bir vaqtning o‘zida «proporsional baholar»
o‘matilishiga va xo‘jalikning ravnaqiga olib keladi.
Demak, Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi
chiqmaslikni taklif etadi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funk-
siyasini inkor etmadi: bu o‘sha davr uchun, real hayotni tushungan
amaliyotchi olim uchun tabiiy edi. Uningcha, davlat to‘g‘ri soliq tizimi
orqali mamlakatda iste’mol va talabni yuqori darajada ta’minlashi
mumkin. Agar iste’mol sarflari oqimi pasaysa, tovarlami sotish va
ishlab chiqarish keskin kamayadi. Agar kambag‘allar ko‘proq ishlab
topsalar, soliqlarga kam sarf qilsalar, ular o‘z daromadlarini tez sarf-
lashga moyildirlar. Boylar esa, aksincha, o‘z daromadlarini saqlashda,
va demak, mahsulotni sotishda qiyinchilik tug‘dirishiga ohb keladi.
Buagilbeming bu mulohazalari iqtisodiy ta’limotlaming keyingi
yuzyillikdagi rivojiga katta ta’sir etdi.
Jamiyat boyligi va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prinsipial jihatdan ikki
xil qarash mavjud. Birinchisi bo‘yicha ishlab chiqarishning o‘sishi jam-
g‘arish hajmi (ya’ni jamg‘arma va kapital qo‘yilmalar)ga bog‘liq. Bunda
to'lovlaiga talab avtomatik ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu konsep-
siyaga ko‘ra, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo'lishi inkor etiladi.
Ikkinchi pozitsiya bo'yicha iste’mol talabi ishlab chiqarishning yuqori
sur’atlarda o'sishini qo‘llaydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber ma’lum
ma’noda mana shu pozitsiya tarafdori edi va u qonuniy ravishda iqtisodiy
inqirozlar muammosini keltirib chiqaigan.
Buagilber inqiroz hodisasini xo‘jalikning ichki qonuniyatlari bilan
emas, balki yomon davlat siyosati bilan bog‘laydi. Uningcha, yaxshi
siyosat olib borish yo'li bilan talab kamomadini hal etish va inqirozlami
chetlab o‘tish mumkin. Bu masala juda murakkab bo‘lib, Seyga tegishli
(buni keyin qarab chiqamiz)
«bozorlar qonuni»ga.
asos bo'lgan deyish
mumkin, ya’ni erkin mahsulotlar almashuvi tizimida mahsulotlaming
ortiqcha ishlab chiqarilishi mumkin emas (inqirozlar bo'lmaydi).
Aksincha,
Shumpeteming
fikricha, Buagilber iste’mol talabining
yetarli emasligi va jamg'arma ortiqchaligi sababli, o‘sha davrdagi tizim
uchun inqiroz xavfi bo‘lib, tizim barqarorligiga shubha bildirgan, ya’ni
Sey qonunini oldindan tanqid qilgan.
Buagilber o‘zining
Do'stlaringiz bilan baham: |