mumkin. Turli ishlami bajarish uchun javobgar shaxs aniqlanadi.
alohida fragmentlarini o ‘rganish, tayyorgarlik o ‘tkazish, chiqishni
musiqa va kiyim bilan boyitish va gimnastika anjomlami (to‘p,
bulava, obmch, tayoqlar, sharlar va boshqalar) qo‘llash, maktabni
bayramga xos jihozlash: muvaffaqiyatlar ko‘rgazmasi, eng yaxshi
sportchilar hurmat taxtasi va boshqalar bayramni o‘tkazishda eng
muhim ishlar hisoblanadi.
Ishni tashkiliy qo‘mita gimnastika chiqishlami muhokama qilib,
yakuniy qaromi e’lon qilish bilan yakunlaydi.
Chiqish dasturini tuzish chiqishlami muvaffaqiyatli dastur
qanchalik aniq tuzilganligiga va yaxshi o ‘ylab topilganligiga bog‘liq.
Chiqishlami bayram xususiyatidan hamda mazmun mohiyatidan
kelib chiqib ishlab chiqiladi. Shu bilan birga maktabning moliyaviy
imkoniyatlari, ishtirokchilaming jismoniy va sport tayyorgarlik
darajalari, bayramni o‘tkazish joyi va vaqti hisobiga olinishi lozim.
Dastumi shunday ishlab chiqish kerakki, chiqish fragmentlari bir -
birini to‘ldiribborishi va bir - biriga bog‘liq bo‘lishi kerak. Bu degani,
bir mashqdan oxiri ikkinchi mashqning boshlanishi bo‘lishi kerak,
mashqdan mashqqa o‘tish, chiqish, qayta saflanish chiqishlaming
tarkibiy qismidir. Turli sport mashqlarining ehtiyotsizlik oqibatida
to‘xtab qolishi, tanaffuslarda, o‘tishlaridagi kechirib bo‘lmaydigan
xatolardan qochish zamr. Alohida jismoniy tarbiya va sport
chiqishlarining bayram mhini tushirmaslik maqsadida murakkabligi
ortib boradigan mashqlar ketma - ketligi tartibida tuzish maqsadga
muvofiq. Agar gimnastika anjomlarida bajariladigan mashqlar
kiritilgan bo‘lsa, u holda bulami polda shunday joylashishi kerakki,
tomoshabin eng samarali tomonini ko‘rib zavqlansin.
Ishtirokchilaming o‘tish yo‘lini, turli qayta saflanishi joyini
oldindan hisoblab qo‘yish maqsadga muvofiq stadionda yoki
maydonchada murakkab qayta saflanishlami aniq bajarish uchun
mo‘ljal sifatida alohida belgilar qo‘yish mumkin. Dastumi
ishlab chiqishda gimnastika mashqlariga va sport namoyishlari
tanloviga katta ahamiyat berish zamr. Ular murakkabligi bo‘yicha
ishtirokchilar tayyorgarligi, mashtabi, chiqish mohiyatiga mos
bo‘lishi kerak. Ulaming mazmuni, davomiyligiga ko‘ra musiqalar
357
tanlashda o‘quvchilaming yosh xususiyatlarini inobatiga olish zarur.
Chiqish dasturi, bayramning o ‘tkazilish joyi (stadion, maydon, sport
zali, klub va boshqalar) ga ham bog‘liq. Unda ranglar, kostyumlar,
buyumlar, anjomlar, transportlar va boshqalar moslashuvini o‘ylab
topib, badiiy jihozlash nazarda tutiladi. Bulaming hammasi chiqish
mazmuniga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: