unumh
» va
«unumsiz»
mehnat to‘g‘risidagi ta’limoti
«sof mahsulot» to‘g‘risidagi ta’Iimot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
uning mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda
ular «sof mahsulot» yaratuvchi mehnat unumh bo'ladi, ya’ni qo'shim-
cha qiymatni yaratadi, degan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati
to‘g‘risidagi masalagaprinsi pial to‘g‘ri yondashish yo'li edi Ammo renta
qo‘shimcha qiymatning yakka-yu yagona aniq shakli sifatida tan olinganligi
sababU dehqon mehnati birdan bir unumli mehnat deb hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) mehnat
«unumsiz», ya’ni samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini
boshqa mehnat turlariga qarshi qo‘yish asossizdir, chunki yollanma
mehnat ishlab chiqarishning qaysi sohasida qo‘llanmasin, qo'shimcha
qiymat yaratadi.
F.Kene
«sof mahsulot»
to‘g‘risidagi o‘z qarashlari asosida jamiyatni
uch sinfga bo ladi: unumh sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unumsiz
sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga
dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo‘jalik ishchilari ham,
fermerlar ham, ya’ni «sof mahsulot» yaratuvchilaming hammasi
kiradi. Yer egalari bu mahsulotning iste’molchilari hisoblanadi, chunki
ular uni ijara to‘lovi sifatida oladilar. Samarasiz, «unumsiz» sinf vakillari
esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat
sohasi). Ular «sof mahsulot» yaratmaydilar.
Jamiyatning sinfiy tuzilishi to‘g‘risidagi bu ta’limotning asosiy
kamchihgi shuki, F.Kene yangi jamiyatning asosiy sinflarini ko‘ra
bilmaydi, to‘g‘rirog‘i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda
yollanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o‘sha
davrda kam bo‘lsa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik
munosabatlar rivojlanmaganidan buijua jamiyatining boshqa sinflarga
qaishi tura oladigan mustaqil sinfiga ajralmagan edi. Sinflar to‘g‘risidagi
ta’limotning bu kamchiliklaridan qat’i nazar, jamiyatni sinflarga
bo'lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko‘rsa-
tishga urinish ijobiy voqea hisoblanadi.
Fiziokratlaming muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilardan
bo‘lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita «kapital»
so‘zi qo'llanilmagan, ammo yerlaming zaxini qochirish, ya’ni yer
sifatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona uchun ma’lum tipdagi
dastlabki avans (bo‘nak) hamda urug‘lik va ishchi-batraklaiga beriladigan
avans boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. Chunki birinchisiga qilingan
xarajat bir necha yilda bir marta bo‘lib, o‘z-o‘zini asta-sekin qoplaydi
(asosiy kapital), ikkinchisi esa yiliga yoki doim bo‘lib, har bir hosil
tufayli qoplangan. Shu sababli F.Kene ulami dastlabki avans (hozirgi
zamon nuqtayi nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital)
deb atadi. Bu g‘oya ASmit tomonidan rivojlantirildi. Bu o'sha davr
uchun buyuk kashfiyot edi. Shunisi muhimki, aylanma kapital bilan
biiga asosiy kapital ham doim harakatda deb qaraladi. Dehqonchilikda
qo'llaniladigan kapitalning moddiy elementiaiiga qishloq xo'jaligi qurollari
va inventar, mol, urug‘lik, odamlaming tirikchilik vositalari va boshqalar
kiritilgan. F.Kene merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul
bilan aynan bir deb hisoblaganlar), pullaming o‘zi emas, balki pulga
olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo
kapitalning bu moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy
elementlari sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan
ijtimoiy shaklidan ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya’ni
tarixiy bo'lmagan kategoriya deb ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqarish chiqimlari (harajatlari)ni tadqiq qilish orqali
kapitalning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo‘ldi,
bunda kapitalning (oborot) aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning
bir qismi boshlang'ich avans (bo‘nak) hisoblanib, unga qishloq xo'jalik
inventari, qurilish, mol va boshqalaiga ketgan sarflar kiradi, shulardan
10 foizi yillik amortizatsiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapi
talning boshqa qismiga urug‘lik olish, asosiy qishloq xo‘jalik ishlari,
ishchi kuchi uchun xarajatlar kiradi.
Boshlang'ich avans bilan bog'liq kapital saifi ishlab chiqarish sikli
bir qancha (qator yfflar) vaqt ichida to‘la aylansa, yillik avansga sarflangan
kapital bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to‘la aylanadi. Bu
yerda amalda doimiy va aylanma kapital to‘g‘risidagi g‘oya berilgan, ammo
bu tushunchalar boshqa so‘zlarda ifoda etilgan, xolos. Shunisi diqqatga
sazovorki, F.Kene kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo'lgandafaqat
ishlab chiqarish kapitali bilan bog‘lagan holda bergan, uni muomala
kapitali (savdo kapitali) bilan qo‘shib yubormagan. Shu sababli u pul va
tovami ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmasdan,
to‘g‘ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fiziokratlar asosiy va aylanma kapitalga
oid muammoni nazariy jihatdan yechishga asos soldilar.
F.Kene iqtisodiyot tarixida takror ishlab chiqarish jarayonini va
yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko'rsatish uchun
birinchilardan bo‘Ub urinib ko‘rdi. U o'sha davr jamiyati fuqarolarini
uch sinfga bo‘ladi: birinchisi — unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi —
mulkdorlar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi — unumsiz
sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik
ravishda «Iqtisodiy jadval»da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab
chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi
ko‘rsatilgan, buning oqibatida ishlab chiqarishning awalgi hajmida
qayta boshlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
«Iqtisodiy jadval»ning bir necha variantlari mavjud. Biri Versalda 1758-
1759-yillarda chop etilgan. 1894-yUda bu jadvalning boshqa varianti topildi.
Birinchi variant bo‘yicha (2-chizmaga qarang) kapital aylanishi
quyidagicha ro‘y beradi: qishloq xo'jaligida yaratilgan jami qimmat 5
mingga teng bo‘lib, shundan 3 mingi yemi ishlashga ketgan xarajatdir.
Fermerlar yetishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital
uchun foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy
kapitalni (asbob-anjomni) ta’mirlash uchun kerakli asbob-uskuna
olinadi. Bu yerda fermerlar faqat «boshqarish uchun haq olganliklari»
sababli unumdor narsa fermer mehnati emas, balki yerdir. Qoldiq esa
yer egasiga renta sifatida to‘lanadi.
Yer egalari o'zlarining 2 minglik daromadining yarmini sanoat
tovarlari olishga sarf qiladilar, «unumsiz sinf» 2 mingga xomashyo va
qishloq xo'jaligi mahsulotlari sotib oladi. Bu jarayon natural ko‘rinishda
ham namoyon bo'lishi mumkin. Bunda 3/5 qism mahsulot muomalaga
kiritiladi, undan xuddi pul shaklida ham foydalanish mumkin. Bu
jarayon boshida fermerlar iqtisodiyotdagi 2 ming pul massasiga ega
bo‘ladilar. Yerdan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun bu summa
egalariga (yer ulamiki) beriladi, ular esa bu summani oziq-ovqat
mahsulotlari (1 ming) va sanoat tovarlari (1 ming) olish uchun
sarflaydilar; endi fermerlar olingan 1 mingni asosiy kapitalni qoplash
uchun hunarmandlarga (unumsiz sinfga) beradilar, ular esa olingan
2 mingni qishloq xo‘jalik mahsulotlari olish uchun sarflaydilar. Oqibat
da fermerlar 3 ming oladilar va 1 mingni sarflaydilar (qoldiq 2 ming);
shu yo‘l bilan boshlang‘ich holatga qaytadilar.
«Unumsiz» sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab
chiqarish sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana yer egalariga
(renta) beriladi.
Barcha aytilgan fikrlar bir yil uchundir, lekin uni oylar bo'yicha
ham tahlil etish mumkin. Bu hozirgi davrdagi taniqli iqtisodchi
V.Leontevning «xarajatlar
chiqarishlar» jadvalini eslatadi. Xuddi
Leontev tizimidek ma’lum boylikni yaratish uchun kerakli barcha
omillardan cheklangan aniq nisbatda foydalaniladi, mazkur sektorning
mahsulot qiymati boshqa sektorning umumiy to‘lovlari bilan to‘la
qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |